Bosh sahifa Blog Sahifa 182

Prezident: Aholimiz konstitutsiyaviy islohotlarga befarq bo‘lmasdan, o‘z takliflari bilan faol qatnashayotgani barchamizni quvontiradi

0

Davlatimiz rahbarining Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

So‘nggi yillarda fuqarolarimiz tomonidan amaldagi Konstitutsiyani yanada takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab taklif va mulohazalar bildirilayotgani qayd etildi.

Xususan, o‘tgan yili Prezident saylovoldi uchrashuvlarida saylovchilar tomonidan Asosiy qonunimizni bugungi hayot talablariga mos holda yangilash masalasi ko‘tarilgan edi.

– Saylovchilarimizning shu boradagi xohish va istaklarini amalga oshirish uchun Oliy Majlis palatalari tomonidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, faoliyat boshladi. Qisqa davrda Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Barcha fuqarolarimiz kabi men ham bu muhim jarayonlarni diqqat bilan  kuzatib boryapman. Aholimiz, jamoatchiligimiz vakillarining konstitutsiyaviy islohotlarga befarq bo‘lmasdan, o‘z taklif va mulohazalari bilan faol qatnashayotgani barchamizni quvontiradi, – dedi Prezident.

bugungi kun holatiga ko‘ra, Komissiyaga fuqarolarimizdan 48 ming 492 ta taklif kelib tushgani ham konstitutsiyaviy islohotlar ob’ektiv hayotiy zarurat sifatida kun tartibiga chiqayotganini yaqqol namoyon etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan tayyorlangan takliflar chuqur muhokamadan o‘tkazilgan va hozirda Qonunchilik palatasiga kiritish bosqichida. Endi qonun, reglament asosida muhokamalardan o‘tkaziladi.

– Men amaldagi Asosiy qonunimizni qabul qilishda ishtirok etgan komissiya a’zosi sifatida oldin ham aytganman: O‘zbekiston Konstitutsiyasi mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuqlarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib kelmoqda. Buni hammamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz. Shu bilan birga, bugun shiddatli taraqqiyotning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan muhim bir talabni chuqur tushunib olishimiz zarur, – dedi davlatimiz rahbari. – Hozirgi tahlikali zamon, yon-atrofimizdagi murakkab vaziyat ona Vatanimiz taqdiriga yanada ulkan mas’uliyat bilan yondashib, kechiktirib bo‘lmaydigan strategik qarorlar qabul qilishni taqozo etmoqda.

Inson qadrini yuksaltirish haqiqatda davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasi bo‘lmog‘i shart

0

Davlatimiz rahbarining Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, insoniyat ilmiy-texnologik davrga qadam qo‘ydi. Jahonda keskin transformatsiya jarayonlari va raqobat kuchaymoqda. Ertangi kunini o‘ylagan xalqlar va davlatlar o‘z kelajagi haqida bugun har qachongidan ham jiddiy bosh qotirmoqda.

– Bu o‘rinda tabiiy savollar tug‘iladi. Mana shunday hal qiluvchi pallada va kelajakda davlatimizda, jamiyatimizda insonning o‘rni va qadri qanday? Qanday siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy-gumanitar tamoyillar, qadriyat va manfaatlar biz uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi? Eng muhimi, konstitutsiyaviy islohotlar oddiy aholiga, xalqimiz farovonligini ta’minlash, jamiyatimiz va davlatimiz taraqqiyotiga nima beradi? Bu savollarning barchasiga javobni puxta ishlangan huquqiy normalar orqali, Konstitutsiyamizda aks ettirish – davr taqozosidir, – dedi Prezident.

Ma’lumki, Asosiy qonunimizning 12-moddasida hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi qayd etilgan. Bu – o‘ta muhim va juda to‘g‘ri belgilangan konstitutsiyaviy qoidadir. Chunki har qanday siyosiy partiyaning mafkurasi, u qanchalik obro‘li va ta’sirli partiya bo‘lmasin, faqat muayyan ijtimoiy guruh manfaatlarini ifoda etadi. Chinakam xalq mafkurasini, millatning eng muqaddas orzu-intilishlarini faqat uning Bosh hujjati – Konstitutsiyasida to‘liq ifoda etish mumkin.

