Matbuot xizmatiYangiliklar34 nafar nomzod orasida birinchi: o‘zbekistonlik doktorantning xalqaro yutug‘i

34 nafar nomzod orasida birinchi: o‘zbekistonlik doktorantning xalqaro yutug‘i

Bugungi kunda dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan va ilm-fan sohasida yuksak natijalarga erishayotgan yosh vatandoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda. Ularning muvaffaqiyatlari nafaqat shaxsiy yutuq, balki mamlakatimizning intellektual salohiyati va yoshlarining xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini namoyon etmoqda. Ana shunday iste’dodli yoshlarimizdan biri — Mirmuhsin Dilmurod o’gli Suyunovdir.

Toshkent shahrida tug‘ilib, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 190-sonli ayrim fanlari chuqur o’qitiladigan sinflari mavjud umumiy o’rta ta’lim maktabida a’lo baholarga o‘qigan Mirmuhsin Suyunov bugungi kunda Italiyaning nufuzli Milan universitetida “Barqaror rivojlanish uchun xalqaro va ommaviy huquq, etika va iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha doktoranturada tahsil olmoqda. Ushbu dasturga qabul jarayoni uning akademik salohiyatini yana bir bor namoyon etdi. Chunki tanlovda ishtirok etgan 34 nafar nomzod orasida, jumladan 33 nafar italiyalik da’vogarlar o‘rtasida eng yuqori natijani qayd etib, birinchi o‘rin bilan doktoranturaga qabul qilindi.

Muvaffaqiyat sari yo‘l esa uzoq yillik izlanishlar, tinimsiz mehnat va ilmga bo‘lgan yuksak qiziqish bilan yo‘g‘rilgan. Mirmuhsin Suyunovning ta’lim yo‘li bir nechta davlat va qit’alarni qamrab oladi. U 2022–2024-yillarda Italiyaning Rim shahridagi mashhur “La Sapienza” universitetida magistratura bosqichida tahsil olib, “Menejment va innovatsiyalar uchun iqtisodiyot va kommunikatsiya” yo‘nalishini 110/110 “summa cum laude” — imtiyozli diplom bilan tamomladi. Magistrlik dissertatsiyasi doirasida Italiya fond bozori faoliyatini mustaqil empirik tahlil qilib, ommaviy kapital bozorlari iqtisodiy o‘sishga qanday ta’sir ko‘rsatishini ilmiy jihatdan o‘rgandi. Ushbu tadqiqot barqaror moliyaviy bozorlarni shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan muhim ilmiy ishlardan biri sifatida e’tirof etildi.

Bundan oldin esa u Janubiy Koreyaning Daejeon shahridagi “SolBridge” Xalqaro Biznes Maktabida “Biznesni boshqarish” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini 4.26/4.5 GPA ko‘rsatkichi bilan muvaffaqiyatli yakunladi. Talabalik yillaridayoq yuqori akademik natijalari bilan ajralib turgan yosh mutaxassis ikkinchi kursda barcha fanlardan mukammal natija ko‘rsatib, 100 foizlik xizmat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.

Mirmuhsin Suyunovning xalqaro ta’limdagi muvaffaqiyatlari bu bilan cheklanib qolmadi. “3+1” ikki diplom dasturi doirasida Fransiyaning Klermon-Ferran shahridagi “Clermont Business School’da tahsil olib, “Xalqaro menejment” yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi bakalavr diplomini ham qo‘lga kiritdi. Shu tariqa u yoshligidanoq turli mamlakatlarning ilg‘or ta’lim tizimlarida bilim olib, boy akademik tajriba to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

2021-yilda Pekin Texnologiya Institutining “Cloud Lessons” xalqaro yozgi dasturida qatnashib, Data Science va Big Data texnologiyalari bo‘yicha kursni A+ baho bilan tamomladi. Bu esa uning zamonaviy raqamli texnologiyalar, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va miqdoriy tadqiqotlar yo‘nalishidagi bilimlarini yanada mustahkamladi.

Bugungi kunda Mirmuhsin Suyunov nafaqat doktorant, balki yosh olim va pedagog sifatida ham faoliyat yuritmoqda. 2025-yil oktabr oyidan buyon Milano-Bicocca universitetida “Cultore della Materia” — fan eksperti sifatida ishlamoqda. U “Barqarorlik uchun biznes strategiyasi va ilg‘or korporativ moliya”, “Korporativ moliya” hamda “Korporativ moliya asoslari” fanlari bo‘yicha magistratura kurslarining imtihon komissiyalari tarkibida faol qatnashmoqda. Bu mas’uliyatli faoliyat unga nafaqat o‘z bilimlarini yanada boyitish, balki kelajak iqtisodchilari va moliyachilarining shakllanishiga ham munosib hissa qo‘shish imkonini bermoqda. Bunday yutuqlar zamirida, eng avvalo, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatining amaliy natijalari mujassam. Zero, so‘nggi yillarda yaratilgan ta’lim imkoniyatlari, grant va stipendiyalar, ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish mexanizmlari hamda xalqaro ta’lim dasturlari yangi avlod mutaxassislarining shakllanishida muhim omil bo‘lmoqda. Eng muhimi, bu imkoniyatlar yoshlarning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi va xalqaro maydonda O‘zbekiston nufuzini yanada yuksaltirishiga xizmat qilmoqda.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda...

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...