Matbuot xizmatiYangiliklarDavlat xizmati, grant va foizsiz ssuda: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eʼlon qilindi

Davlat xizmati, grant va foizsiz ssuda: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eʼlon qilindi

Avvalroq prezidentning Yangi O‘zbekiston yoshlari-2030 strategiyasini 2026−2027-yillarda amalga oshirish bo‘yicha qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan yoshlarni davlat xizmatiga qabul qilish jarayonlarida yagona yondashuvni taʼminlash bo‘yicha yangi tartiblarjoriy etiladi.

Jumladan, suhbat bosqichida beriladigan savollar (topshiriqlar) davlat organining rasmiy veb-saytida kamida 1 oy oldin eʼlon qilinadi. Agar 1 oy oldin eʼlon qilinmasa, savollarni nomzodlarga berish taqiqlanadi.

Ichki tanlovlar o‘tkazilmaydigan hamda tanlovlarni o‘tkazishda nomzodlarga nisbatan umumiy yoki maxsus ish stajiga oid talablar belgilanmaydigan lavozimlar ro‘yxati hamda tanlovlarni o‘tkazishda nomzodlarga nisbatan ko‘pi bilan 2 yil umumiy yoki maxsus ish stajiga oid talablar qo‘yiladigan lavozimlar ro‘yxati belgilanadi.

Shuningdek, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan hamda zamonaviy kasblar reyestri shakllantiriladi.

Reyestrga kiritilgan kasblarga o‘qigan yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini baholash — milliy sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi.

Zamonaviy kasblar bo‘yicha milliy sertifikat olgan ayrim yoshlarning xarajatlari Yoshlar daftari jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan davlat taʼminotidagi va kambag‘al oilalar farzandlariga o‘qish hamda imtihon xarajatlari to‘lab beriladi.

“Kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kirgan oilalar farzandlariga esa imtihon xarajatlari qoplab beriladi.

Qarorga ko‘ra, joriy yil 1-oktyabrgacha har bir tuman (shahar)da texnikum va nodavlat qo‘shimcha taʼlim tashkilotlarida kasb-hunar ustaxona-laboratoriyalari tashkil etiladi.

Buning uchun kasb-hunar ustaxona-laboratoriyasini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorga BHMning 1 200 baravarigacha (494,4 mln so‘mgacha) miqdorda 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga foizsiz ssuda ajratiladi.

2026-yildan tijoratlashtirish salohiyati yuqori bo‘lgan startap loyihalar asosida yangi mahsulotlar va texnika-texnologiyalarni yaratish uchun davlat texnikumlari huzurida spin-off korxonalarini tashkil etishga ruxsat beriladi.

Bunda korxonalar ustav fondidagi davlat ulushini 5 yil muddat davomida xususiylashtirish man etiladi.

Tegishli muassasalarning bo‘sh turgan bino va inshootlaridagi maydonlar 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ijaraga beriladi.

Bundan tashqari, spin-off korxonalariga texnikum o‘quvchilarining startap loyihalarini amalga oshirish uchun Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘mgacha grant ajratiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...