Matbuot xizmatiSun‘iy intellektni rivojlantirishga mas‘ul hokim maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

Sun‘iy intellektni rivojlantirishga mas‘ul hokim maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

Prezident sunʼiy intellekt texnologiyalarini yana-da rivojlantirish bo‘yicha farmonni imzoladi.

Hujjat bilan, Sun‘iy intellekt alyansi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etiladi. U davlat organlari, xususiy sektor va ilmiy jamoatchilik sa‘y-harakatlarini birlashtirish, xalqaro hamkorlik va PR-kampaniyalarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, yoshlarning sun‘iy intellekt texnologiyalariga qiziqishini oshirish va startap ekotizimini yana-da qo‘llab-quvvatlash maqsadida Umummilliy sun‘iy intellekt xakatoni yo‘lga qo‘yiladi.

2026-yil 1-martga qadar sun‘iy intellektni qo‘llagan holda ob-havoni oldindan prognoz qilish tizimi joriy qilinadi. Shu bilan birga, 2026-yil yakuniga qadar kamida 15 mlrd parametrni o‘z ichiga olgan O‘zbek tili korpusi yaratiladi hamda u kamida 5 ta ochiq katta til modellariga joriy etiladi.

Umumiy o‘rta ta‘lim tashkilotlarining o‘quvchilarini sun‘iy intellekt bo‘yicha o‘qitish, bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan Sun‘iy intellekt kuni milliy dasturi joriy etiladi. Dastur doirasida o‘quvchilar darsliklari va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar ishlab chiqiladi.

Bir mln sun‘iy intellekt yetakchilari loyihasi kengaytiriladi va yil yakunlari bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar, o‘qituvchilar hamda ta‘lim tashkilotlarini taqdirlash bo‘yicha milliy tanlov o‘tkaziladi.

2026-yil 1-martga qadar Yangi O‘zbekiston universiteti bazasida homiylik mablag‘lari hisobidan Sun‘iy intellekt klasteri tashkil etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklarida raqamli texnologiyalar hamda sun‘iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga mas‘ul bo‘lgan maslahatchi lavozimi joriy etiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...