Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda Ramazon hayiti 30 mart kuni nishonlanadi

O‘zbekistonda Ramazon hayiti 30 mart kuni nishonlanadi

Ramazon hayitining birinchi kuni 2025 yilda yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31 mart – dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 30 mart – yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, O‘zbekistonda 2025 yil 30 mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilandi.

Shunga ko‘ra, Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:

  • ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi Ramazon hayitining birinchi kuni 2025 yilda yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31 mart — dushanba kuniga ko‘chirilishi;
  • bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmasligi ma’lumot uchun qabul qilingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon hayitini xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiriladi.

Turizm qo‘mitasi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun Ramazon hayiti kunlarida mo‘tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratsin.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Kelgusi 2 yilda ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlashga 2 trln so‘m ajratiladi

Taʼsischisi yoki rahbari ayol bo‘lgan kompaniyalarga 10 mlrd so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi. Prezident xotin-qizlarning kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari kengaytirilishi bo‘yicha farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy...

2026-yildan kartoshka yetishtiruvchilarga imtiyozli kredit beriladi, ayrim texnikalarga boj bekor qilinadi

Shuningdek, ularga sug‘orish nasoslariga quyosh panellari o‘rnatish va elektr xarajatlari uchun kompensatsiyalar ajratiladi. 2026-yildan kartoshka yetishtiruvchilar uchun yangi imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi. Bu haqda 2-dekabr kuni...

Bog‘dorchilik xo‘jaliklariga intensiv bog‘ tashkil qilish uchun 14% li imtiyozli kredit beriladi

Shuningdek, muzlatkichli omborlar uchun kredit foizining bir qismi va qadoqlash xarajatlarining 50%i qoplab beriladi. Avvalroq prezident ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib...

Prezident butun mamlakatda havo ifloslanishiga qarshi choralarni kuchaytirishni topshirdi

Barcha hududlarda xavfli chiqindilarni xatlovdan o‘tkazib, qayta ishlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha kamida 1 tadan loyihani boshlash, yagona monitoring platformasini ishga tushirish ko‘zda tutilgan. 1-dekabr kuni...

O‘zbekiston sun’iy intellekt moduliga ega Samarqand-2028 sun’iy yo‘ldoshini ishlab chiqmoqda

Sun’iy intellekt yordamida tibbiy suratlarni tahlil qilish tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan. Shuningdek, u orqali yo‘llardagi qoidabuzarliklarni avtomatik aniqlash tizimini yaratish taklif qilindi. Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni...

O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish instituti tashkil etiladi

Institut yashirin iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy sabablarini tahlil qilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. Avvalroq prezident “Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari...