Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekiston 2024-yilda dunyoning eng yirik oltin xaridorlari o‘ntaligiga kirdi

O‘zbekiston 2024-yilda dunyoning eng yirik oltin xaridorlari o‘ntaligiga kirdi

Mamlakatda oltin ishlab chiqarish OKMK va NKMKda qazib olish hajmining oshishi hisobiga 8% ga o‘sdi.

2024-yilda oltinga bo‘lgan global talab rekord darajaga — 4 974 tonnaga yetdi, bu oldingi yilga nisbatan 1% ga ko‘pdir. Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council) ning yillik hisobotida keltirilgan.

Markaziy banklarning faol xaridlari va investorlarning yuqori qiziqishi o‘sishning asosiy “drayveri” bo‘ldi. Kengash ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining sof oltin xarid qilish hajmi 11 tonnani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bilan mamlakat dunyoda to‘qqizinchi o‘rinda turibdi. Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlaridagi yuqori qazib olish hisobiga O‘zbekistonda oltin ishlab chiqarish hajmi 8% ga oshdi.

Shuningdek, noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki Polsha bilan birgalikda dunyodagi ikkita asosiy oltin xaridorlaridan biriga aylandi. WGCda qayd etilishicha, noyabr oyida AQShdagi saylovlardan keyin qimmatbaho metallar narxining pasayishi ayrim markaziy banklarni qo‘shimcha xarid qilishga undagan bo‘lishi mumkin.

Asosiy trendlar

Markaziy banklar ketma-ket uchinchi yil 1 ming tonnadan ortiq oltin sotib oldi. Eng yirik xaridorlar uchligida Polsha (90 tonna), Turkiya (75 tonna) va Hindiston (73 tonna) turibdi.

Investitsiyaga bo‘lgan talab 25% ga o‘sib, 1,18 ming tonnaga yetdi. Quyma va tangalarga bo‘lgan yillik talab barqaror darajada saqlanib qoldi. 2024-yilda oltinning o‘rtacha narxi bir unsiya uchun $2,3 mingni (+23%) tashkil etdi, to‘rtinchi chorakda esa bu bir unsiyasi uchun rekord darajadagi $2,6 mingga yetdi.

Oltin qazib olishning umumiy hajmi 1% ga oshib, 3 661 tonnani tashkil etdi, oltinni qayta ishlash esa 11% ga oshib, 1 370 tonnani ko‘rsatdi. Qimmatbaho metallar taklifi 4 974,5 tonnaga (+1%), talab esa 4 553,7 tonnaga (+1%) oshdi.

oltin, oltin-valyuta zaxiralari, markaziy bank

2025-yil uchun kutilmalar

Mutaxassislar 2025-yilda oltinga bo‘lgan talab yuqori darajada qolishini kutmoqdalar. Markaziy banklar zaxiralarni ko‘paytirishda davom etadi, investorlar esa iqtisodiy beqarorlik sharoitida oltindan himoya aktivi sifatida foydalanadilar. Shu bilan birga, zargarlik buyumlariga bo‘lgan talab yuqori narxlar bosimi ostida qolishi mumkin.

O‘zbekistonda oltin bozoridagi vaziyat ichki makroiqtisodiy omillarga, jumladan, valyuta siyosati, inflyatsiya darajasi va eksport bozorlarining holatiga bog‘liq bo‘ladi. Oltin zaxiralarini mustahkamlash bo‘yicha global trend davom etayotgan sharoitda mamlakat ushbu aktivni jamg‘arish strategiyasini saqlab qolishi mumkin.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...