– Yangilangan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, umuman, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishi lozim. Bir so‘z bilan aytganda, “Inson qadri uchun” g‘oyasini hamda hozirgi islohotlarimizning bosh tamoyili bo‘lgan “Inson – jamiyat – davlat” degan yondashuvni Konstitutsiyamizning mazmuniga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda bosh qadriyatga aylantirishimiz zarur, – dedi davlatimiz rahbari. – Ya’ni, insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak. Biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekiston uchun “Inson qadri va xalq manfaati, hamma narsadan ustundir!” Shu bois, inson qadrini yuksaltirish haqiqatda davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasi bo‘lmog‘i shart.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida

0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF–60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:

1. Shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra:

a) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:

davlat oliy ta’lim muassasalarida ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi;

o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasarrufida ushbu ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning taklifi asosida Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;

davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi hamda qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi;

b) davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi. Bunda:

avgust oyidagi qabul – navbatdagi o‘quv yili uchun tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi hamda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining kuzatuv kengashlari tomonidan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq;

yanvar oyidagi qabul – dastlabki qabul natijalariga ko‘ra to‘lmagan o‘rinlar hamda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi;

v) davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadi;

g) tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan summadan kam bo‘lmagan miqdorda oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilanadi;

d) qonunchilik hujjatlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;

ye) davlat oliy ta’lim muassasalariga bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik
va idoralar bilan kelishilgan holda chet el fuqarosini to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini tegishli ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash huquqi beriladi. Bunda, chet el fuqarosi oliy ta’lim muassasasi tomonidan o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra o‘qishga qabul qilinadi;

j) 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab:

davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi;

davlat oliy ta’lim muassasalariga (moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik (idora) tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi hamda har yili 20 iyunga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;

oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos keluvchi imtihon fanlari majmuasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda imtihon sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin e’lon qilinadi.

2. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda – respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari) davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 1 000 ta o‘rin ajratib borilsin.

Belgilab qo‘yilsinki:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi davlat granti asosida respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmachisi hisoblanadi;

har yili 1 iyulga qadar mazkur davlat grantining oliy ta’lim tashkilotlari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti Davlat komissiyasi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining takliflari asosida tasdiqlanadi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;

respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlari yakunlangach bir oy muddatda ballar ketma-ketligiga rioya qilgan holda, eng yuqori ball to‘plagan va davlat grantini olish istagini bildirgan talaba, tegishli oliy ta’lim tashkiloti hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Bunda, talabaning ishlab berish majburiyati davomiyligi ta’lim yo‘nalishi xususiyatini hisobga olgan holda davlat buyurtmachisi tomonidan belgilanadi.

3. Xotin-qizlarning oliy ta’lim bilan qamrovini oshirish orqali davlat va jamiyatdagi faolligini kuchaytirish, gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish maqsadida shunday tizim joriy etilsinki, unga ko‘ra:

a) Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining tavsiyanomasini olgan, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qo‘shimcha 2 000 ta davlat granti ajratiladi. Bunda:

tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlarining kamida 50 foizi aniq va tabiiy fanlar, texnika va tibbiyot yo‘nalishlari orasida taqsimlanadi;

har yili 20 iyulga qadar tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat granti o‘rinlarining oliy ta’lim muassasalari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti Davlat komissiyasi tomonidan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining takliflari asosida tasdiqlanadi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;

b) davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan quyidagilar qoplanadi:

2021/2022 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga talabalikka qabul qilinib, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2022/2023 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori;

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan qabul parametrlari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt miqdori.

Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining tavsiyanomasi asosida xotin-qizlarni bakalavriatga qabul qilish hamda davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning
to‘lov-kontrakt summasini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartiblarini tasdiqlasin.

4. Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi (matn bo‘yicha – Davlat komissiyasi) tashkil etilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Davlat komissiyasiga quyidagi vakolatlar berilsin:

zarurat bo‘lganda, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibi va o‘quv-metodik ta’minotidan kelib chiqib, yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini kiritish hamda tashkil etiladigan yangi davlat oliy ta’lim muassasalari qabul parametrlarini belgilash uchun davlat buyurtmasi parametrlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tegishli tarmoqlar va hududlar bo‘yicha maqsadli qabul parametrlarini belgilash, shuningdek, davlat buyurtmasi parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimotini tasdiqlash;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida oliy ta’lim muassasalarining (moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt minimal miqdorining yagona ko‘rsatkichlarini belgilash.

5. Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashga oid davlat buyurtmasini shakllantirish bo‘yicha quyidagi tartib joriy etilsin:

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi doimiy asosda respublika hududlari doirasida davlat organlari, iqtisodiyotning real tarmoqlari va sohalarida ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va aniq kasblar bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan talabni o‘rganadi hamda keyingi to‘rt yilga mo‘ljallangan prognozni shakllantirib boradi;

har yili 1 aprelga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har bir davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlari loyihasini shakllantiradi hamda ko‘rib chiqish uchun Davlat komissiyasiga taqdim etadi;

har yili 1 mayga qadar Davlat komissiyasi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish bo‘yicha davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantiradi hamda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi.

6. Davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali har yili 20 iyundan 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10 iyulga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Bunda, abituriyentlarga:

test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash huquqi beriladi;

ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

7. Talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha quyidagi tartib joriy etilsin:

a) xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishda:

talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi;

test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15 iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;

o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;

test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markazi hamda tegishli oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi;

b) xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi;

v) davlat oliy ta’lim muassasasining biridan boshqasiga talabalar o‘qishini ko‘chirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;

davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida;

g) talabalar o‘qishini respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan:

davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tartibda;

davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi;

d) sport musobaqalari g‘olibi sifatida imtiyoz bilan oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan hamda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini ularning arizalariga muvofiq, sirtqi ta’lim shaklidagi mos va turdosh ta’lim yo‘nalishiga (sirtqi ta’lim shakli mavjud bo‘lgan taqdirda) davlat granti asosida ko‘chirishga ruxsat beriladi.

8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini xavfsizlik talablariga to‘liq amal qilgan holda yuqori saviyada tashkil etishga shaxsan mas’ul etib belgilansin.

9. Belgilansinki:

davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi parametrlari doirasida grant asosida bakalavriat va magistraturaga o‘qishga qabul qilingan shaxslarni o‘qitish xarajatlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;

respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash uchun ajratiladigan davlat granti Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyurtmasiga ko‘ra 2022 yilda Moliya vazirligi tomonidan qo‘shimcha ravishda moliyalashtiriladi, 2023 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlari 3-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul
va shaxsiy javobgar etib oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X.Toshkulov hamda Davlat test markazi direktori M.M.Karimov belgilansin.

Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi

         Prezidenti                                                                                                 Sh.MIRZIYOEV

 

Toshkent shahri,

2022-yil 15-iyun

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Joomart Jo‘ldoshev

0

? “Joldoshev & Partners” yuridik firmasi prezidenti, harakatchan va tavakkal qilishdan qo‘rqmaydigan qirg‘izistonlik Joomart faoliyatini ko‘pgina muvaffaqiyatli odamlar singari noldan boshlagan.

?‍? Universitetda o‘qish uchun poytaxtga kelgan. Talabalik yillarida o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rgan, qo‘lidan kelgan barcha ishlarni qilgan. Universitetni tugatgandan so‘ng Amerikaga ketgan va hammasi o‘sha yerda boshlangan. Tinmay mehnat qilgan tadbirkor keyinchalik muvaffaqiyatli shaxsga aylangan.

☝️ Ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazgan tadbirkorning oddiygina “Hech qachon taslim bo‘lmang” shioriga doimo amal qiladi.

Kanalga ulaning: t.me/ykfoundation

“Yosh tadbirkorlar” va “Yosh hunarmandlar” respublika forumini | Final

0

“Yoshlar oyligi” doirasida Fargʻona viloyatida tashkil etilgan “Yosh tadbirkorlar” va “Yosh hunarmandlar” respublika forumi yakunlandi.

\

Mashhur biznesmenlarning gʻayrioddiy odatlari

0

Albert Eynshteyn trubkasiga tamaki yigʻish uchun koʻchada sigaret qoldiqlarini yigʻgan.

Albert Einstein at 50 | www.caltech.edu

Benjamin Franklin “havo hammomlari” deb nomlangan narsalarni yaxshi koʻrardi — bu jarayon davomida u shunchaki deraza oldida yalangʻoch oʻtirardi. Koʻpgina muvaffaqiyatli hikoyalar aql va gʻayrioddiy xatti-harakatlar oʻrtasida qiziqarli aloqaga ega. Ushbu elementlar haqiqatan ham oʻzaro bogʻliqmi? Ekssentrik tadbirkorlarning gʻayrioddiy sevimli mashgʻulotlari va ehtiroslari haqida hikoya.

Mark Sukerberg

“Tadbirkorlik nafaqat kompaniyalarni, balki oʻzgarishlarni yaratishni anglatadi.”

