Matbuot xizmatiYangiliklarIpoteka krediti bo‘yicha foiz stavkalari pasaytirildi

Ipoteka krediti bo‘yicha foiz stavkalari pasaytirildi

“Ipotekani qayta moliyalashtirish” kompaniyasining hamkor banklari tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditlarining foiz stavkasi 21,5% dan 19,5% gacha tushirildi.

O‘zbekistonda ipoteka krediti bo‘yicha foiz stavkalari tushirildi. Bu haqda “Ipotekani qayta moliyalashtirish” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentning 21-fevraldagi tegishli farmoni bilan kompaniyaning belgilangan talablari asosida hamkor banklar tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditlarining yangilangan shartlari belgilandi.

Ipoteka kreditlari birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun 20 yilga rasmiy daromadga ega bo‘lganlarga taqdim etiladi.

Kredit miqdori Toshkent shahri uchun 800 mln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun 500 mln so‘mgachani tashkil etadi. Uning foiz stavkasi Markaziy Bank asosiy stavkasi (hozirda — 13,5%) hamda 6% miqdorida hisoblanadi. (2024-yilda bu +8% edi). Natijada stavka 21,5% dan 19,5% gacha pasaytirildi.

“Ipotekani qayta moliyalashtirish” kompaniyasining hamkor banklari qatorida “Hamkorbank”, “InFinBank”, “Orient Finans Bank”, “Agrobank”, “Asakabank”, “Ipoteka-bank”, “Xalq banki”, “Turon bank”, “O‘zmilliybank” hamda “Biznesni rivojlantirish banki” bor.

2024-yilda O‘zbekistonda ipoteka krediti oluvchilar soni 16% ga kamayib, 58,8 ming kishini tashkil etdi. Kreditning o‘rtacha miqdori 18% ga o‘sib, 290 mln so‘mdan oshdi. Birlamchi bozor ulushi ortdi, ipoteka oluvchilar orasida yoshlar ulushi kamaydi.

Joriy yilning 3-mart kuni ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlandi. Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari va Yagona portal orqali ariza topshirish mumkin.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Kelgusi 2 yilda ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlashga 2 trln so‘m ajratiladi

Taʼsischisi yoki rahbari ayol bo‘lgan kompaniyalarga 10 mlrd so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi. Prezident xotin-qizlarning kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari kengaytirilishi bo‘yicha farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy...

2026-yildan kartoshka yetishtiruvchilarga imtiyozli kredit beriladi, ayrim texnikalarga boj bekor qilinadi

Shuningdek, ularga sug‘orish nasoslariga quyosh panellari o‘rnatish va elektr xarajatlari uchun kompensatsiyalar ajratiladi. 2026-yildan kartoshka yetishtiruvchilar uchun yangi imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi. Bu haqda 2-dekabr kuni...

Bog‘dorchilik xo‘jaliklariga intensiv bog‘ tashkil qilish uchun 14% li imtiyozli kredit beriladi

Shuningdek, muzlatkichli omborlar uchun kredit foizining bir qismi va qadoqlash xarajatlarining 50%i qoplab beriladi. Avvalroq prezident ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib...

Prezident butun mamlakatda havo ifloslanishiga qarshi choralarni kuchaytirishni topshirdi

Barcha hududlarda xavfli chiqindilarni xatlovdan o‘tkazib, qayta ishlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha kamida 1 tadan loyihani boshlash, yagona monitoring platformasini ishga tushirish ko‘zda tutilgan. 1-dekabr kuni...

O‘zbekiston sun’iy intellekt moduliga ega Samarqand-2028 sun’iy yo‘ldoshini ishlab chiqmoqda

Sun’iy intellekt yordamida tibbiy suratlarni tahlil qilish tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan. Shuningdek, u orqali yo‘llardagi qoidabuzarliklarni avtomatik aniqlash tizimini yaratish taklif qilindi. Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni...

O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish instituti tashkil etiladi

Institut yashirin iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy sabablarini tahlil qilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. Avvalroq prezident “Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari...