Matbuot xizmatiYangiliklarInnovatsion startaplar davlatdan 2 mlrd so‘mgacha mablag‘ jalb qilishi mumkin. Shartlar

Innovatsion startaplar davlatdan 2 mlrd so‘mgacha mablag‘ jalb qilishi mumkin. Shartlar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash sohasida islohotlar loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Loyiha startaplarni saralash va moliyalashtirish tizimini o‘zgartirishni nazarda tutadi. Unga ko‘ra, startaplarni xalqaro mezonlar asosida baholash, shuningdek, xalqaro tajriba asosida inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Har yili kamida 50 ta startapga davlat mablag‘lari ajratilishi, ularni rivojlantirish uchun esa 40 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi kutilmoqda. Shuningdek, xususiy investorlar, kompaniyalar va venchur fondlardan yiliga $500 ming jalb qilish rejalashtirilgan.

2027-yil 1-yanvardan startap loyihalarini qabul qilish, saralash va moliyalashtirish jarayonlari to‘liq raqamlashtiriladi. Buning uchun innovatsion startaplar bilan ishlash platformasi hamda ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar reyestri yaratiladi.

Davlat mablag‘lari faqat inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlaridan o‘tgan startaplarga ajratiladi. Innovatsion rivojlanish agentligi startaplar bo‘yicha takliflarni qabul qilib, ularni dasturlarda ishtirok etish uchun tanlovlarga joylashtiradi.

Innovatsion startaplar uchun platformada moliyalashtirish manbalarini kengaytirish maqsadida kraudfanding funksiyasi yaratiladi.

Startaplarni moliyalashtirishni ISO mezonlari asosida texnologik tayyorgarlik darajasiga (TRL) bog‘lash rejalashtirilgan. Inkubator va akselerator tashkilotchilari har bir startap uchun quyidagi miqdorda pul oladilar:

  • TRL 1 dan 3 gacha — BHMning 30 baravarigacha (13,2 mln so‘m);
  • 4 dan 6 gacha — BHMning 50 baravarigacha (22 mln so‘m);
  • 7 dan 9 gacha — BHMning 70 baravarigacha (30,8 mln so‘m).

Dasturlar natijalariga ko‘ra samarali deb topilgan 4 tadan 6 tagacha TRLga ega startaplar BHMning 485 baravarigacha (213,4 mln so‘m) moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. TRL 7 va undan yuqori bo‘lgan loyihalar uchun investitsiyalarning maksimal hajmi 4500 BHM (1,98 mlrd so‘m) ni tashkil etadi.

Bunda davlat tomonidan moliyalashtirish startap asoschisi xususiy investitsiya jalb qilishi sharti bilan amalga oshiriladi.

Startaplarni budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishni Innovatsiyalar va sanoat integratsiyasi kengashi ma’qullaydi. Kengash tarkibi Prezident Administratsiyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Startaplarni qo‘llab-quvvatlash markazi akseleratsiya yoki inkubatsiyadan o‘tib, moliyalashtirilgan loyihalarga reklama va marketing bo‘yicha yordam beradi. Shuningdek, yiliga kamida ikki marta davlat organlari va tarmoq korxonalariga innovatsion ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha takliflar yuboradi.

Qaror loyihasi muhokamasi 2-oktabrgacha davom etadi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...