Matbuot xizmatiYangiliklarQishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilarga aylanma mablag‘lar uchun 1,5 mlrd so‘mgacha beriladi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilarga aylanma mablag‘lar uchun 1,5 mlrd so‘mgacha beriladi

Mahsulotlarni faqat mahalliy eksport qiluvchilarga sotuvchi fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.

1-aprel kuni prezidentning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi hamda eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan, joriy yilda yuqori daromadli va eksportbop mahsulotlarni yetishtirish, saqlash, saralash, quritish, qayta ishlash hamda eksport qilish tadbirlarini amalga oshirishga banklar tomonidan jami 1,5 trln so‘mgacha kredit resurslari yo‘naltiriladi. Mablag‘lar Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida ajratiladi. Mazkur kreditlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilarga aylanma mablag‘lar uchun revolver tarzda 1,5 mlrd so‘mgacha taqdim etiladi. Ularni 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4%lik punkt yuqori stavkada olish mumkin bo‘ladi.

Mahalliy mahsulotlar stendlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ixtisoslashgan xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda jozibador lokatsiyalarda joylashtirish uchun ariza kiritish va oldindan 100% to‘lab berish tartibi joriy qilinadi. Bu Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

Ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish xarajatlari uchun subsidiyalar tadbirkorlarning barqarorlik reytingidagi toifasi asosida quyidagicha ajratiladi:
  • “AAA” — 100%;
  • “AA” — 95%;
  • “A” — 90%;
  • “VVV” — 85%;
  • “VV” — 75%;
  • “V” — 65%.
  • Joriy yilning 1-aprelidan meva-sabzavot mahsulotlari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorga nisbatan jarima qo‘llanmaydi.

Bu bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 10%idan oshmasa amal qiladi.

2026-yilgacha mahallalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib, faqat mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga sotish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat beriladi.

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tegishli davlatda mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish va realizatsiya qilishda savdo agentlari faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.

Eksportbop mahsulotlar yetishtiruvchilariga 100 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladi. Eksportga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga 15 ming gektar yerni auksionga qo‘yish rejalashtirilgan.

Mart oyida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida barqarorlik reytingida yuqori ko‘rsatkichlarga ega tadbirkorlarga xorijiy ko‘rgazmalarda ishtirok etish xarajatlarini qoplab berish masalasi ilgari surilgandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Xorijiy va xususiy OTMlaridan o‘qishni ko‘chirish tartibi tasdiqlandi. Asosiylar

Endi xorijiy til va fanlar bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlar ham davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirishda hisobga olinadi. Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar...

Yosh oilalar uchun ijara to‘lovlarini qoplash bo‘yicha onlayn xizmat ishga tushdi

Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish mumkin. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga har oy ijara to‘lovining 50%i qoplab beriladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalar uchun ijara...

Bolalarga transport vositasini boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Prezident huzurida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi va takliflarni maʼqullandi. Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlikdan himoya qilish, shuningdek, yo‘l harakati...

O‘zbekistonda tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda bodi-kameralardan foydalanilishi mumkin

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi nazorat tadbirlarida bodi-kameralardan foydalanishni joriy etishi, xodimlari esa maxsus kiyimda xizmat olib borishi rejalashtirilmoqda. O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda bodi-kameralardan...

Yoshlarni ish bilan ta’minlayotgan tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi

Barcha oliygohlarda Tadbirkorlik asoslari fani o‘qitiladi, karyera markazlari faoliyati baholanib, eng yaxshi 20 ta oliygohga 500 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi. 8-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev mamlakat oliy...

O‘zbekiston Rossiyaga ta’lim va ishga joylashtirish uchun onlayn platforma yaratishni taklif qildi

Shuningdek, prezident xorijiy sarmoyadorlarga O‘zbekiston orqali qo‘shni bozorlarga chiqish imkoniyatini taklif etdi. Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan...