Foydali manbalarTadbirkorlarOyiga $1000 gacha topayotgan 17 yoshli andijonlik IT-mutaxassis Muhammadjon Qobuljonov hikoyasi

Oyiga $1000 gacha topayotgan 17 yoshli andijonlik IT-mutaxassis Muhammadjon Qobuljonov hikoyasi

“IT Park” andijonlik 17 yoshli IT-mutaxassis Muhammadjon Qobuljonov hikoyasini taqdim etdi.

Muhammadjon Qobuljonov Andijon viloyatining Asaka tumanida tug‘ilgan. Hozir tumandagi 2-sonli kasb-hunar kollejining 2-bosqich talabasi.

Muhammadjon dasturchilik sohasiga 13 yoshida kirib kelgan. Mutaxassisligi bo‘yicha dasturchi va veb-dizayner.

Unda sohaga degan katta qiziqish bo‘lgan hamda raqamli texnologiyalar yo‘nalishidagi mutaxassislarga bo‘lgan talabning yuqoriligini hisobga olgan holda IT-sohasiga kirishga qaror qilgan.

Uning aytishicha, boshlanishida barcha darslar masofaviy tarzda o‘tilgani o‘zlashtirish jarayonini biroz qiyinlashtirgan.

Keyinchalik 2020-yilda ochilgan IT-markazda tahsil olib, “UDM”, “One Million Uzbek Coders” va “Mohirdev” tomonidan tashkil etilgan kurslarni tamomlagan.

Hozirda o‘quv markazida ta’lim bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlayotgan Muhammadjon frilanser sifatida ham faoliyat yuritadi.

Uning daromadi oyiga o‘rtacha $700 dan $1000 gacha. Shu kungacha 20 dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlashga ulgurgan.

Loyihalari qatoridan Rossiya va Belorussiya kabi davlatlar ham o‘rin olgan.

Muhammadjonning fikricha IT-sohasida jamoaviy ishlashning o‘rni juda muhim. Loyihalarni yaratayotganda “Frontend” va “Backend” qismlarini alohida mutaxassislar bajarsa u yanada sifatliroq va tezroq yakunlanadi, deb hisoblaydi.

U kelajakda senior dasturchi darajasiga ko‘tarilib, frilans ravishda ishlovchi jamoani shakllantirishni orzu qiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...