Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekiston turkiy davlatlar bilan ilmiy sun’iy yo‘ldoshni 2027-yilda uchiradi

O‘zbekiston turkiy davlatlar bilan ilmiy sun’iy yo‘ldoshni 2027-yilda uchiradi

O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar qo‘shma ilmiy sun’iy yo‘ldoshni 2027-yilda uchiradi. Bu haqda 13-may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekkosmos agentligi direktori o‘rinbosari Muhiddin Ibragimov ma’lum qildi, deya xabar berdi Spot muxbiri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda TDT doirasida 12U OTS-Sat Cube sun’iy yo‘ldoshini ishlab chiqish jarayoni amalga oshirilmoqda. Asosiy ishlar Qozog‘iston poytaxti Ostonada joylashgan, kosmik texnologiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Ghalam kompaniyasida olib borilmoqda. Loyiha doirasida O‘zbekiston sun’iy yo‘ldoshning elektr dvigatelini ishlab chiqmoqda, boshqa davlatlar esa uni yig‘ishda qatnashadi.

“Dvigatel kichik bo‘lishiga qaramay, sun’iy yo‘ldoshning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U raketadan ajralgandan so‘ng yo‘ldoshni belgilangan orbitaga olib chiqish va manyovr qilish — chapga, o‘ngga yurish, tepaga, pastga tushishiga javob beradi. Bu bo‘yicha ishlar davom etyapti. Xudo xohlasa, joriy yil oxirigacha sun’iy yo‘ldoshni yig‘ish ishlari yakunlanishi kerak. Hozirda integratsiya jarayoni ketyapti. Sun’iy yo‘ldoshni kelgusi yil uchirishni reja qilganmiz”, — dedi Muhiddin Ibragimov.

Shu bilan birga, agentlik direktori o‘rinbosari o‘zbekistonlik mutaxassislar hozirda Qozog‘iston, Turkiya va Ozarbayjon mutaxassislari bilan birgalikda ishlayotganini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, yo‘ldoshni uchirish masalasi ko‘proq asosiy integratsiyaga javob beruvchi tomon — Qozog‘istonga bog‘liq. Ibragimov bu bo‘yicha yana qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini bildirdi.

2025-yil boshida O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti 2026-yilda sun’iy yo‘ldosh uchirishi ma’lum bo‘lgandi. Joriy yilning mart oyi oxirida Toshkentda TDT mamlakatlari tomonidan ishlab chiqilgan birinchi texnologik sun’iy yo‘ldoshning prototipi taqdim etildi.

Kosmik apparat 12U XL nanosun’iy yo‘ldosh platformasi asosida qurilmoqda. O‘lchamlari 226,3×226,3×366 mm bo‘lib, taxminiy og‘irligi 16 kilogrammni tashkil etadi. Sun’iy yo‘ldosh 550 km balandlikdagi quyosh-sinxron orbitada ishlaydi va xizmat muddati ikki yil etib belgilangan. Ma’lumotlarni uzatish esa soniyasiga 50 Mbitgacha tezlikka ega X-band aloqa kanali orqali amalga oshiriladi.

Loyiha maqsadi TDT davlatlari uchun mintaqaviy Yer kuzatuvi, orbitadagi texnologiyalarni namoyish etish va kelgusi missiyalar uchun tajriba yaratishga qaratilgan. Tashkilotga ko‘ra, 2026-yil iyul oyida parvoz modeli sinovlarini o‘tkazish, 2027-yil iyul oyida esa sun’iy yo‘ldoshni uchirish rejalashtirilgan.

Kosmik apparat tarkibida to‘liq missiya uchun zarur bo‘lgan asosiy quyi tizimlar mavjud: foydali yuk, bort ma’lumotlarini boshqarish tizimi, oriyentatsiyani aniqlash va boshqarish tizimi, aloqa tizimi, elektr ta’minoti tizimi hamda harakatlantiruvchi qurilma.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...