Mark Zuckerberg warns about Facebook 'becoming arbiters of truth' - The  Verge

Mark Sukerberg doʻstlari bilan kollej yotoqxonasida Facebookʼni ochganida 20 yoshda edi. Hozirda u dunyodagi eng boy kishilardan biri va 71 milliard dollarlik kapitalga egalik qilmoqda.

Sukerberg ekssentrik xulq-atvori, gʻayrioddiy sevimli mashgʻulotlari va har kuni kiyadigan kulrang futbolka va jinsi shimlar bilan tanilgan. Uning soʻzlariga koʻra, bu unga mayda-chuyda narsalar bilan chalgʻimaslikka va kompaniyaning rivojlanishiga eʼtibor qaratishga yordam beradi.

Bir necha yil oldin Sukerberg oʻzining Facebookʼdagi sahifasida kelasi yil uchun faqat oʻzi soʻygan hayvon goʻshtini isteʼmol qilishini eʼlon qildi.

“Men har doim oziq-ovqatlarimiz qayerdan kelishini tushunishimiz kerakligiga ishonganman”, deb xulosa qildi milliarder.

Sukerberg taʼkidlashicha, u koʻp vaqtini Facebookʼda ishlashga sarflaydi va shu sababli har yili yangi narsalarni sinab koʻrishga intiladi. Masalan, xitoy tilini oʻrganishni.

Qiziqarli fakt: Facebook logotipi koʻk rangga ega, chunki Sukerberg qizil-yashil ranglarni koʻrlikka moyilligi bor deb hisoblaydi.

Elon Mask

“Men Marsda oʻlishni xohlardim. Ammo baxtsiz hodisa paytida emas.”

SpaceX fires at least five for letter criticizing Elon Musk - CNN

Elon Mask investor va muhandis, shuningdek “SpaceX” kompaniyasining bosh direktori va “Tesla Motors” asoschilaridan biri. U tez-tez ekssentrik narsalarni qiladigan eng mehnatkash tadbirkorlardan biri sifatida tanilgan.

Milliarder Jeyms Bond haqidagi hikoyalarga shunchalik berilib ketganki, u “Meni sevgan josus” filmidan Lotus Esprit avtomobilini 997 ming dollarga sotib olgan. Syujetga koʻra, mashina suv osti kemasiga aylantiriladi, ammo Mask olgan versiyada bunday qobiliyat yoʻq edi. “Men uni “Tesla”ning elektr quvvat agregati bilan yangilab, avtomobilni haqiqatdan oʻzgartirishga majbur qilaman”, dedi u.

Qiziqarli fakt: Temir odamni oʻynashdan oldin kichik Robert Dauni Toni Stark oʻzini qanday tutishi kerakligi haqidagi fikrlarini eshitish uchun Mask bilan uchrashuv tashkil qildi.

Richard Brenson

“Koʻngil ochish — bu muvaffaqiyatli korxonaning eng muhim va kam baholangan tarkibiy qismlaridan biridir. Agar siz koʻngilxushlik qilmasangiz, unda, ehtimol, oxirigacha va boshqasini sinab koʻrishga arziydi.”

Richard Branson Safely Completes Historic Virgin Galactic Space Ride –  Deadline

400 dan ortiq kompaniyalardan iborat “Virgin Group” asoschisi Richard Charlz Niikolas Brenson oʻzining turmush tarzi bilan mashhur. Bir kuni u dunyo rekordini yangilash uchun Atlantika okeanidan havo balonida oʻtayotganda deyarli vafot etdi. Bu haqida tadbirkor oʻzining “Pastga qaramang” nomli hujjatli filmida aytib oʻtdi.

Brenson shuningdek, kaytsyorfingni yaxshi koʻradi.

Oʻzining “Virgin yoʻli: yetakchilik toʻgʻrisida hamma bilganlarim” kitobida marketing harakatlari va jahon rekordlarini yangilashga intilishi uning biznes uslubining asosini tashkil etadi deb yozadi.

Qiziqarli fakt: Brenson Virjiniya orollarida orolga egalik qiladi.

Yosiro Nakamatsu

“Men Stiv Jobs va Leonardo Da Vinchi fazilatlarini birlashtiraman.”

Yoshiro NakaMats: The greatest inventor in the world | CGTN America

Yaponiyalik sarmoyador Yosiro Nakamatsu patentdagi tarixga qaraganda koʻproq patentga ega. U oʻzining floppi-diski, hojatxonadagi oʻrindiq filtrini va hattoki oʻzini himoya qilish uchun parikni ixtiro qildi, bu uning 3557 ixtirosidan bir nechtasini nomlash uchun.

