Foydali manbalarBiznes haqidaO‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lgandan so‘ng mahalliy biznes qanday omon qolishi mumkin?

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lgandan so‘ng mahalliy biznes qanday omon qolishi mumkin?

Lokals United bosh direktori Farhod Norboyev Spot bilan suhbatda kelajakda kuchayib boradigan raqobatga tadbirkorlar hozirdan qanday tayyorgarlik ko‘rishi kerakligi haqida fikr bildirdi.

Farhod Norboyev,

Lokals United kompaniyasi bosh direktori.

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish arafasida. Yaqinda Shveysariya bilan muzokaralar yakuniga yetdi. Hukumat vakillari ta’kidlashicha, tashkilotga to‘laqonli qo‘shilish uchun “bir nechta mamlakat” bilan kelishuvlar qolgan.

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotining 2026-yilda Kamerunda bo‘lib o‘tadigan 14-vazirlar uchrashuvigacha tashkilotga a’zo bo‘lishni reja qilmoqda. Yaqin kelajakda mamlakat global bozorning bir qismiga aylanadi.

Bu burchakdagi qahvaxonadan tortib yirik xoldinggacha barcha korxonalarga ta’sir qiladi. Raqobat kuchayib, imtiyozlar kamayadi, talablar esa ortadi. Biznes mag‘lub bo‘lmaslik uchun qanday yo‘l tutishi kerak?

Nima o‘zgaradi?

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bilan mamlakatdagi raqobat yanada kuchayadi. Hozirda biznes yangi xalqaro ishtirokchilarning paydo bo‘lishidan bosim sezayotgan bo‘lsa, bu yanada ortishi mumkin. Masalan, Vetnam JSTga a’zo bo‘lganidan so‘ng, mamlakatga import 17% ga o‘sdi. Bu esa bozorga ko‘plab xorijiy mahsulotlar kirib kelib, raqobat keskin oshganini anglatadi.

Mahalliy biznes bosim ostida qolib, tezda moslasha olganlar omon qoldi.

Yana bir muhim o‘zgarish — mahalliy biznes uchun alohida shartlar bekor qilindi. JSTga a’zo bo‘lgan barcha mamlakatlar yagona qoidalar asosida faoliyat yuritadi. Bu degani imtiyoz va istisnolar kamayib, shaffoflik oshadi.

Misol uchun, Qozog‘iston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lgandan so‘ng, 3 mingdan ortiq tovar uchun bojxona to‘lovlarini pasaytirdi. Ba’zi toifalarda, ayniqsa qishloq xo‘jaligida, bu qisqarish 50% dan ortiqni tashkil etdi. Shunday qilib, bozor yanada ochiqroq bo‘ldi va g‘alaba qozonishni norasmiy afzalliklar hisobiga emas, balki tizimli va shaffof ishlaydigan korxonalar boshladilar.

Biznes nima qilishi kerak?

1. Sotuv nuqtasini emas, balki brendni yaratish

Bozor ochiq bo‘lsa, oson tanib olinadigan va ishonchlilargina foyda ko‘radi. Kuchli brend raqobatchilar ko‘payib borayotgan sharoitda ajralib turishga, mijozlarni saqlab qolishga va qimmatroq sotishga yordam beradi.

Brend — logotip yoki Instagram sahifasi emas. U strategiya, va’da va yondashuvdir.

Biznesda aniq pozitsiya, qadriyatlar, tushunarli qiyofa, muloqot uslubi va ichki madaniyat bo‘lishi kerak, deb hisoblayman. Agar biznes egalari o‘z kompaniyalarini nima uchun tanlanishini ikki jumlada tushuntirib bera olmasalar, demak, brend ustida zudlik bilan ishlash kerak bo‘ladi.

2. Tartibga solish

O‘sish uchun tartib zarur. Nazariy emas, balki amaliy — raqamlar va harakatlarda aks etadigan.

Ishni jamoadagi rollarni aniq taqsimlash, foydani ko‘z bilan emas, balki mahsulotlar bo‘yicha hisoblash, moliya, CRM va vazifalarni avtomatlashtirishdan boshlash mumkin. Shuningdek, qaysi yo‘nalishlar daromad keltirishi va qaysilari shunchaki “osilib qolgani»ni aniqlash uchun audit o‘tkazish muhim.

Strukturasiz investorni jalb qilish yoki kredit olish mumkin emas, shuningdek, yuqori sur’atlarda o‘sish ham qiyin. Hozirgi sharoitimizda bozor “eski usulda” ishlashni kechirmaydi.

3. Mijozlarga e’tibor qaratish

Agar kompaniya mijozga uning muammosini hal qilishga yordam bermasa, buni albatta boshqa birov qiladi. Bugungi kunda odamlarda tanlash imkoniyati mavjud va ular o‘zlari uchun osonroq, qulayroq hamda ularga e’tibor qaratiladigan joyga osongina ketishadi.

Narxlar bir xil bo‘lganda, yaxshiroq xizmat ko‘rsatadigan tomon g‘olib chiqadi. Buyurtmani tez va qulay rasmiylashtirib, tezkor yetkazib berish xizmatini taqdim etadigan tomon ustunlikka erishadi.

Kichkina narsalar ham rol o‘ynaydi. Biznes mijozning ismini yodda saqlasa, bu allaqachon ustunlik hisoblanadi. Murojaat qilingandan so‘ng besh daqiqa ichida Telegram’da javob berish brendni sezilarli darajada raqobatbardoshligini oshiradi.

