Matbuot xizmatiO‘zbekiston AQSh bilan Kompetensiyalar markazini tashkil etadi

O‘zbekiston AQSh bilan Kompetensiyalar markazini tashkil etadi

Shavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni geologiya sohasiga ilg‘or xalqaro tajriba va kompetensiyalarni joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda mamlakat geologiya tizimini zamonaviy ilmiy va texnologik asosda rivojlantirish, qazilma boyliklar bo‘yicha resurs bazasini kengaytirish hamda mineral xomashyoni chuqur qayta ishlashni ta‘minlash dolzarb vazifa ekani ta‘kidlandi.

Dunyo tajribasi geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish murakkab bo‘lgan hududlarda ham sun‘iy intellekt yordamida yangi konlarni aniqlash mumkinligini ko‘rsatyapti. Bu borada regional tadqiqotlarni kengaytirish va zamonaviy geofizik usullardan foydalanish qo‘l keladi.

Shu maqsadda mutasaddilar xalqaro hamkorlar, jumladan, kon-geologiya sohasida dunyoda ilg‘or bo‘lgan AQShning Kolorado konchilik maktabi bilan birgalikda ilmiy tadqiqot va amaliy ishlanmalarni birlashtiruvchi Kompetensiyalar markazini tashkil etish loyihasi to‘g‘risida axborot berdi.

Markaz vazifasi qidiruv ishlariga raqamli yechimlar, sun‘iy intellekt va aerogeofizik texnologiyalarni joriy etishdan iborat bo‘ladi. Ilg‘or xorijiy tajribaga asoslanib, ma‘lumotlarni raqamli shaklda tahlil qilish, geokimyoviy va kosmogeologik tadqiqotlar natijalarini integratsiyalash hamda istiqbolli konlarni aniqlashni tezlashtiradi.

Davlat rahbari takliflarni ma‘qullab, tarmoqda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish orqali istiqbolli maydonlarni aniqlash hamda o‘zlashtirishni tashkil etish yuzasidan qator topshiriqlar berdi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...