Har qanday biznes loyihalar va turli brendlarning o‘z tarixi bor. Bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, loyihadagi keskin burilishlar hamda muvaffaqiyatli qadamlar ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi tabiiy.
Bu safar hashamatli kiyimlari, sumka va aksesuarlari bilan tanilgan “Prada” kompaniyasining yaratilish va muvaffaqiyat tarixiga nazar tashlaymiz. Maqolada kompaniyaning bugungi kungacha qanday shakllangani hamda uning kengayish jarayonlari haqida so‘z boradi.
“Prada»ning yaratilishi
1913-yilda Mario va uning ukasi Martino bilan Milanda “Fratelli Prada” nomli charm buyumlar do‘konini ochadi. Bu do‘kon shahardagi nufuzli “Galleria Vittorio Emanuele II»da ochilgan (hozir ham faoliyat ko‘rsatmoqda) bo‘lib, u yerda sumkalar, sandiqlar va sayohat aksessuarlari sotilgan.
Asoschisi Mario nafaqaga yaqinlashar ekan, oilaviy biznesini o‘g‘liga topshirmoqchi bo‘ladi. Biroq, u brendni boshqarishga qiziqmaganligi uchun boshqaruv qizi Luisaga o‘tadi. Luisa 1950-yildan boshlab qariyb 20 yil davomida bu biznesda faoliyat yuritadi. Uning qizi Miuchcha Prada ham kompaniyada bosh dizayner sifatida ishlab, brend uchun hashamatli sumkalar yaratish loyihalarini yo‘lga qo‘ygan.
Shu tariqa, brend tarixining tasodifiy burilishi va rivojlanishi qachonlardir modaga kirishini hech kim bashorat qila olmagan, moda va dizayn emas, balki Milan universitetida siyosatshunoslik, Pikkolo teatrida pantomimani o‘rgangan Miuchcha bilan boshlanadi. Shunday qilib, u dizaynni mustaqil o‘rgangan mashhurlardan biri hisoblanadi.
Miuchcha Prada. Foto: whatmiuccia/Instagram sahifasi
Biroq, Miuchcha bu sohada ish boshlash unchalik oson bo‘lmagan. 1970-yillarda u Italiya kommunistik partiyasi a’zosi bo‘lib, ayollar huquqlarini himoya qilish harakatida ishtirok etgan. Moda sohasida ishlashga qaror qilganida, ba’zi odamlar buni ma’qullamagani aytiladi, chunki bu harakat feministdan kutiladigan narsa emasdi.
1978-yili Miuchcha o‘zining turmush o‘rtog‘i va biznes sherigi, 2014-yildan boshlab esa “Prada” kompaniyasining bosh ijrochi direktori bo‘lgan Patrisio Bertelli bilan tanishadi. Shundan so‘ng, 1979-yili er-xotin birgalikda premium turdagi poyafzallarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdi va bu odamlar tomonidan iliq qabul qilinadi.
Brend butun dunyo bo‘ylab katta do‘konlar tarmog‘iga aylandi. “Prada Green” nomi bilan mashhur bo‘lgan, yashil rangda ifodalangan brendning birinchi do‘koni Milanda “Via della Spiga»da ochilgan. Londondagi Harrodsda yaqinda ochilgan brend kafesi Prada Caffé ham shu rangga bo‘yalgan.
“Prada»ning birinchi kiyimlar to‘plami
Dastlab Italiya uyida faqat charm buyumlar ishlab chiqariladi, ammo Patrisio Bertellining qo‘llab-quvvatlovi bilan Miuchcha 1988-yilda Milan moda haftaligida kuz-qish to‘plam kiyimlarni taqdim etib, kompaniyada yuqori inqilobni amalga oshirdi. To‘plamda qora va jigarrang ranglarning ustunligi ajralib turgan. Bu uyg‘unlashuv 80-yillarning trenddagi yorqin ranglar bilan nizoga kirishdi. Kiyimlar bel qismining pasaytirilishi va tor belbog‘lar bilan ajarlib turardi. Bu nafis va sodda uslub Miuchchaning moda va ayollikka noan’anaviy yondashuvini tasvirlab bergan. “Siz nima kiysangiz, o‘zingizni dunyoga shunday ko‘rsatasiz, ayniqsa bugungi kunda odamlar bilan aloqalar juda tez rivojlanayotgan bir paytda. Moda — bu tezkor til”, — deydi dizayner.
Foto: Prada group
Shuningdek, brend o‘zining birinchi erkaklar kiyimlari to‘plamini 1998-yil bahor-yoz mavsumida sotuvga chiqargan va birinchi marta “monoxrom ko‘rinish»ni taqdim etgan. Ayollar to‘plami singari, erkaklar kiyimlari ham 80-yillar talabiga javoban minimalizm va neytral ranglar palitrasi bilan ajralib turardi.
1997-yilda brendning “Prada Linea Rossa” nomi bilan sport kiyimlari ishlab chiqarila boshlaydi. Bu jarayon brend va butun sanoat tarixida hal qiluvchi lahza bo‘ldi, sababi u ko‘cha kiyimlarini hashamat bilan birlashtirdi. Bu minimalistik uslubning avangard materiallari bilan kombinatsiyasi edi. “Linea Rossa»da neylon kabi materiallardan foydalanilgan bo‘lib, bu mashhur “Prada Nylon” sumkasining yaratilishiga olib kelgan.
