Matbuot xizmatiYangiliklarKanadada bir kunda minglab daraxt urug‘larini ekishga qodir dron yaratildi

Kanadada bir kunda minglab daraxt urug‘larini ekishga qodir dron yaratildi

“Flash Forest” kompaniyasi tomonidan daraxt ekish uchun maxsus dron yaratildi.

Kompaniya salkam ikki yil oldin tashkil etilgan. Ular dastlab dronlarni sinovdan o‘tkazib, qo‘nish texnikasini ishlab chiqishdi. Natija esa hayratlanarli — o‘tgan ikki oy ichida            20 kishidan iborat jamoa dronlar yordamida butun Kanada bo‘ylab 300 ming tup ko‘chat ekishga muvaffaq bo‘ldi.

Urug‘larni ekish sxemasi eng kichik detallarga qadar takomillashtirilgan va ajablanarlisi shundaki, u amalda inson ishtirokisiz, ammo samarali ishlaydi. Dastlab belgilangan hudud skanerlaydigan va qo‘nish uchun qulay joylarni aniqlaydigan dron yordamida o‘rganiladi. Keyin pnevmatik otish moslamasi bilan jihozlangan “ekuvchi dronlar” yuboriladi. Ular aniq hisoblangan kuch bilan har bir urug‘ni optimal chuqurlikka qadar otadi.

Takomillashtirilgan tizim yordamida dronlar bir kunda 10 mingga yaqin daraxt urug‘larini ekishga qodir.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda 2026-yilda davlat suv kadastri joriy etiladi

Suv hisobi platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblab boriladi va iste’molchilarga elektron tarzda yetkaziladi. Shavkat Mirziyoyev 13-oktabr kuni suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, quyi bo‘g‘inda suv...

O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi

Yaponiyada tashkil etilgan EKSPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga - «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi....

Yoshlarga 2+6 dasturi asosida til o‘rganish uchun subsidiya beriladi

Hududiga qarab to‘lovlar oyiga 812 ming so‘mgachani tashkil etadi hamda subsidiya yarim yil davomida beriladi. Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun...

O‘zbekistonda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun eskirgan va uni qayta ko‘rib chiqish kerak — prezident

Qayd etilishicha, favqulodda hodisalarning 70% dan ortig‘i aholi uylarida asboblarning nosozligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni favqulodda vaziyatlarning oldini...

O‘zbekistonda kutilayotgan inflyatsiya yillik eng past ko‘rsatkichga — 12% ga yetdi

Shu bilan birga, biznesning narxlar o‘sishi bo‘yicha median prognozi avgust oyidagi pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi. O‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmalari sentyabr oyida yillik minimumni qayd etdi. Bu haqda...

O‘zbekistonda xorijliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi

Maxsus soliq rejimi 2026-yildan chet el fuqarolarining mamlakatdan tashqari manbalardan olingan daromadlari uchun joriy etiladi. Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi. Bu haqdagi tegishli farmon...