Matbuot xizmatiYangiliklarBitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi

Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi

Agar tadbirkor bitiruvchi bilan 2 yil ichida mehnat shartnomasini bekor qilsa, kredit bo‘yicha foiz tijorat stavkasiga o‘zgartiriladi.

Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi. Bu haqdagi tegishli qaror prezident tomonidan imzolandi.

Hujjat bilan, 2025-yil fevralda qabul qilingan prezidentning tegishli qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.

Jumladan, oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlagan tadbirkorlarga 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha kreditlar ajratiladi. Bunda yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratish belgilandi.

Imtiyozli kredit tadbirkorlarga har bir mlrd so‘m qiymatgacha bo‘lgan mablag‘ uchun kamida 1 nafar bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan ajratiladi.

Kredit ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarga asosiy vositalar sotib olish hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratiladi.

Tadbirkor va bitiruvchi o‘rtasida 2 yil davomida mehnat shartnomasi bekor bo‘lgan taqdirda, kredit foizi mehnat shartnomasi bekor bo‘lgan sanadan tijorat stavkasiga o‘zgartiriladi. Biroq, bundan ushbu xodim o‘rniga 1 oy muddatda boshqa bitiruvchi ishga qabul qilingan hollar mustasno.

Shuningdek, bitiruvchilar o‘rtasida eng yaxshi startap va innovatsion loyihalar tanlovi tashkil etiladi. Tanlov g‘oliblariga kamida 2 nafar bitiruvchini ishga olish majburiyati bilan 1 mlrd so‘mgacha grant ajratiladi.

Avgust oyida prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishga olingan bitiruvchilar soniga qarab, tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha 18% li kredit berilishi aytilgandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...