Matbuot xizmatiYangiliklarEndi parvarishga muhtojlar uchun ijtimoiy xizmat vaucherlari onlayn beriladi

Endi parvarishga muhtojlar uchun ijtimoiy xizmat vaucherlari onlayn beriladi

Fuqarolar portaldan ijtimoiy-maishiy, tibbiy yoki kunduzgi parvarish xizmatlari uchun vaucherlarni olishlarii mumkin.

Yagona portalda o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlarga vaucher berish imkoni yaratildi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslar “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida belgilangan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish uchun vaucherni portal (my.gov.uz) orqali olishlari mumkin.

Buning uchun talabgor yoki ishonchli shaxs portalda “Ijtimoiy himoya” bo‘limiga o‘tadi. Tegishli xizmatni tanlaydi va foydalanish tugmasini bosadi. So‘rovnomaga doimiy yashash hududi, tumani, mahallasi hamda yuqumli kasalliklarning mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma‘lumotnomasini kiritadi. Shundan so‘ng to‘ldirilgan ma‘lumotlar tekshirib, “yuborish” tugmasini bosadi.

Talabgorga 8 ish kuni ichida ijtimoiy xizmat narxini to‘liq yoki qisman qoplab berishni nazarda tutuvchi vaucher shakllantiriladi. Bu haqida uning mobil telefon raqamiga SMS-xabar hamda portaldagi kabinetiga xabarnoma yuboriladi.

Vaucher asosida quyidagi 5 turdagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish mumkin:

  • uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish xizmati;
  • uy sharoitida qarab turish xizmati;
  • tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati;
  • kunduzi qatnov asosida qarab turish xizmati;
  • shaxsiy yordamchi xizmati.

Talabgor vaucher berilganligi to‘g‘risidagi xabarni olgach 10 ish kuni ichida ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchini tanlaydi.

Joriy yilning may oyida O‘zbekistonda o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolar uchun kichik oilaviy uylar tashkil etilishi haqida xabar berilgandi. 1-iyundan fuqarolarga ayrim ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlari vaucher asosida qoplab berish boshlandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston AQSh texnogigantlari bilan loyihalarni moliyalashtirishga DFC va AQSh Eksimbankini jalb qiladi

Mamlakatda Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlarini joriy etish hamda Raqamli akademiya va startap-xablar tarmog‘ini yaratish rejalashtirilgan. Vashington shahriga amaliy tashrifning ishbilarmonlik dasturi yakunida...

O‘zbekistonda 2026-yildan yangi ijtimoiy sug‘urta tizimi joriy etiladi

2026-yildan fuqarolarga homiladorlik, tug‘ish va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalari proaktiv tarzda tayinlanadi. 3-noyabr kuni davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va to‘lash tizimini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident...

Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi

Agar tadbirkor bitiruvchi bilan 2 yil ichida mehnat shartnomasini bekor qilsa, kredit bo‘yicha foiz tijorat stavkasiga o‘zgartiriladi. Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi. Bu haqdagi...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,6% gacha kamaydi — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga qaratilgan Global ijtimoiy adolat fondini ta‘sis etishni taklif qildi. Shavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni Dohada o‘tkazilgan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida...

Shavkat Mirziyoyev Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 3-4 noyabr kunlari Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok...

Sunʼiy intellekt asosidagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun $100 mln ajratiladi

Mablag‘lar Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan beriladi. Ularning yarmi davlat organlarida SI texnologiyalarini joriy etishga, qolgan yarmi esa venchur jamg‘armalar orqali innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Prezident sunʼiy...