Foydali manbalarTadbirkorlarFarruh va Konsta: musofirlikdagi tanishuvdan oyiga 700 mln aylanmalik manti biznesigacha

Farruh va Konsta: musofirlikdagi tanishuvdan oyiga 700 mln aylanmalik manti biznesigacha

Rossiya, ikki o‘zbekistonlik va manti — bu uch tushuncha bir qarashda bog‘lanmagandek tuyuladi. Ularni nima bog‘laydi? Spot bu safar shu savol ortidagi biznes haqida hikoya qiladi.

Hammasi Farruh Irgashev va Sharif Abdullayev ning (Konsta) Rossiyada tanishib qolishi bilan boshlangan. Ular bir muddat xorijda yonma-yon faoliyat yuritib, keyinchalik turli yo‘llardan ketishadi. Oradan vaqt o‘tib, 2024-yilda yana birlashib, Mant.uz loyihasini yo‘lga qo‘yishga qaror qilishadi.

Aslida loyiha g‘oyasi bundan ikki yil avval — 2022-yilda, Rossiyadan kelayotgan sayyohlar soni oshgan paytda paydo bo‘lgan. Toshkentdagi mantixonalarni kuzatgan muassislar manti mashhur taom bo‘lsa-da, unga ixtisoslashgan zamonaviy maskanlar kamligini payqashadi. “Nega manti uchun alohida joy yo‘q?”, degan savol ularni bu biznesga $38−40 ming miqdorida dastlabki sarmoya bilan boshlanishiga turtki bo‘ladi.

To‘qqiz oy davom etgan tayyorgarlik, sinov va hisob-kitoblardan so‘ng Mant.uz ishga tushiriladi va qisqa vaqt ichida o‘z mijozlarini topa boshlaydi.

Intervyuning to‘liq versiyasi video-shaklda taqdim etilgan. Uni pastdagi havola orqali ko’rishingiz mumkin…
https://youtu.be/s_GC0iSOaxw

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

17-sentabrdagi hukumat qarori bilan pedagoglarning davlat OTMlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi

Joriy yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 2026-yil uchun...

Hamshiralar va tibbiyot og‘alari hamda oilaviy shifokorlarga yangi ustamalar belgilandi

O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy maqomi va malakasini oshirishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi. 2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va...

Amir Temur xiyoboni yaqinida $400 mlnga biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Saida Mirziyoyeva Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik arxitektura loyihalari tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgandi. Unda ixtisoslashgan studiyalar va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, shuningdek, mustaqil ekspertlar...

“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev

Avvalroq prezident raisligida Toshkentni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Prezident o‘z nutqida mamlakatda...

Talabalar shaharchasida xavfsiz muhit va raqamli boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Yurt taraqqiyoti va uning kelajagi ilm-fanga intiluvchan, bilimli va...