Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekiston Malayziya bilan sanoat zonasini tashkil qilishi mumkin

O‘zbekiston Malayziya bilan sanoat zonasini tashkil qilishi mumkin

Shuningdek, yashil energiya, elektronika va boshqa sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan uchrashdi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Malayziya hukumati rahbarining O‘zbekistonga tashrifi so‘nggi 16 yildagi birinchi tashrif bo‘ldi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni, xususan, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida yashil energetika, neft-kimyo, elektronika, farmatsevtika va boshqa sohalarda hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. O‘zbekistonda qo‘shma korxonalar uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Qo‘shma matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, bo‘lajak sanoat zonasida yuqori texnologiyali tashabbuslarga e’tibor qaratiladi.

O‘zbekiston va Malayziya korxonalari uchinchi davlatlar bozorlariga birgalikda chiqish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqadi.

Muzokaralarda qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik ham muhokama qilindi. Suvni tejash, meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash barobarida halol mahsulotlarni sertifikatlash masalasi ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tomonlar IT, transport va qashshoqlikni qisqartirish sohalaridagi o‘zaro hamkorlik masalalariga to‘xtaldi.

Ikki tomonlama savdo qo‘mitasini hukumatlararo komissiyaga aylantirish zarurligi qayd etildi.

Yana bir ustuvor mavzu turizm sohasidagi hamkorlik va Malayziyadan O‘zbekistonga yangi sayyohlarni jalb qilish bo‘ldi. Ziyorat safarlari, jumladan, “Umra plyus” loyihasi istiqbolli yo‘nalish sifatida qayd etildi.

Avvalroq»Spot» Malayziyaning “UpStream BPO” kompaniyasi Sirdaryo viloyatida o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...