Foydali manbalarKutubxonaMiya uchun ozuqa: biznes, moliya va iqtisod haqida 10 ta kitob (2-qism)

Miya uchun ozuqa: biznes, moliya va iqtisod haqida 10 ta kitob (2-qism)

Stiv Blank “Ma’rifat sari to’rt qadam. Muvaffaqiyatli startaplarni yaratish strategiyalari”

Stiv Blank texnologik startaplar olamidagi asosiy shaxslardan biridir. U o‘zining “Ma’rifat yo’lidagi to’rt qadam” kitobida g‘oyaning paydo bo‘lishidan to kompaniyaning muvaffaqiyatli ishga tushirilishigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab olgan biznes strategiyasi bo‘yicha klassik qo‘llanmani taqdim etdi. Dunyo bo’ylab 100 000 dan ortiq startaplar Stiv Blankning mijozlarni rivojlantirish (Customer Development) metodologiyasidan g’oyalarni sinovdan o’tkazishga ilmiy yondashuv asosida yangi mahsulotlar va biznes yaratishning yagona samarali usuli sifatida foydalanadi. Stiv Blank startaplar odatiy kompaniyalar kabi boshqarilmasligi kerakligini tushuntiradi va boshqaruv yondashuvlari tubdan o’zgarishi kerakligiga misollar keltiradi. Biznes-rejaga amal qilish o’rniga, tadbirkorga iste’molchilarni rivojlantirish metodologiyasining barcha to’rt bosqichidan o’tish va qayta aloqa tizimini yaratish tavsiya etiladi. Bu, o’z navbatida, raqobatchilarni ortda qoldirib, yangi g’oyalarni tezroq sinab ko‘rish va ro’yobga chiqarish imkonini beradi.

Ayn Rand «Atlas yelka qisdi»

«Atlas yelka qisdi» romani ilk marta 1957-yilda nashr etilgan va tanqidchilar hamda oddiy kitobxonlar orasida turli munosabatni keltirib chiqargan. Romanning asosiy g’oyasi ― sotsialistik hukumatning iste’dodli shaxslarga qanchalik bog’liqligini ko’rsatishdir. Har bir ibora sog’lom xudbinlik va maqsadli tadbirkorlik tamoyillari bilan yo’g’rilgan. Kitob turli qahramonlar taqdiri, jamiyat muammolari va uning mamlakat rivojlanish darajasiga bog’liqligiga qaratilgan badiiy asardir. Jamiyat hamma bir joyda qotib qolgan ayanchli doira sifatida tasvirlangan. Ziyoli insonlar mamlakatni tark etar ekan, davlat muammolarga e’tibor bermaydi va tadbirkorlik imkoniyatlarini oyog’osti qiladi. Afsuski, odamlar o’sha ayanchli doirada qolishni afzal ko’radilar, chunki bu qulay va tanish. «Atlas yelka qisdi» kitobxonlarda turli his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. Roman qahramonlari yo g’oyat salbiy, yo mutlaq ijobiy va me’yor degan tushuncha ko’zga tashlanmaydi. Hokimiyat taraqqiyot va rivojlanishni inkor etuvchi shafqatsiz va ochko’z amaldorlar tomonidan boshqariladi. Yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash kitobxonni g‘alaba sari olg‘a intilishga chorlaydi.

Daniel Kahneman «Sekin o’ylang, tez qaror qiling»

Daniel Kahneman iqtisod bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori va dunyodagi eng hurmatli va tilga olingan olimlardan biri sanaladi. O’z kitobida u kitobxonlarni qaror qabul qilish jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy psixologik jarayonlar bilan tanishtiradi va tezroq to’g’ri qaror qabul qilishga o’rgatadi. Kahnemanning ta’kidlashicha, biz ba’zida fikrlash tarzimiz tufayli xato yo’l tutib, noto’g’ri qarorlar chiqaramiz. Bizda ikki xil fikrlash tarzi mavjud: muammolarni hal qilish va mahsulotlarni tanlashda faollashuvchi «sekin”, shuningdek, avtomatik ravishda, bir zumda va beixtiyor ishlaydigan «tez» fikrlash tarzi. Ushbu kitob hayotingizni o’zgartirishi mumkin, boisi u mantiqsiz xatti-harakatlar va noto’g’ri qarorlar hamda tafakkurimizdan qanday foydalanishimizga bag’ishlangan. U biz foydalanishimiz mumkin bo’lgan har ikkala fikrlash tarzini ko’rib chiqadi: «tez» (instinktiv, hissiy) va «sekin» (mantiqiy va oqilona). Qolaversa, kitobda shaxsiyatni qayta ko’rib chiqish, rejalashtirishdagi xatolarga olib keladigan ortiqcha optimizm va bu muammolarga qarshi kurashish usullari muhokama qilinadi. Barcha ma’lumotlar zamonamizning eng mashhur bestsellerlaridan birida mujassam topgan.

