Matbuot xizmatiYangiliklarJahon banki O‘zbekistonga iqtisodiy islohotlar uchun $800 mln imtiyozli kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga iqtisodiy islohotlar uchun $800 mln imtiyozli kredit ajratadi

Kam ta’minlangan oilalar uchun elektr va gaz uchun kompensatsiyani 270 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha oshirish rejalashtirilgan.

Jahon banki O‘zbekistonga $800 mln imtiyozli kredit ajratadi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Mablag‘lar hukumatga uzoq muddatli qaytarish shartlari asosida past foiz stavkasi bilan taqdim etiladi. Bu hukumatga turli strategik muhim sohalarda davlat siyosatining shoshilinch choralarini amalga oshirishda yordam beradi.

Jumladan, elektr energiyasi, issiqlik ta‘minoti va gaz iste’moli uchun kam ta‘minlangan oilalarga bir martalik yillik moddiy yordam puli 270 ming so‘mdan 1 mln so‘mga oshiriladi.

Ayollarni ish joyidagi jinsiy zo‘ravonlik va tazyiqlardan himoya qilishga qaratilgan me‘yoriy-huquqiy baza va mexanizmlar rivojlantiriladi. Ish beruvchilarga homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ish haqini kamaytirish yoki ishdan bo‘shatish taqiqlanadi.

Davlat korxonalarini yana-da samarali boshqarish va xususiylashtirish uchun O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi.

Keng polosali internet va mobil aloqa bozorlarida davlat kompaniyalarining ustunligini cheklash maqsadida mustaqil telekommunikatsiya regulyatori shakllantiriladi. Shuningdek, telekommunikatsiya sohasiga xususiy investitsiyalar jalb qilinadi.

Mahalliy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini qishloq xo‘jaligi xavf-xatarlaridan sug‘urtalash tizimi joriy etiladi. Paxta xaridi narxlarini belgilashning yana-da moslashuvchan mexanizmi joriy etiladi va to‘qimachilik korxonalariga ushbu xom ashyoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri har qanday fermer xo‘jaligidan sotib olish imkoniyati beriladi.

O‘zbekistonning JSTga a‘zo bo‘lish jarayoni jadallashtiriladi va eksport tartibi soddalashtiriladi. Shu jumladan, ayrim turdagi tovarlarni eksport qilish uchun ruxsatnomalarni bekor qilish orqali xalqaro savdo kengaytiriladi.

Bundan tashqari, dastur quyidagilarni nazarda tutadi:

  • akkreditatsiyadan o‘tgan xususiy va nodavlat yetkazib beruvchi tashkilotlar orqali aholining zaif qatlamlariga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bozorini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
  • energetika, neft-gaz, kimyo, qishloq xo‘jaligi va raqobatni cheklaydigan boshqa tarmoqlarda ayrim kompaniyalarga berilgan eksklyuziv huquqlarni bekor qilish;
  • energiya sarfi yuqori bo‘lgan tarmoqlarda issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish uchun qo‘shimcha rag‘batlar joriy qilish;
  • byudjet mablag‘laridan foydalanishda ekologik toza tovarlar va xizmatlarni sotib olishga ustuvorlik berish uchun davlat xaridlari tizimiga ekologik mezonlar joriy etish.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...