Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,6% gacha kamaydi — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,6% gacha kamaydi — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga qaratilgan Global ijtimoiy adolat fondini ta‘sis etishni taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni Dohada o‘tkazilgan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident bugungi kunda jahon hamjamiyati va milliy hukumatlar ijtimoiy farovonlikni ta‘minlash hamda aholi turmush darajasini oshirish yo‘lida birgalikda harakat qilayotganini ta‘kidladi.

O‘zbekistonda aholining ehtiyojmand qatlamlari samarali himoya qilingan ijtimoiy davlat barpo etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

“Oxirgi yillarda kambag‘allik darajasini 35% dan 6,6% gacha qisqartirishga erishdik. Biz bu yo‘ldagi islohotlarni bundan keyin ham davom ettiramiz”, — dedi O‘zbekiston yetakchisi.

Davlat rahbari global ijtimoiy adolat va barqaror taraqqiyotni mustahkamlashga qaratilgan qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

Kambag‘allikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish muhimligi ta‘kidlandi.

“Rivojlanayotgan davlatlarning ijtimoiy dasturlariga resurslarni keng jalb etish maqsadida kambag‘allikka qarshi kurashishning yangi moliyaviy arxitekturasini yaratish vaqti keldi deb hisoblaymiz”, — dedi prezident.

Shu munosabat bilan kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga amaliy ko‘mak beradigan Global ijtimoiy adolat fondini ta‘sis etish taklif qilindi.

Shuningdek, mehnat migrantlari va ularning oila a‘zolarini tizimli himoya qilish zarurligiga alohida e‘tibor qaratildi.

O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti va Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan birgalikda Toshkentda migrantlar va ularning oila a‘zolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazishga tayyorligi aytildi. Bundan tashqari, bu borada Global dastur qabul qilinishi ham mumkin.

1-iyul holatiga O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,8%gacha pasaygan. Natijada ko‘rsatkich yil boshiga nisbatan 2,1 foiz punktga kamni tashkil etdi.

Sentabr oyida Shavkat Mirziyoyev “Kambag‘allikdan farovonlik sari” xalqaro forum ochilishida so‘zlagan nutqida 2024-yili kambag‘allik darajasi 8,9% ga tushirilgani, yil yakunigacha uni 6% gacha kamaytirish maqsad qilinganini aytgandi.

29-oktabr kuni prezident huzuridagi ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimotida mamlakatda kambag‘allik darajasi 2021-yildagi 17% dan 6,8% ga kamaygani ma’lum qilingandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda sutkalik elektr energiyasi iste‘moli bo‘yicha rekord yangilandi

O‘zbekistonda mart oyida elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi, deya xabar berdi Energetika vazirligi. Xususan, 11-mart kuni mamlakat bo‘yicha sutkalik elektr energiyasi iste’moli 267...

Green Card dasturiga ariza berishda yangi qoidalar joriy etiladi

AQSH Green Card (Diversity Visa) dasturiga ariza berishda yangi qoidalar joriy etiladi. Davlat departamenti tomonidan 11-mart kuni e’lon qilingan yangi qoidaga ko‘ra, DV dasturiga ariza topshirish...

Forbes dunyoning eng boy odamlarini e’lon qildi

AQSHning Forbes jurnali dunyodagi milliarderlarning 40-yillik reytingini eʼlon qildi. Bu yil ro‘yxatga 3428 nafar milliarder kirdi — bu o‘tgan yilgi rekorddan 400 nafarga ko‘p, shuningdek 1987-yilda...

Joriy yilda 3000 nafar qashqadaryolik yoshlar Germaniyaga ishga yuboriladi

10-mart kuni Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda turizm salohiyatidan to‘liq foydalanish uchun, har yili...

O‘zbekistonda kambag‘al oilalarga pillachilik bilan shug‘ullanish uchun 4 mln so‘mdan subsidiya beriladi

O‘zbekistonda pillachilik sohasini rivojlantirish va aholining daromadini oshirish maqsadida kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tartib joriy etiladi. Bu prezidentning “Ipakchilik sohasini yangi tizim asosida...

Yangi Oʻzbekistonni ayollari baxtli-saodatli yashaydigan mamlakatga aylantirish — eng ulugʻ maqsad

Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Davlatimiz rahbari marosimda nutq soʻzlab, barcha muhtarama onaxonlar,...