“Prada Linea Rossa” 2018-yilda qayta sotuvga chiqarilib, brend kiyimlar, poyabzal, aksessuarlar, quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak va chang‘i kiyimlarini o‘z ichiga olgan to‘plamni taqdim etdi. Miuchcha “The New York Times” gazetasiga to‘plam haqida quyidagi so‘zlarni aytgan: “Bizning g‘oyamiz texnologiyani oddiy kiyim bilan aralashtirishdir. Sport bilan shug‘ullanish uchun chempion qiyofasiga kirish shart emas. Uzoq muddat davomida maxsus holatlar uchun rasmiy kiyinish va deyarli kun bo‘yi sport kiyimlarini kiygan odamlar soni ortib borayotganini ko‘rmoqdaman”.
2020-yilda kompaniya 2000−2005-yillardagi “Re-neylon Reedition” sumkalarini taqdim etdi. To‘plamda qora rangga qo‘shimcha ravishda bir nechta rangdagi mini, kamarli sumkalar va ryukzaklardan iborat edi. 2022-yilda bu mini sumkalar qidiruvlar tizimida 131%ga o‘sganidan so‘ng Lyst tomonidan “Yilning eng yaxshi qo‘l sumkasi” deb topildi, TikTok’dagi #pradanylonbag heshtegi ostidagi videolarning ko‘rishlar soni esa 4,2mlndan ortiqni tashkil qildi. Bugungi kunda u brendning eng taniqli flagman mahsulotlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Logotip yaratilishi
“Prada” logotipi 1919-yildan beri nisbatan o‘zgarmagan, ammo brendda turli xil nusxalar mavjud. Dizayn barcha davrlarning eng yaxshi hashamatli logotiplaridan biri bo‘lgan. Kompaniya 1900-yillarning boshidanoq qirol oilasi bilan aloqalarni o‘rnatgani tufayli qirollik jihatlarini o‘zlarining dizaynlaridan biriga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
Logotip royaltining mukammal ifodasidir (so‘zma-so‘z va majoziy ma’noda). Brendning ildizlari Italiya qirollik oilasida bo‘lganligi sababli, dastlab dizaynda aristokratiya timsolini kiritdi. “Prada»ning norasmiy shiori bor: “Ko‘ring, eshiting.” Hozirgi asoschi Miuccia Prada brend shiorini odamlarga olomondan ajralib turishga va o‘z ovozi hamda o‘ziga xosligini yuqori moda orqali ifodalab bergan.
“Prada” qariyb bir asr davomida ayollar, erkaklar va bolalar uchun yuqori sifatli, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqargan. Brend3 logotipi shrifti “Engry” bo‘lib, kompaniyaning brend ranglari qora va oq hisoblanadi. Maxsus chizilgan zamonaviy “serif” brendni eslab qolishga yordam beradi.
Izoh: Royalti — bu O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 44-moddasiga muvofiq, har qanday nomoddiy aktivdan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi uchun to‘lovlar hisoblanadi.
“Prada” bugun
Hozirda brend Miuchcha va Patrisio Bertelliga tegishli bo‘lgan “Prada Group” tarkibiga kiradi. Bu kompaniyada “Miu Miu”, “Church’s”, “Car Shoe”, “Marchesi 1824” va “Luna Rossa” brendlari ham jamlangan.
Ular 2021-yil bahor-yoz mavsumida o‘zlarining birinchi qo‘shma to‘plamlarini taqdim etdilar, bu “Prada” mohiyatini o‘rganish va qayta ta’riflash» bo‘yicha yangi uniformasi bo‘ldi.
2023-yilgi kuz-qish moda namoyishi 2-jahon urushi davrida turli kasb egalari uchun kiyiladigan kiyimlarga o‘xshash ko‘rinishdagi brendning o‘ziga xos liboslarini qaytardi. “Hozir meni qiziqtirayotgan jihat — bu kamtarona narsalarga ahamiyat berish, nafaqat o‘ta go‘zallik va joziba, balki oddiy ishlarni ham qadrlash”, — dedi Miuchcha.
Brend daromadi
Kompaniyaning 2023-yildagi daromadi 4,7 mlrd yevroni (sof daromad esa 671 mln yevroni) tashkil etdi, shundan 89%i chakana savdodan, 9%i ulgurji savdodan, 2%i royaltidan tushgan. Mintaqalar bo‘yicha daromad taqsimoti quyidagicha:
- Osiyo-Tinch okeani — 35%;
- Yevropa — 31%;
- Amerika — 18%;
- Yaponiya — 12%;
- Yaqin Sharq — 4%;
Mahsulot toifalari orasida esa asosiylari charm buyumlar (sotishning 46%i), kiyim-kechak (32%) va poyabzal (19%) bo‘ldi.
2023-yil holatiga ko‘ra, kompaniyaning chakana savdo tarmog‘i 606ta do‘kondan iborat bo‘lib, ulardan 200tasi Yevropada, 102tasi Amerikada, 196tasi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, 85tasi Yaponiyada, 23tasi Yaqin Sharqda joylashgan. Ishlab chiqarish quvvatlari 26ta zavoddan iborat bo‘lib, ulardan 23tasi Italiyada, Buyuk Britaniya, Fransiya va Ruminiyada joylashgan.
Shuningdek, brend Ispaniyaning Puig kompaniyasi bilan hamkorlikda parfyumeriya mahsulotlarini tijoratlashtiradi. 2024-yilda Forbes Global 2000 dunyodagi eng yirik davlat kompaniyalari ro‘yxatida “Prada” 1492-o‘rinni egalladi.