Nakamatsu soʻzlariga koʻra, u shoʻngʻish paytida eng yaxshi gʻoyalarini taklif qiladi va ularni maxsus suv oʻtkazmaydigan moslama yordamida yozib oladi. “Doktor NakaMas ixtirolari haqidagi afsona” kitobida tadbirkor kislorod yetishmasligi unga gʻoya beradi deb yozgan.

Qiziqarli fakt: har kecha Nakamatsu oʻzining 24 karatli oltindan yasalgan “Sokin xonasi” da dam olishni afzal koʻradi. U har doim “Oltin tasavvurga zararli boʻlgan radio toʻlqinlari va televizion signallarni toʻsib qoʻyadi”, — deydi:

Stiv Jobs

“Bu dunyoni oʻzgartira deb oʻylash uchun aqldan ozganlargina bu dunyoni haqiqatdan ham oʻzgartira oladi.”

The Steve Jobs Equation for Tough Leadership

Stiven Pol Jobs — 2011-yilda vafot etgan Apple kompaniyasining asoschisi va sobiq bosh direktori. 2014-yilda CNBC Jobsni soʻnggi 25 yil ichida eng nufuzli rahbarlardan biri deb topdi. U noutbuklarning kelajagini oʻzgartirdi va smartfon va musiqiy inqilobni boshladi.

Jobs daho edi, lekin u ham aqldan ozgan edi. Masalan, u stressni yoʻqotish uchun hojatxonada oyoqlarini hoʻllagan. Va bir muncha vaqt, u hatto choʻmilishni ham toʻxtatdi, chunki diyetada goʻsht yetishmasligi tanani yoqimsiz hiddan qutqarishiga amin edi.

Jobs talabchan va tezkor, chinakam mukammalparast edi. Agar u kichik xatoga yoʻl qoʻysa, darhol odamni ishdan boʻshatishi mumkin. Uning sobiq xodimlaridan biri Maykl Devi tan olishicha: “Agar u biror narsani yoqtirmasa va uning fikrini filtrlamasa, buni aniq aytardi”.

Qiziqarli fakt: Jobs shu qadar koʻp sabzi yeb qoʻyganki, bir vaqtning oʻzida uning terisi bir oz toʻq sariq rangga aylangan.

Jeff Bezos

“Sizning brendingiz — atrofingizda boʻlmaganingizda boshqalar siz haqingizda nima deyishidir.”

The secrets of Jeff Bezos' success | British GQ

Amerikalik tadbirkor va Amazon asoschisi Jeff Bezos dunyodagi eng nufuzli bosh direktorlardan biri hisoblanadi. Bezos sayyoramizning eng boy odamlari roʻyxatida (ilgari Bill Geytsga tegishli boʻlgan) 132,2 milliard dollarlik boylik bilan va, albatta, u oʻzining gʻayrioddiy biznes usullarini qoʻllaydi.

Masalan, Amazon Bezos oʻzining barcha yozuvlarini oʻz xodimlari bilan birgalikda oʻqish orqali uchrashuvlarni boshlashni yoqtiradi. “Bu yangi boshlanuvchilar uchun gʻayrioddiy tajriba. Ular shunchaki indamay oʻtirishga va koʻplab rahbarlar bilan oʻqish zalini tashkil qilishga odatlanmaganlar”, — deydi tadbirkor.

Qiziqarli fakt: Bezos hech qachon yigʻilishlarni ertalab tayinlamaydi va “ikki pissa qoidasiga” sodiq qoladi. Unga koʻra, yigʻilishda barchani boqish uchun ikkita pissa yetarli boʻlishi kerak.

Bill Geyts

“Hayot adolatsiz, oʻrganing.”

Bill Geyts Microsoft'ning eng katta xatosi nima bo'lganligini aytdi

Microsoft asoschisi Uilyam Genri Geyts III Jeff Bezos uning oʻrnini egallashidan oldin sayyoradagi eng boy odamlardan biri boʻlgan. Geyts har doim ongiga hujum qilishda yonida rangli qalamlarni olib yurar va oʻspirinlik chogʻida u “Dunyo kitobi” ensiklopediyasining har bir nashrini oʻqirdi.

Geyts har bir detalni nazorat qilishni yaxshi koʻradi va uning odatlari bu haqda soʻzlaydi. U ishchilarning qachon kelganini va ishdan ketganini kuzatib turishi uchun xodimlarining davlat raqamlarini yodlab olardi. Biroq, Microsoft kengayganidan soʻng, u bundan voz kechdi.