O‘z mijozlarini chinakamiga tinglayotgan kompaniyalar o‘zgarishlarga tezroq moslashib, bozorda uzoqroq faoliyat yuritadilar.

4. Texnologiyalarni qo‘llash

Kompaniyaning bozorda necha yildan beri faoliyat yuritayotgani hozir unchalik ahamiyatga ega emas. U qanchalik tez o‘zgara olishi, yangi narsalarni sinab, moslasha olishi muhimroqdir. Vaqt o‘tib boryapti, u bilan birga bozor ham o‘zgaryapti: endi eng katta emas, balki eng moslashuvchan yutuqqa erishadi.

Texnologiyalar faqatgina IT-mutaxassislariga mo‘ljallangan emas. Bular g‘oyalarni sinovdan o‘tkazish, kundalik jarayonlarni avtomatlashtirish, xarajatlarni kamaytirish hamda raqobatchilarga qaraganda qarorlarni tezroq qabul qilish imkonini beruvchi ishchi vositalardir.

Sun’iy intellekt, avtomatlashtirish, sotuvlar voronkasi, A/B-testlar — bularning barchasi allaqachon kichik biznes uchun ham qo‘l keladigan darajaga yetgan. Sinab ko‘rishdan, hisoblashdan qo‘rqmaslik kerak.

Bugun o‘lchovchi, taqqoslovchi, tahlil qiluvchi va xulosa chiqaruvchilar g‘alaba qozonmoqda. Faqat sezgiga tayanganlar esa ko‘pincha adashib, xatoga yo‘l quyishadi.

5. Jamoasiz uzoqqa borib bo‘lmaydi

Barcha vazifalar bir kishining zimmasiga tushganda, charchash yoki to‘xtab qolish vaqt masalasidir.

Hamma narsani o‘zingiz nazorat qilishingiz, topshiriqlarni tezda taqsimlashingiz, muhim vazifalarni o‘z zimmangizga olishingiz osonroqdek tuyuladi. Biroq, bu klassik tuzoq. Bunday yondashuv, ayniqsa, biznes kichik jamoa doirasidan tashqariga chiqqanda o‘z samaradorligini yo‘qotadi. Yangi sharoitlarda barcha narsa qahramonlikka emas, balki kuchli jamoaga, aniq taqsimlangan rollarga bog‘liq.

Vazifalarni faqat ularni bajarishga kuchingiz yetmay qolgandagina emas, balki ongli ravishda — oldindan, ishonch bilan va kim nimaga javobgar ekanligini tushungan holda topshirish kerak.

Jamoaning doimiy ko‘rsatmalarsiz, mustaqil harakat qilishi uchun oddiy va tushunarli jarayonlar zarur. Asosiy xodimlarga sarmoya kiritish muhim, chunki aynan ular haqiqiy qiyinchiliklar yuz berganda yoningizda qoladilar.


JST bozorni yo‘q qilmaydi, lekin uni qayta ishga tushirishi aniq. Strategik fikrlaydigan, tizimli harakat qiladigan, o‘z mijozini chindan ham tushunadiganlar omon qoladi. Bu biznesning hajmi haqida emas. Bu yetuklik masalasi.

O‘zbekiston ochiq o‘yinga kirib bormoqda, mahalliy brendlar yanada kuchli bo‘lish imkoniyatiga ega. Asosiysi, kech qolmasdan harakat qilish kerak.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistondagi 10 mingdan ortiq maktab Canva‘dan uch yil bepul foydalanadi

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi Canva kompaniyasi bilan grant kelishuvini imzoladi. O‘zbekistondagi 10 mingdan ortiq umumta‘lim maktablari Canva for Education platformasidan uch yil davomida bepul foydalanadi....

O‘zbekistonda yagona raqamli platforma joriy etiladi, takrorlanuvchi tizimlar taqiqlanadi

Platforma 2027-yil iyuligacha ishga tushirilishi, 2028-yil oxirigacha kamida 5 mingta ma‘muriy funksiyani raqamlashtirishi rejalashtirilgan. Prezidentning Raqamli hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha qarori qabul qilindi. Hujjat Lex.uz...

Ishbilarmonlik tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga QQSning yarmi qaytariladi

Buning uchun tadbir yakunlanganidan so‘ng 3 oy ichida Turizm qo‘mitasiga murojaat qilish talab etiladi. O‘zbekistonda MICE (ishbilarmonlik) turizm tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga amalda to‘langan QQSning 50%i...

O‘zbekistonda davlat boshqaruvining yagona raqamli platformasi joriy etiladi

Yangi tizim dastlab Toshkentda sinov tariqasida ishga tushiriladi, 2027-yildan esa barcha hududlarga bosqichma-bosqich joriy etiladi. Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini joriy etish,...

Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi talablari tasdiqlandi

Yangi yo‘riqnoma tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularning markirovkasiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilaydi. Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar...

O‘zbekiston qish uchun 120 ming tonna avtobenzin zaxirasini yaratadi

Shuningdek, mavsum davomida issiqlik elektr stansiyalariga 4,16 mln tonna ko‘mir yetkazib berilishi prognoz qilinmoqda. 6-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev neft-gaz tarmog‘ida navbatdagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining...