Bosh sahifa Blog Sahifa 242

Ona tili millatning birligi

0

Ona tili – millatning ruhi, uning or-nomusi, ma’naviy qiyofasi, orzu-umidlarning namunasidir. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir. U millatni yagona xalq sifatida o‘z atrofida birlashtiradi.

Har bir millatning o‘z Vatani, oilasi bo‘lgani kabi uning jonajon va betakror ona tili ham bo‘ladi. Inson uchun uning vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli bo‘lsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddasdir.

Hattoki, go‘dak ham o‘z vatanini, ota-onasini, dunyoni o‘z ona tili orqali anglaydi va atay boshlaydi. Farzand tarbiyasida onaning o‘rni beqiyos bo’lganidek, insonning hayotda o‘z o‘rnini topishida, kamolotga erishuvida tilning o‘rni ulkan ahamiyatga ega. Shu bois tilni, onaga qiyoslab ona tili deb ataydilar.

Til inson vujudida qon-qoniga singib oqadi. Jamiki ezgu fazilatlar, avvalo, ona allasi va ona tilining bebaho jozibasi orqali singadi. Inson qalbida ona tiliga nisbatan sof tuyg‘u, mehr-muhabbat alanga oladi.

Akmal Payziyev: «Mahalliy kompaniya bo’la turib, xalqaro raqobatchilarimizga yutqazganmiz»

0

Qimmatga tushgan xatolar ko’rsatuvining navbatdagi soni mehmoni: Akmal Payziyev – MyTaxi va Exspress24 asoschisi.

 

Sizga chiroyli ko’ringan narsa aslida qopqon bo’lishi mumkin! Husan Mamasaidovdan yoshlar uchun maslahatlar

0

«Qimmatga tushgan xatolar» ko’rsatuvining ikkinchi soni ustozimiz Husan Mamasaidov bilan bo’lib o’tdi.

Ko’rsatuv davomida hayotda, biznesda qimmatga tushgan xatolari va ularni qanday hal qilib, bu xatolardan qanday dars olganligi haqida bilib olishingiz mumkin.

 

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan yosh tadbirkor Aleksandr Konotopskiy

0

Talabalik yillaridayoq xavfsizlik tizimlarini sotadigan muvaffaqiyatli biznesni yo‘lga qo‘ygan Aleksandr hozirda “Ajax Systems” kompaniyasi asoschisi hamda egasi hisoblanadi.

O‘z vaqtida Konotopskiy ushbu yo‘nalishda o‘rtacha narxdagi mahsulotni topishga harakat qilgan. Ammo buning uddasidan chiqa olmagan. Xitoy mahsulotlari juda arzon, Yevropa mahsulotlari juda qimmat bo‘lgan. “Ajax Systems” startapi aynan shu to‘siq qarshisida paydo bo‘lgan.

Asosiy faoliyati signalizatsiya vositalarini yaratish va ishlab chiqishni tashkil etuvchi kompaniya bugungi kunda ishonchli tarzda yetakchi o’rinni egallab kelmoqda.

Birgina 2015-yilda kompaniyaning yillik sof daromadi 1 million dollarga yetgan. Ayni paytda Aleksandr mavjud mablag‘ni innovatsion aqlli uy tizimini rivojlantirishga yo‘naltirgan.