Matbuot xizmatiYangiliklarKitobxon o‘quvchilarga $50 minggacha mukofot beriladi

Kitobxon o‘quvchilarga $50 minggacha mukofot beriladi

2026-yildan maktab o‘quvchilari uchun milliy kitobxonlik harakati o‘tkaziladi. Tanlovning asosiy bosqichlari viloyat va respublika darajasida tashkil etiladi.

Har yili milliy kitobxonlik harakati o‘tkazilib, g‘oliblarga pul mukofoti beriladi. Bu bo‘yicha prezidentning tegishli farmoyishi qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2026-yildan har yili umumtaʼlim maktablarida o‘qiyotgan yoshlarning kitob o‘qishga qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan milliy kitobxonlik harakati o‘tkaziladi.

Dastur har yili 3 bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich kitobxonlikharakati.uz elektron platformasida ro‘yxatdan o‘tgan holda onlayn, 2- va 3-bosqichlar esa bevosita ishtirok etish formatida viloyat va respublika darajasida o‘tkaziladi.

Dasturda ishtirokchilar 3 ta yosh toifasida ishtirok etib, belgilangan tartibda saralanadi.

Yuqori sinf toifalari — 6−8 va 9−11-sinflar bo‘yicha g‘olib hamda sovrindorlar katta miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Har bir toifada 1-o‘rin sohiblariga $50 ming, 2-o‘rin sohiblariga $30 ming, 3-o‘rin sohiblariga esa $15 ming va diplom topshiriladi.

Shuningdek, 5 ta qo‘shimcha nominatsiya g‘oliblarining har biri $10 mingdan pul mukofoti oladi.

Barcha g‘olib va sovrindorlarga maxsus sertifikat va diplomlar ham beriladi.

Aprel oyida qabul qilingan prezident farmoni bilan oyiga 10 mingdan ortiq kitob sotgan tadbirkorlarga 1 mlrd so‘mgacha imtiyozli qarz berilishi belgilangandi. Joriy yildan boshlab DXSH asosida umummilliy yoshlar festivali o‘tkazib boriladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...