Ro‘yxatda birinchi o‘rinni $233 mlrd boylik bilan “Louis Vuitton Moet Hennessy” prezidenti Bernard Arno egalladi.
“Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari egasi Ilon Mask esa $195 mlrd bilan ikkinchi o‘rinda turibdi.
Kuchli beshlikni “Amazon” asoschisi Jeff Bezos $194 mlrd, “Meta” rahbari Mark Sukerberg $177 mlrd va “Oracle” korporatsiyasi asoschisi Larri Ellison $141 mlrd boylik bilan yakunladi.