Ben Horovits «Bu oson bo’lmaydi»

Aksariyat odamlar o’z biznesiga ega bo’lishni orzu qiladi, ammo bu qanchalik qiyinligini sanoqli odamlar anglaydi. Ben Xorovits bu yo’lning pastu balandliklarini rostgo’ylik ila tan oladigan insonlardan biridir. U tadbirkorlar har kuni duch keladigan muammolarni xolisona tahlil qiladi va startapni rivojlantirish, boshqarish, sotish, konsalting va sarmoya kiritish bo‘yicha katta tajribasiga asoslangan amaliy yechimlarni taklif etadi. Kitobda muallif nafaqat kasbiy tajribasi bilan o’rtoqlashadi, balki uni o’ziga xos hazil va biznes haqidagi ochiq fikrlari bilan boyitadi. Kitob tajribali tadbirkorlar uchun ham, biznes olamiga endigina sayohatni boshlayotgan va o‘z biznesini ochishni rejalashtirayotganlar uchun birdek foydali bo‘ladi.

Daniel Pink «Pushaymonlikning qudrati. Qanday qilib orqaga qarash bizni oldinga siljitadi?»

Har birimiz hayot davomida xatolar, noto’g’ri chiqarilgan qarorlar va boy berilgan imkoniyatlarga ro’baro’ kelamiz, shunday emasmi!? O’tmishdagi ishlarimiz uchun pushaymonlik hissi yoki ularning yetishmasligi hayotimizning kelgusi yillarini baxtsiz qilishi mumkin. Biroq, bu lahzalar rivojlanishimiz uchun kuchli turtki bo’lishi, rivojlanish yo’lidagi belgilar va mulohaza uchun qimmatli saboq sifatida xizmiat qilishi mumkin. O’zingizning va boshqalarning afsus-nadomatlarini qanday tushunish mumkin? O’tmishdagi xatolardan saboq olishni qanday o’rgansa bo’ladi? Yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatish uchun juda oz vaqt qolsa bo’lsa-chi, nima qilish kerak? Daniel Pink bu va boshqa savollarga javob berib, o’zingiz ustida mashaqqatli ishlash yo’lida pushaymonlik tuyg’usini boshqarishning oddiy va tushunarli usullarini taqdim etadi.

Foydali manbalar

So‘nggi kitoblar

Miya uchun ozuqa: biznes, moliya va iqtisod haqida 10 ta kitob (1-qism)

Bilim ― biznes olamidagi muvaffaqiyat kalitidir. Tadbirkorlik, yetakchilik va strategik fikrlash bo'yicha kitoblarni mutolaa qilish ko'nikmalarni rivojlantirish va dunyoqarashni kengaytirish uchun kuchli vositaga aylanishi...

Lokals marketing agentligi asoschisi Farhod Norbayev tavsiya qilgan 5 ta kitob

Farhod Norbayev, Lokals asoschisi. To‘g‘risini aytsam, hech qachon kitobxon bo‘lmaganman. Badiiy adabiyot menga doim zerikarli tuyulardi — kitobni ochishim bilan uxlab qolardim. Muntazam mutolaa qilishni taxminan 21−22...

Stanbase startap platformasi asoschisi Umed Rahimov tavsiya qilgan 6 ta kitob

Umed Rahimov — Stanbase.tech platformasi rahbari va asoschisi, tadbirkor. Platforma Markaziy Osiyo hamda Kavkazdagi startaplarni investorlar bilan bog‘lab, asoschilarga sarmoya jalb qilish, investorlarga esa istiqbolli loyihalarni...