Matbuot xizmatiYangiliklarOlti oyda O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,4%ga o‘sdi

Olti oyda O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,4%ga o‘sdi

Yil boshidan $3,5 mlrdlik 3 mingta loyiha ishga tushirilib, 76 mingta yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratildi.

17-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda 2024-yilning birinchi olti oyida mamlakat yalpi ichki mahsuloti 6,4%ga ko‘paygani qayd etildi.

Shuningdek, tahlillarga ko‘ra, sanoat 7,8%ga, qurilish — 10,1%ga, xizmatlar — 12,9%ga, qishloq xo‘jaligi — 3,8%ga o‘sgan. Budjet daromadlari 113 trn so‘mga yetib, 14%ga o‘sdi.

Yil boshidan buyon mamlakatda yaratilgan qo‘shilgan qiymat 567,4 trln so‘mga yetdi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 94 trln so‘mga ko‘pdir.

Birinchi yarim yillikda jami kapital quyilmalar 229 trln so‘mni tashkil qilgan. Shundan $15,5 mlrdi xorijiy investitsiya hisoblanadi. Yil boshidan $3,5 mlrdlik 3 mingta loyiha ishga tushirilib, 76 mingta yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratildi.

Tadbirkorlik uchun 82 trln so‘m kredit va 15,5 trln so‘m subsidiya berilib, 600 ming aholi biznesga jalb qilindi. Taqdim etilgan yengillik va imtiyozlar hisobiga tadbirkorlar ixtiyorida 56,3 trln so‘m mablag‘ qoldi. Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari boshlangani, iqtisodiy kompleks mahallaga tushirilgani hisobiga 4 mingdan ortiq mahalla sanoat va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashdi, 1,6 mln aholi rasmiy band bo‘ldi.

Bundan tashqari, hozirgacha ishga tushirilgan 2,4 gigavattli 10ta quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobiga birinchi yarim yillikda 1,6 mlrd kilovatt “yashil” energiya olindi. Bu yarim milliard kub metr gazni tejash imkonini berdi.

Shu yilning o‘zida mahallalarni obod qilish, bog‘cha, maktab, tibbiyot, yo‘l, suv, elektr kabi infratuzilmani yaxshilash uchun budjetdan 31,5 trln so‘m ajratildi. Bunga yana 1,5 trln so‘m ajratilishi belgilandi.

Yil boshidan 18 600ta yangi xonadon qurilib, foydalanishga topshirildi. O‘tgan olti oyda 26 mingta oilaga 7 trln so‘mga yaqin ipoteka krediti ajratildi. Ular bo‘yicha boshlang‘ich to‘lov va foizni qoplash uchun 545 mlrd so‘m subsidiya berildi. “Yutuqlarimiz haqida ko‘p gapirish mumkin. Dunyodagi og‘ir sharoitga qaramasdan barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘lida aniq natijalarga erishayapmiz. Buni Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, hamkor davlatlar rahbarlari, reyting tashkilotlari, yirik investorlar ham e’tirof etayapti” — dedi davlat rahbari.

Shu bilan birga, faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 28ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo choralarini ko‘rish, Qorao‘zak, Taxiatosh, Uchquduq, Toshkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, G‘ozg‘on shahri hokimlarini ishdan olish bo‘yicha Bosh vazir Abdulla Aripovning taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...