“Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan Nukus shahrida ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka qiziqtirish va jalb qilish maqsadida joriy yilning 10-13 mart kunlari o‘quv kurslari tashkil qilindi. O‘quv kurslari yoshlarga tadbirkorlik subyektini tashkil etish, biznes g‘oyalarni tanlash va ishlab chiqish, soliq turlari hamda kredit siyosati mavzularida tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etildi.
O‘quv kurslari yakunida tinglovchi yoshlar o‘zining tanlagan biznes loyihalarining taqdimotini tegishli tijorat banki va “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali xodimlari tomonidan ko‘rib chiqildi.
13-mart kuni yoshlarning saralab olingan 34 ta biznes loyiha tashabuskorlariga maxsus sertifikatlar topshirildi. Maxsus sertifikat topshirish marosimida Yoshlar ishlari agentigi direktori A.Sa’dullayev, Yoshlar ishlari agentigi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i A.Daniyarov va “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbari B.Baxbergenovlar ishtirok etib yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashida katta zafarlar tiladi.
Yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni biznes bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish uchun shart-sharoitlar, ish o‘rinlari yaratish va yigit-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida 2018-yil 27-iyun kuni davlatimiz rahbarining “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi va uning doirasida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi, shuningdek, uning hududiy filiallari tashkil etildi.
Uch yillik faoliyati davomida jamg‘arma tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, bugungi kunga qadar yosh tadbirkorlarning 8 ming 635 ta biznes loyihasiga jami 1 trillion 830 milliard soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlari ajratish orqali 42 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratildi. Ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi sohalariga oid loyihalar moliyalashtirildi. Kredit olib faoliyatini yoʻlga qoʻygan yosh tadbirkorlar tomonidan 4,6 million dollar miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi.
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan startap loyihalarga ham katta e’tibor qaratilib, grantlar ajratildi. Bu borada Andijon viloyatida yoshlarning startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun 2 milliard soʻm grant mablagʻi sarflandi. Bundan tashqari, “Startap tashabbuslar” dasturini amalga oshirish uchun 1 milliard soʻm miqdorida grant mablagʻi yoʻnaltirildi.
BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda koronavirus pandemiyasining oqibatlarini barqarorlashtirishga qaratilgan innovatsion vositalar va yechimlar onlayn tanlovi – “Covid-19 Challenge 2020” o‘tkazildi. Unda g‘olib bo‘lgan startap loyihalarga jami 475 million so‘m beg‘araz, maqsadli grant mablag‘lari ajratildi.
Joylarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlarning bilimlarini oshirish maqsadida malakali mutaxassislar tomonidan 3180 tabiznes seminarlar o‘tkazildi. Tashkil qilingan seminarlar o‘z ichiga 182,6 ming nafar yoshlarni qamrab oldi.
Davlat dasturi doirasida barcha tuman (shahar)larda imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlar o‘z mahsulotlarining savdo yarmarkalarini tashkil qildi. Ularda 36,5 ming nafarga yaqin tadbirkorlik faoliyatiga qiziqqan yoshlar jalb qilindi. O‘z oldiga tadbirkorlik faoliyatini boshlashni maqsad qilgan 43 ming nafar yoshlarni hududlardagi yirik ishlab chiqarish korxonalariga bosqichma-bosqich 1402 martabiznes sayohatlarni amalga oshirdi.
Yoshlarga tadbirkorlik va biznes yuritish ko‘nikmalarini masofadan o‘rgatish maqsadida “bizneskurs.uz” onlayn platformasi tashkil etildi va bu orqali yoshlar yurtimizdagi xalqaro biznes trenerlarning tadbirkorlik kurslarini bepul ravishta o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston – Koreya xalqaro universiteti va Buxoro davlat universitetida esa tajriba-sinov tariqasida “Biznes akselerator” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, bilimli, salohiyatli va oʻzining noyob gʻoyalariga ega boʻlgan, biroq hayotda oʻz oʻrnini topa olmayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, kambagʻallikni qisqartirish maqsadida “My Business” realiti-shousi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Siz maktabni tamomladingiz,biroq oliy ta’lim mussasasiga kira olmadingiz,yoki muntazam ish izlaysiz-u ammo natija siz kutgandek emas. Yoxud tadbirkorlik qilmochisiz-u kredit olishda muammo bo‘lyaptimi? Mana shu kabi qator savollar qarshingizda orzularingizga qarshi chiqayotgan bir vaqtda xafsalingizni pir qilishga sira shoshilmang.“Yoshlar-kelajagimiz” Jamg‘armasi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga maqbul shartlar asosida kreditlar berishdan tashqari ularga moliya-bank, soliq, marketing va buxgalteriya kabi qator yo‘nalishlarda kerakli tushuncha va maslahatlar berish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Xususan, “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturidan tashqari boshqa oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan 2 344 nafar yoshlarning 111,6 mlrd. so‘m miqdoridagi loyihalarini amaliyotga tatbiq etishda ko‘maklashish orqali, 1 966 nafar yoshlarning 79,5 mlrd. so‘m miqdoridagi loyihalari moliyalashtirilishiga erishildi. Shuningdek, Jamg‘arma tomonidan kredit olib tadbirkorlik qilish istagini bildirgan, biroq mazkur kredit mablag‘i uchun yetarli garov ta’minotiga ega bo‘lmasdan, Jamg‘armaga kafillik berishni so‘rab murojaat qilgan 58 nafar yoshlarning 28,8 mlrd. so‘mlik loyihalariga 8,1 mlrd. so‘m miqdorida kafilliklar berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PF-6017 son Farmoniga muvofiq Jamg‘arma tomonidan kafillik berish tartibi bekor qilingan. Boshqa oilaviy tadbirkorlik dasturlaridan kredit olishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish davom etmoqda.
