Foydali manbalarBiznes haqidaMcDonald’s tarixi: kichik tamaddixona qanday qilib minglab restoranlarga ega tarmoqqa aylandi?

McDonald’s tarixi: kichik tamaddixona qanday qilib minglab restoranlarga ega tarmoqqa aylandi?

McDonald’s’ning muvaffaqiyat tarixi 1940-yil ikki aka-uka Richard va Morris Makdonaldlar Kaliforniyada kichik tamaddixona ochgan paytdan boshlanadi. Bugungi kunda tarmoq 36 mingdan ortiq restoranlarga ega.

“McDonald’s” fast-fud restoranlari tarmog‘i dunyo bo‘ylab 36 mingdan ortiq restoranlarga ega. Brend haqida kitob yozilib, film ham suratga olingan.

Qanday qilib oddiy tamaddixona (yemakxona) dunyoga mashhur brendga aylandi — kompaniyaning ko‘tarilishlari va tushishlari haqida qiziqarli ma’lumotlarni quyida o‘qish mumkin.


Kichik yemakxonadan mashhur McDonald’sgacha

“McDonald’s” tarixi 1937-yil ikki aka-uka Richard (Dik) va Morris (Mak) MakDonaldlar otalari bilan birga Kaliforniya (AQSh) aeroporti yaqinida arzon tamaddixona ochishgan vaqtdan boshlangan. Avvaliga menyuda faqat hot-doglar bo‘lgan, keyin ro‘yxat gamburgerlar va apelsin sharbati bilan kengaytirilgan.

Muassasa oddiy menyu va arzon narxlar tufayli tezda mashhur bo‘ladi. Va uch yil o‘tgach, aka-uka MakDonaldslar o‘zlarining tez ovqatlanish restoranini ochishadi.

biznes tarixi, kompaniyalar tarixi, mcdonald's

“McDonald’s»ning birinchi restorani, 1940 yil, Kaliforniya (AQSh)

“McDonald’s” tarixda oziq-ovqat tayyorlash va xizmat ko‘rsatish uchun konveyer usuli qo‘llanilgan birinchi oziq-ovqat korxonasi edi. Ushbu tizim tufayli mijozlarga juda tez va ayni paytda samarali xizmat ko‘rsatilardi.

Muassasaning yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, mijozlarga oshxona jihozlari hamma narsa qulay tarzda qadoqlanganligi sababli kerak emas edi.

Menyu aka-uka standart bo‘lishi va faqat talab qilinadigan taomlarni o‘z ichiga olishi kerak degan xulosaga kelguniga qadar bir necha marta o‘zgartirildi. Shunday qilib, menyuda faqat mashhur gamburgerlar, kartoshka-fri, alkogolsiz ichimliklar va chizburgerlar qoldi.

Oddiy standart menyu, hamyonbop narxlar va yuqori sifatli xizmati tufayli “McDonald’s” katta shuhrat qozondi — mijozlarning oxiri ko‘rinmas, restoran katta daromad keltira boshlagandi.

biznes tarixi, kompaniyalar tarixi, mcdonald's

Aka-uka Richard (Dik) va Moris (Mak) MakDonaldlar

1952 yilda birodarlar biznes jarayonlarini o‘zgartirish va samaradorligini oshirish kerak deb qaror qilishdi. Marketing yangiliklari tufayli “McDonald’s»da endi mijozlar stollari bir-biriga yaqin joylashtirilgan, stullar esa qattiq va unchalik qulay emas edi.

Bunday marketing hiylasi mijozlar uzoq vaqt davomida muassasada qola olmasliklari uchun ixtiro qilingan bo‘lib, bu kuniga katta miqdordagi tashrif buyuruvchilar oqimiga xizmat ko‘rsatish imkonini berdi.

Rey Krokning kelishi

“McDonald’s” brendi aka-ukalar tufayli emas, balki tadbirkor Rey Krok tufayli dunyo miqyosida shuhrat qozonganini kam odam biladi. Bu inson ko‘p yillar davomida o‘z biznesini ochish istagida edi, ammo uning har bir tashabbusi oxir-oqibat kerakli foyda keltirishni to‘xtatardi.

Bir kuni u “McDonald’s” yaqinida ulkan navbatni ko‘rib, bu pul topish mumkin bo‘lgan joy ekanligini tushundi va Dik va Makka franchayzing tizimi orqali o‘z bizneslarini kengaytirishni taklif qiladi. Shuning uchun Krokni franchayzing biznes modelining asoschisi deb aytish mumkin.

biznes tarixi, kompaniyalar tarixi, mcdonald's

Rey Krok

1950-yillarda franchayzing to‘lovi $950 ni, royalti esa 1,9% ni tashkil etib, shundan 1,5%ini Rey Krok olardi. Franchayzi bilan shartnoma 20 yil muddatga tuzilgan.

Franchayzing sotib olmoqchi bo‘lgan odamlar ko‘p bo‘lib, kompaniyaning rivojlanishda davom etdi. 1955 yilda aka-uka Makdonaldlar o‘z hayotlarini oilalariga bag‘ishlashga qaror qilishadi va bizneslarini Rey Krokga o‘sha vaqt uchun katta pul — $2,5 mlndan ko‘proqqa sotishadi. Kredit olib, zukko tadbirkor “McDonald’s” brendining egasiga aylanadi.

“McDonald’s»ning bugungi kuni

Bugungi kunda McDonald’s butun dunyo bo‘ylab 36 mingdan ortiq restoranlarga ega yirik xalqaro korporatsiya bo‘lib, har kuni tarmoq restoranlariga 70 mlndan ortiq kishi tashrif buyuradi.

Barcha restoranlarning 15%i korporativ, 85%i esa franchayzing sheriklariga tegishli — kompaniya o‘zining asosiy daromadini franchayzilardan oladi. Qizig‘i shundaki, McDonald’s o‘z menyusini ham franchayzilar tufayli doimiy ravishda muvaffaqiyatli yangilab turadi. Misol uchun, franchayzilardan biri Macflurry shirinligini, boshqasi esa BigMac’ni o‘ylab topgan.

Tarmoqning muvaffaqiyati sifatli oziq-ovqat, samarali xizmat va mijozlar e’tiboriga asoslangan. Bugungi kunda “McDonald’s” fast-fud ramziga aylanib, o‘z mijozlarini mazali va arzon taomlar bilan xursand qilishda davom etmoqda.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...