Matbuot xizmatiYangiliklarIssiqxonalarga ko‘mir qozonlarini xarid qilish xarajatlarining 20%i qoplab beriladi

Issiqxonalarga ko‘mir qozonlarini xarid qilish xarajatlarining 20%i qoplab beriladi

Hukumat qarori bilan issiqxona xo‘jaliklari va meva-sabzavotlarni eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari tasdiqlandi.

Hujjat bilan, issiqxonalarni 2023−2024-yillar kuz-qish mavsumida gaz bilan ta’minlash shartlari keltirilgan. Xususan, tabiiy gaz nazorati va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga (GNHOAT) ulangan hamda tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ma’lumotlarni onlayn uzatishni tashkil etish belgilangan.

Bir oy muddatda issiqxona xo‘jaliklarining GNHOATga ulanganligi monitoring qilinib, ulanmagan issiqxonalar “Insofsiz iste’molchilar ro‘yxati»ga kiritiladi. Ularga gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalari bekor qilinadi.

Issiqxona xo‘jaligi gazdan yuzaga kelgan debitor qarzdorligini so‘ndirishi hamda tabiiy gaz uchun belgilangan to‘lovni oldindan to‘lashi kerak. Bundan tashqari, favqulodda vaziyatlarda muqobil yoqilg‘ining yetarli zaxirasiga ega bo‘lish zarur.

Joriy mavsumdan boshlab issiqxonalar “Hududgazta’minot” filiallari va viloyatlar hokimliklari bilan uch tomonlama shartnomalar tuzishi kerak. Ularga yoqilg‘i mahsulotlarini (ko‘mir yoki tabiiy gaz) uzluksiz yetkazib berish kafolati beriladi.

O‘z navbatida, issiqxonalar rahbariyati yetkazib berilgan yoqilg‘i uchun to‘lovlarni to‘liq to‘lashi va yetishtirilgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorga sotish majburiyatini oladi. Shuningdek, yangi issiqxonalarni gaz quvurlari va issiqlik tarmoqlariga ulanish hamda texnik shartlar berish ham taqiqlanadi.

1-noyabrdan issiqxonalarga ko‘mir qozonlarini xarid qilish xarajatlarining 20%i miqdorida kompensatsiya to‘lanadi. Buning uchun Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga 25 mlrd so‘m ajratiladi.

Tijorat banklari tomonidan ko‘mir saqlash omborlarini qurish xarajatlari uchun 3 yil muddatga 1 yillik imtiyozli davr bilan maqsadli kreditlar ajratiladi. Shuningdek, issiqxonalarga yoqilg‘i sotib olishga aylanma mablag‘lar uchun 1 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan kredit beriladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Dunyoda minimal ish haqi eng yuqori boʻlgan davlatlar maʼlum qilindi

Tahlil uchun Xalqaro mehnat tashkilotining 2024-yilgi maʼlumotlaridan foydalanilgan. Bunda ish haqining oddiy nominal miqdori emas, balki xarid qobiliyati pariteti - yaʼni turli davlatlarda tovar va...

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-sentabr kuni kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mamlakatimizda...

O‘zbekistonda oktabr-noyabr oylarida biznesni ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlari hamda milliy statistika tizimida islohotlarni jadallashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda iqtisodiy faoliyatni to‘liq statistik hisobga olish...

Mehmonxonalar uchun yer va mol-mulk solig‘i imtiyozlari 2030-yilgacha saqlanadi

Avvalroq Spot Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilingani haqida xabar berilgandi. 27-avgustdagi farmonda turizm va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini...

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, xalqimizni ulugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi. Davlatimiz...

To‘rtta hududda 2,4 GVt quvvatga ega yangi elektr stansiyalari va saqlash tizimlari ishga tushirildi

O‘zbekistonning turli hududlarida uchta yangi elektr stansiyasi va uchta elektr energiyasini saqlash tizimi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Ular 25-avgust kuni mustaqillikning 35 yilligi munosabati...