Matbuot xizmatiYangiliklarChiroyli avtoraqamlar ro‘yxati va narxi yangilandi

Chiroyli avtoraqamlar ro‘yxati va narxi yangilandi

2023-yil 21-iyundagi Hukumat qarori bilan “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar berdi.

Qaror bilan oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha beriladigan I, IA, IE, IAE, III, IIIA, IIIE, IIIAE tipidagi avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining ro‘yxati yangilandi.

Ta’kidlanishicha, 2023-yil 1-iyuldan auksion savdolari orqali sotilishi belgilanmagan, harflari bir xil kombinasiyada bo‘lgan 680 juft davlat raqami belgilari 6-toifaga doir boshlang‘ich narxda auksion savdolariga qo‘yiladi.

Shuningdek, avtomobil boshqa shaxsga o‘tkazilganda uning oshirilgan stavkada olingan “chiroyli raqami” yo‘l harakati xavfsizligi organlarida 12 oyga saqlanishi mumkin. Undan keyin yana 12 oyga saqlash uchun BHMning 1 baravari (330 ming so‘m) miqdorida pul to‘lanadi.

Ilgari qo‘shimcha 12 oy saqlash tartibi bo‘lmagan, 12 oydan keyin “chiroyli raqam” olib qo‘yilgan. Auksionda raqobat tartiboti amalga oshmadi deb e’tirof etilganda (ikkinchi g‘olib rad etgan yoki xaridorlar mavjud bo‘lmaganda), axborot tizimida avtotransport vositalari uchun RO‘DRBni oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha berishni 5 kun muddat ichida avtomatik ravishda qaytadan e’lon qilinadi.
Ilgari aniq muddat belgilanmagan.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...