Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda maktabga tayyorlov guruhini tamomlagan bolalarga keyingi o‘quv yilidan elektron sertifikat beriladi

O‘zbekistonda maktabga tayyorlov guruhini tamomlagan bolalarga keyingi o‘quv yilidan elektron sertifikat beriladi

O‘zbekistonda 2026/27-o‘quv yilida 6 yoshli bolalar uchun alohida “nolinchi sinf” joriy etilmaydi, qabul amaldagi tartib asosida amalga oshiriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, bolalar umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Maktabga tayyorlov guruhlarida esa ta’lim-tarbiya jarayonlari davom ettiriladi.

Brifingda bir yillik maktabga tayyorlovdan o‘tganlikni tasdiqlovchi davlat namunasidagi elektron sertifikat joriy etilishi ham rejalashtirilayotgani bildirildi. Mazkur sertifikatni berish tartibi bo‘yicha barcha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi.

2027/28-o‘quv yilidan boshlab tayyorlov guruhlarida tahsil olgan bolalarga ushbu elektron sertifikat beriladi. Shuningdek, bu ma’lumotlar umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomada ham qayd etiladi.

Ma’lum qilinishicha, bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining ta’lim dasturi majburiy umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida kiritiladi. Bu orqali bolalarning maktabga moslashuvi va boshlang‘ich sinflarga tayyorgarligi tizimli ravishda yo‘lga qo‘yiladi.

Dastur o‘quvchilarning yoshiga mos bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratiladi. Shu bilan birga, sifat nazorati va monitoring mexanizmlari ham takomillashtiriladi.

Barcha 6 yoshli bolalarni qamrab olish maqsadida tayyorlov guruhlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar hamda ijtimoiy soha obyektlarida tashkil etiladi.

Nodavlat ta’lim tashkilotlariga ham bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarini ochishga ruxsat beriladi. Vazirlik ushbu yo‘nalishda bosqichma-bosqich islohotlar davom ettirilishini ta’kidladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Trade-in orqali yangi avtomashina xarid qilishda avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

Prezidentning atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan Toza havo loyihasini amalga oshirish bo‘yicha farmoni qabul qilindi. Hujjat bilan eski avtomobillarini yangisiga almashtirish istagida bo‘lgan fuqarolarga avtokreditlar uchun...

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga ipoteka kreditining boshlang‘ich to‘lovi qoplab berilishi mumkin

Davlat tibbiyot muassasalari xodimlariga uy-joy va ta‘lim xarajatlarini qoplash bo‘yicha yangi imtiyozlar joriy etilishi mumkin. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hukumat qarori...

Oracle O‘zbekistonda bulutli xizmatlarni joriy qilishi mumkin

AQSHning Oracle kompaniyasi O‘zbekistonda bulutli xizmatlarni joriy qilishi mumkin. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi. Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQSHga xizmat safari doirasida Oracle kompaniyasining...

O‘zbekistonda yangi xarid qilingan uy-joy uchun keshbek qaytarish bo‘yicha taklif ishlab chiqildi

O‘zbekistonda yangi qurilgan uylardan ko‘chmas mulk sotib olinganda keshbek joriy etish taklifi ishlab chiqildi. Bu haqda 27-mart kuni Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev media-muloqotda...

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida o‘zaro savdo 2030-yilgacha $2 mlrdga yetkaziladi

26-mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tor doirada muzokara va Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Davlat...

Yangi Toshkentdagi “Buyuk Ipak yoʻli” loyihasi taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga Yangi Toshkent shahri hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Buyuk Ipak yoʻli” loyihasi taqdimot qilindi. Maʼlumki, Yangi Toshkent shahrini barpo etish doirasida birinchi bosqichda...