2020 yilda yosh tadbirkorlar loyihalarini amalga oshirish orqali: 1-tashabbus doirasida, yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, shuningdek, zamonaviy bilim-ko‘nikmalariga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘quv kurslari, nodavlat ta’lim muassasalari, yoshlar innovasion markazi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq 14,8 mlrd.so‘mlik 50 ta loyiha. 2-tashabbus doirasida esa, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida fitnes klub, kichik futbol maydonlari, sog‘lomlashtirish maskanlari, trenajor zallari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq 18,3 mlrd.so‘mlik 81 ta loyiha. 3-tashabbus doirasida, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan internet klublar, kompyuter xizmatlari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq 8,9 mlrd.so‘mlik 78 ta loyiha. 4-tashabbus doirasida, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan zamonaviy Book cafe, nashriyot, kutubxona, kitob olami loyihalari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq 900 mln.so‘mlik 7 ta loyiha. 5-tashabbus doirasida, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, imtiyozli kredit ajratish orqali ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yosh ayol tadbirkorlarning 78,7 mlrd.so‘mlik 437 ta loyihasi amalga oshirildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish sohasida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi 530 ming nafar yoshlarni qamrab olishga qaratilgan quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi.
Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalariga grant mablag‘lari ajratish orqali 700 nafar yoshlar qamrab olinadi.
Xalqaro miqyosdagi yuqori nufuzga ega notiqlar jalb qilingan holda motivatsion tadbirlar o‘tkazilib, u orqali 20 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
300 nafar yosh tadbirkorlarning xalqaro forum va yarmarkalardagi ishtiroki bevosita ta’minlanadi.
Oliy ta’lim muassasalari bazasida talabalarga biznes akseleratorlar tashkil etish orqali 95 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
80 ming nafar yoshlar uchun joylarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga yoshlarning biznes sayohatlarini tashkil etish yo‘lga qo‘yiladi.
60 ming nafar Yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sug‘urta, mehnat va boshqa sohalarda konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi.
Yosh tadbirkorlar mahsulotlarining ko‘rgazmali savdo yarmarkalarini tashkil etish orqali 75 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
Biznesni o‘rgatishga qaratilgan masofaviy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish, qo‘llanmalar yaratish va onlayn o‘quvlar tashkil etish orqali 75 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan yiliga 5 ta hududda ko‘p tarmoqli “Yosh tadbirkorlar” texnologik parklarini tashkil etish orqali 2 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
Yurtimizda xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumlarini tashkil etish orqali 25 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
Yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarnining “elektron bozori” – portalini yaratish orqali 11 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
20 ming nafar yoshlarni talabgorlik yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga onlayn platforma orqali o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Tadbirkorlik uyushmalari, vazirliklar hamda tijorat banklari bilan hamkorlikda 5 ming nafar yosh tadbirkorlar loyihalarini moliyalashtirish choralari ko‘riladi.
Xalqaro moliyaviy muassasalardan mablag‘lar jalb qilish orqali loyihalarni amaliyotga tatbiq etish natijasida 7 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
Jamg‘arma tomonidan yoshlarning biznes loyihalarini tadbirkolrlik dasturlari orqali moliyalashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish natijasida 2 ming nafar yoshlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.
“Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari faoliyatini uslubiy jihatdan tashkil etish orqali 4 ming ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
Hayotda o‘z o‘rnini topa olmayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “My Business” realiti shousini tashkil etish orqali 3 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
Yosh tadbirkorlar tomonidan shogird tayyorlash amaliyotini joriy etish orqali 11 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
“Yoshlar biznes markazi” faoliyatini tashkil qilish orqali 4 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash sohasida rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish va tadbiq etish orqali 15 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
Davlatimiz raxbari tomonidan yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish sohasida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi 530 ming nafar yoshlarni qamrab olishga qaratilgan quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi.
Yoshlarning innovasion, amaliy va istiqbolli startap loyihalariga grant mablag‘lari ajratish orqali 700 nafar yoshlar qamrab olinadi.
Xalqaro miqyosdagi yuqori nufuzga ega notiqlar jalb qilingan holda motivasion tadbirlar o‘tkazilib u orqali 20 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.