Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekiston jahon pasportlari reytingida olti pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston jahon pasportlari reytingida olti pog‘ona yuqoriladi

Dunyodagi eng kuchli pasportga ega mamlakat Singapur bo‘lsa, Afg‘oniston reytingda oxirgi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston “Henley & Partners” kompaniyasining eng kuchli pasportiga ega davlatlar reytingida olti pog‘onaga ko‘tarildi. 2024-yilgi reytingda O‘zbekiston pasporti Kuba, Mangoliya va Mozombik pasportlari bilan birgalikda 79-o‘rinni qayd etgan.

Ushbu mamlakatlar fuqarolari 64ta davlatga avvaldan viza olmay borishi mumkin.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston pasporti Qozog‘iston (67-o‘rin) va Qirg‘izistondan (78-o‘rin) keyin uchinchi o‘rinni egalladi. Tojikiston va Turkmaniston mos ravishda 82 va 90-o‘rinlarni egalladi.

O‘zbekiston pasportining oxirgi yillardagi pozitsiyasi:

pasport indeks
Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilgi pasport indeksida olti mamlakat rekord miqdordagi yo‘nalishlarga vizasiz kirish imkoniyati tufayli birinchi o‘rinni bo‘lishdi.

Yevropaning to‘rtta davlati — Fransiya, Germaniya, Italiya va Ispaniya Yaponiya va Singapur kabi dunyodagi eng kuchli pasportlarga ega bo‘lib qo‘shilib, o‘z fuqarolariga 227ta yo‘nalishdan 194tasiga vizasiz borish imkonini beradi.

pasport indeks

Rossiya 50-o‘rinni, Belorus esa 65-o‘rinni egalladi. Ular mos ravishda 120ta va 81ta davlatga vizasiz sayohat qilish imkoniga ega.

Afg‘oniston reytingda oxirgi 107-o‘rinni egalladi. Afg‘onistonliklar atigi 28 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...