Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda ipoteka subsidiyalari ikkilamchi bozorga ham berilishi mumkin

O‘zbekistonda ipoteka subsidiyalari ikkilamchi bozorga ham berilishi mumkin

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori uchun ham ipoteka kreditlariga subsidiya ajratishni istisno qilmayapti. Bu haqda 12-may kuni bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ma’lum qilindi, deya xabar berdi Spot muxbiri.

Vazirlikning Urbanizatsiya jarayonlari, uy-joy qurilishi, renovatsiya va ipoteka dasturlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Rasul Xamidov bugungi kunda budjet mablag‘laridan ajratiladigan subsidiyalar faqat birlamchi bozorda uy-joy xarid qilish uchun yo‘naltirilayotganini ta’kidladi. Ikkilamchi bozorga subsidiya ajratish masalasi esa hozircha ko‘rib chiqilayotgani yo‘q.

Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy maqsad — aholining yashash uchun qulay hamda energiya samarador uylarga ko‘chib o‘tishini rag‘batlantirish. Shu bilan birga, birlamchi bozorni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali qurilish sektorini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

“Bu orqali nafaqat ijtimoiy sohani, balki iqtisodiyotni ham qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan. Shuning uchun budjet mablag‘ini ikkilamchi bozorga ham berish masalasi kun tartibida hozircha yo‘q. Balki kelgusida qaysidir miqdorda yoki qaysidir yo‘nalishlarda berish maqsadga muvofiq deb topilsa, buni ko‘rib chiqishimiz mumkin”, — dedi Rasul Xamidov.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...