Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda yagona raqamli platforma joriy etiladi, takrorlanuvchi tizimlar taqiqlanadi

O‘zbekistonda yagona raqamli platforma joriy etiladi, takrorlanuvchi tizimlar taqiqlanadi

Platforma 2027-yil iyuligacha ishga tushirilishi, 2028-yil oxirigacha kamida 5 mingta ma‘muriy funksiyani raqamlashtirishi rejalashtirilgan.

Prezidentning Raqamli hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha qarori qabul qilindi. Hujjat Lex.uz portalida eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra, Yagona integratsiyalashgan raqamli platforma joriy etish orqali 2028-yil oxirigacha davlat organlarining kamida 5 mingta ma‘muriy funksiyasi raqamlashtiriladi.

Davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish va ekspluatatsiya qilish xarajatlari kamida 30% ga qisqartiriladi

2030-yil yakunigacha platforma ma‘lumotlari va namunaviy servislar asosida Yagona portalda sun‘iy intellekt asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar ulushi 10% ga yetkaziladi

Qog‘oz shaklidagi hujjat aylanishidan voz kechilib, vazirlik va idoralar qog‘ozsiz ish yuritishga hamda idoralararo elektron hamkorlikka o‘tkaziladi

Kamida 100 ta tahliliy modullarning muhim ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining joriy tahlili asosida maʼlumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi joriy yil 1-avgustgacha xalqaro konsultantlar platformaning loyiha-texnik va arxitektura hujjatlarini ishlab chiqishga jalb etishi lozim.

1-dekabrga qadar esa Davlat xavfsizlik xizmati bilan birga platformada maʼlumotlar almashinuvi, xavfsizlik va davlat raqamli servislarini ishlab chiqish bo‘yicha yagona texnologik standartlar ishlab chiqiladi.

Platforma 2027-yil 1-iyulgacha ishlab chiqilishi lozim. Shu sanadan boshlab davlat axborot tizimlari platforma doirasida uning namunaviy raqamli komponentlaridan foydalangan holda yaratiladi va rivojlantiriladi.

Bundan davlat sirini, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan va bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan hamda harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning axborot tizimlarini ishlab chiqish mustasno hisoblanadi.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan platformaning funksionalini takrorlovchi davlat axborot tizimlarini yaratish va rivojlantirish taqiqlanadi.

Platforma doirasida davlat axborot tizimlari axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasida belgilangan tartibda xulosa olish sharti bilan yaratiladi va rivojlantiriladi.

Kelgusi yildan boshlab davlat organlari tomonidan ichki hujjat aylanmasi, qarorlar qabul qilish va kelishish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish platforma va uning raqamli komponentlaridan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshiriladi.

Platforma doirasida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari o‘rtasida maʼlumot almashinuvini osonlashtirish maqsadida ochiq integratsiya tamoyili joriy qilinadi.

7-iyul kuni prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat boshqaruvining yagona raqamli platformasi joriy etilishi taʼkidlangandi. Yangi tizim dastlab Toshkentda sinov tariqasida ishga tushiriladi, 2027-yildan esa barcha hududlarga bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Dunyoda minimal ish haqi eng yuqori boʻlgan davlatlar maʼlum qilindi

Tahlil uchun Xalqaro mehnat tashkilotining 2024-yilgi maʼlumotlaridan foydalanilgan. Bunda ish haqining oddiy nominal miqdori emas, balki xarid qobiliyati pariteti - yaʼni turli davlatlarda tovar va...

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-sentabr kuni kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mamlakatimizda...

O‘zbekistonda oktabr-noyabr oylarida biznesni ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlari hamda milliy statistika tizimida islohotlarni jadallashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda iqtisodiy faoliyatni to‘liq statistik hisobga olish...

Mehmonxonalar uchun yer va mol-mulk solig‘i imtiyozlari 2030-yilgacha saqlanadi

Avvalroq Spot Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilingani haqida xabar berilgandi. 27-avgustdagi farmonda turizm va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini...

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, xalqimizni ulugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi. Davlatimiz...

To‘rtta hududda 2,4 GVt quvvatga ega yangi elektr stansiyalari va saqlash tizimlari ishga tushirildi

O‘zbekistonning turli hududlarida uchta yangi elektr stansiyasi va uchta elektr energiyasini saqlash tizimi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Ular 25-avgust kuni mustaqillikning 35 yilligi munosabati...