Matbuot xizmatiYangiliklarQishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilarga aylanma mablag‘lar uchun 1,5 mlrd so‘mgacha beriladi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilarga aylanma mablag‘lar uchun 1,5 mlrd so‘mgacha beriladi

Mahsulotlarni faqat mahalliy eksport qiluvchilarga sotuvchi fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.

1-aprel kuni prezidentning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi hamda eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan, joriy yilda yuqori daromadli va eksportbop mahsulotlarni yetishtirish, saqlash, saralash, quritish, qayta ishlash hamda eksport qilish tadbirlarini amalga oshirishga banklar tomonidan jami 1,5 trln so‘mgacha kredit resurslari yo‘naltiriladi. Mablag‘lar Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida ajratiladi. Mazkur kreditlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilarga aylanma mablag‘lar uchun revolver tarzda 1,5 mlrd so‘mgacha taqdim etiladi. Ularni 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4%lik punkt yuqori stavkada olish mumkin bo‘ladi.

Mahalliy mahsulotlar stendlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ixtisoslashgan xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda jozibador lokatsiyalarda joylashtirish uchun ariza kiritish va oldindan 100% to‘lab berish tartibi joriy qilinadi. Bu Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

Ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish xarajatlari uchun subsidiyalar tadbirkorlarning barqarorlik reytingidagi toifasi asosida quyidagicha ajratiladi:
  • “AAA” — 100%;
  • “AA” — 95%;
  • “A” — 90%;
  • “VVV” — 85%;
  • “VV” — 75%;
  • “V” — 65%.
  • Joriy yilning 1-aprelidan meva-sabzavot mahsulotlari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorga nisbatan jarima qo‘llanmaydi.

Bu bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 10%idan oshmasa amal qiladi.

2026-yilgacha mahallalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib, faqat mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga sotish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat beriladi.

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tegishli davlatda mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish va realizatsiya qilishda savdo agentlari faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.

Eksportbop mahsulotlar yetishtiruvchilariga 100 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladi. Eksportga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga 15 ming gektar yerni auksionga qo‘yish rejalashtirilgan.

Mart oyida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida barqarorlik reytingida yuqori ko‘rsatkichlarga ega tadbirkorlarga xorijiy ko‘rgazmalarda ishtirok etish xarajatlarini qoplab berish masalasi ilgari surilgandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda aholi va tadbirkorlar uchun yashil elektr tariflari 2026-yildan joriy etilishi mumkin

Energosavdo korxonasi chiqindi, biogaz, shamol va quyoshdan olingan ortiqcha elektrni belgilangan tarif asosida xarid qiladi. O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab “yashil” elektr energiyasi uchun yangi tariflar joriy etilishi...

Oʻzbekistonda talabalar bilan ijara shartnomasi tuzganlarga 9 oyda 44 mlrd soʻmlik imtiyoz berildi

Soliq qoʻmitasi Oʻzbekistonda 584 mingdan ortiq ijara shartnomasi hisobga qoʻyilganini maʼlum qildi. Qayd etilishicha, ular boʻyicha 828,7 milliard soʻm soliq hisoblangan. Bunda jismoniy shaxslar oʻrtasida tuzilgan...

Sun‘iy intellektni rivojlantirishga mas‘ul hokim maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

Prezident sunʼiy intellekt texnologiyalarini yana-da rivojlantirish bo‘yicha farmonni imzoladi. Hujjat bilan, Sun‘iy intellekt alyansi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etiladi. U davlat organlari, xususiy sektor va ilmiy jamoatchilik sa‘y-harakatlarini birlashtirish,...

ChatGPT o‘zbek tilini ishonch bilan tushunmoqda — OpenAI

O‘zbekiston OpenAI kompaniyasi bilan birgalikda sun’iy intellekt sohasida bir nechta loyihalarni amalga oshirmoqda. Bu haqda Prezident Administratsiyasi Moliyaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt va raqamlashtirish departamenti rahbari o‘rinbosari...

O‘zbekiston AQSh bilan Kompetensiyalar markazini tashkil etadi

Shavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni geologiya sohasiga ilg‘or xalqaro tajriba va kompetensiyalarni joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Yig‘ilishda mamlakat geologiya tizimini...

Ayrim oilalarning farzandlari uchun nodavlat bog‘chalarda to‘lovning bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi

“Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun nodavlat bogʻchalarida ota-onalar toʻlovining bir qismini Davlat byudjetidan qoplab beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. Qayd etilishicha, toʻlovning...