Qiziqarli fakt: Geyts noyob kitoblarni toʻplaydi va bir vaqtlar Leonardo da Vinchining inshosi boʻlgan qoʻlyozma uchun 30,8 million dollar sarflagan.

Roman Abramovich

Roman Abramovich — rossiyalik milliarder va xayriyachi. Uning tadbirkorlik mahorati armiyada boʻlganidayoq rivojlana boshladi. Abramovich yetkazib berish haydovchilari bilan shartnoma tuzdi: ular unga yonilgʻining bir qismini berishdi, keyin u boshqa haydovchilarga chegirma bilan sotdi.

Roman Abramovich's ownership of Chelsea largely unchanged despite PR push |  The Times of Israel

Uning armiyadagi doʻstlaridan biri Nikolay Panteleimonov shunday deb eslaydi: “Tadbirkorlik toʻgʻrisida gap ketganda, u hamma uchun bosh va yelka edi. U havodan pul ishlab topishi mumkin edi.”

Milliarderning sportga ishtiyoqi baland, shuning uchun 2003-yilda u “Chelsi” futbol klubini sotib oldi va qarzlarini toʻlashga yordam berdi.

Qiziqarli fakt: Abramovich dunyodagi ikkinchi eng katta yaxtaga ega, u oʻzining raketaga qarshi mudofaa tizimiga ega.

Genri Ford

“Ford Motor Company” asoschisi Genri Ford birinchi arzon avtomobilni ishlab chiqardi. U vaqt va pulni kamaytirib, avtoulovlarning ommaviy ishlab chiqarilishini kengaytirishni xohladi. Ushbu qarash Qoʻshma Shtatlarda oʻrta sinfni shakllantirishga yordam berdi.

Генри Форд - Кажется, все искали кратчайшей дороги к деньгам и при ..

Ford oʻzining ekssentrikligi bilan mashhur boʻlgan barcha zamonlarning eng nufuzli odamlaridan biridir. Va uning eng yashirin fazilatlaridan biri, ehtimol uning antisemit ekanligidadir.

Hammasi Ford mahalliy “Dearborn Independent” gazetasini sotib olganidan boshlandi. 1918-yilda u oʻz gʻoyalarini nashr etishni boshladi. U oʻzining yahudiylarning fitna nazariyasini va yahudiylar dunyodagi barcha yovuzliklarning manbai ekanligini taʼkidladi. Keyinchalik Ford oʻzining eslatmalarini Xalqaro yahudiylarning toʻrt jildiga toʻpladi. U 16 tilga tarjima qilingan.

Qiziqarli fakt: Ford Sadberi, Massachusets va Michigan shtatidagi Grinfild Villij (Greenfield Village) kabi shaharlarni AQSHning dastlabki tarixi uchun sayohat markazlariga aylantirish umidida tarixiy binolarni yigʻdi.

Larri Ellison

“Agar siz yangilik qilsangiz, hamma sizni aqldan ozgan deb oʻylashiga tayyor boʻlishingiz kerak.”

Larry Ellison | Biography, Oracle, & Facts | Britannica

“Forbes” maʼlumotlariga koʻra, “Oracle Corporation” kompaniyasining asoschisi va bosh direktori Larri Ellison hozirda dunyodagi eng boy odamlar roʻyxatidan oʻninchi oʻrinda turadi.

Ellison oʻzining jasur va gʻayrioddiy, shuningdek, gʻalati xarakteri bilan tanilgan. Misol uchun, daraxt San-Fransisko koʻrfaziga qarashini toʻsib, yaqin atrofdagi uchastkada oʻsganida, u uni kesishni talab qildi. Qoʻshnilar buni qilishdan bosh tortishdi, shundan keyin Ellison uylarini sotib olishni va daraxt bilan oʻz-oʻzidan shugʻullanishni taklif qildi. Taklif rad etildi va ish sudga oʻtdi.

Ellison shuningdek, yaxtalarning, ayniqsa yaxtalar poygalarining ishqibozidir. 1998-yilda u Avstraliyadagi poygada oltita dengizchining hayotiga zomin boʻlgan boʻron tufayli deyarli “oʻldirildi”. Dahshatli voqea unga “hayot qanday goʻzal, nozik va qisqa” ekanligini eslatdi.

Qiziqarli fakt: Ellison oʻz faoliyatini 1970-yilda Markaziy razvedka boshqarmasi uchun maʼlumotlar bazalarini yaratishda boshlagan.