Foydali manbalarBiznes haqidaBiznes tarixi: hashamatli avtomobillar ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce kompaniyasi

Biznes tarixi: hashamatli avtomobillar ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce kompaniyasi

Har qanday biznes loyihaning, turli brendlarning o‘z tarixi bor. Bugungi kungacha bosib o‘tilgan yo‘l, loyihadagi keskin burilishlar hamda muvaffaqiyatli qadamlar ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi tabiiy.

“Spot” “Biznes tarixi” sahifasini davom etadi. Bu gal avtomobil olamida o‘z nomiga, o‘z o‘rniga ega, hashamatli avtomobillar ishlab chiqaruvchi “Rolls-Royce” kompaniyasi tarixiga nazar tashlaymiz.

Uning bugungi kungacha qanday shakllangani, qanday jarayon va yo‘llardan o‘tgani ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi mumkin.

Ushbu brendning tarixi ikki biznesmen Charlz Rolls va Genri Roysning hayratlanarli darajada muvaffaqiyatli ittifoqining hikoyasidir. Ulardan biri badavlat aristokrat edi, ikkinchisi esa qashshoqlikda o‘sdi.

Kompaniya nomi ularning familiyasi birikmasidan iborat — “Rolls-Royce”. Ularning brendi hikoyasi investor va ixtirochi o‘rtasidagi muvaffaqiyatli biznes ittifoqining klassik misolidir.

Brend asoschilari

Charlz Rolls — 1877-yilda Buyuk Britaniyaning Dorset grafligidagi Bornmut shaharchasida, Uelslik aristokratlar oilasida tug‘ilgan.

Charlz ikkita oliy ma’lumotga ega bo‘lgan va bolaligidan mashinalarga qiziqqan, u hatto o‘z mashinasiga ega bo‘lgan birinchi Kembrij talabasiga ham aylandi.

O‘qishni tugatgandan so‘ng, 1902-yilda u avtomobillarni import qiluvchi o‘zining “C.S. Rolls & Co” kompaniyasini ochdi.

Ammo Rolls uchun oddiy import yetarli emasdek tuyuldi, u o‘z mashinasini yaratishni orzu qilardi.

Genri Roys — 1863-yilda Buyuk Britaniyaning Kembrijshir okrugidagi Xantingdonshir shahrida kambag‘al oiladi tug‘ilgan.

Maktabning faqatgina birinchi sinfini tugantgan Genri o‘n yoshidan gazeta tarqatuvchi va pochtachi bo‘lib ishlagan. Roys ta’limsiz hayotda hech narsaga erisha olmasligini tushundi va bo‘sh vaqtlarida u fransuz va nemis tillarini, elektrotexnika va matematikani o‘rgandi.

16 yoshida Genri Maksim Xayrem kompaniyasida muhandis lavozimiga ishga kirdi. Bu ish unga boshlang‘ich kapitalni to‘plashga va o‘z biznesini — “Royce & Co” mexanika ustaxonasini tashkil etishga yordam berdi.

Ammo Roysning ustaxonasi yetarli emas, Rolls singari u ham o‘z mashinasini orzu qiladi.

biznes tarixi, Rolls-Royce

Foto: chapda Charlz Rolls, o‘ngda Genri Roys

1904-yilda Rolls Roys bilan uchrashadi. Bir yil avval Roys ustaxonasi 10 ot kuchiga ega uchta mashina ishlab chiqargan. Mashinalarda ayniqsa yangi texnik echimlar yo‘q edi, lekin ular yaxshi ko‘rindi va mukammal yig‘ish va ishonchli qismlar bilan ajralib turardi.

Mashinalar Angliyada haqiqiy sensatsiyani yaratdi va barcha mahalliy ham jahon gazetalari ular haqida yozdilar. Shuhrat shu qadar katta ediki, bu mashinalar haqidagi maqola hatto Rossiyaning “Behind the Wheel” jurnalida ham paydo bo‘ldi.

Charlz Rolls ham bu mashinalar haqida eshitgan, u o‘sha paytda unga o‘z mashinasini yaratishga yordam beradigan muhandisni qidirayotgan edi.

1904-yil 1-mayda Midlend restoranida Rolls va Roys o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bu kun “Rolls-Royce” kompaniyasiga asos solingan rasmiy kun hisoblanadi.

Brendning birinchi avtomobili

Kompaniyaning birinchi haqiqiy modeli 1906-yilda xalqaro transport ko‘rgazmasida namoyish etilgan — bu juda kuchli po‘latdan yasalgan ramka, 7 litrli dvigatel va ketma-ket joylashtirilgan olti silindrli avtomobil edi.

Mashina “Rolls-Royce 40/50 HP” deb nomlangan va butun dunyodagi eng ishonchli avtomobil sifatida sotilgan.

biznes tarixi, Rolls-Royce

Foto: birinchi “Rolls-Royce 40/50 HP” avtomobili

Brend logotipi

Dastlab, kompaniya asoschilari katta qizil “RR” harflari ko‘rinishidagi logotipni tanlashadi, ammo tez orada rang obro‘ va hashamatni ta’kidlash uchun qora rangga o‘zgartirildi.

Biroq, brendning ramzi “RR” harflari emas, balki kapotdagi “Ekstaziya ruhi” deb nomlangan mashhur haykalcha edi.

Haykalchaning yaratilishi 1909-yilda lord ser Jon Montagu o‘ziga kompaniya avtomobillaridan birini sotib olishidan boshlanadi.

Mashinasini boshqalardan farq qilish uchun u haykaltarosh Charlz Sayksga maskot haykalchasini buyurtma qildi. Rassom qizning orziqib kutayotgani tasvirlangan “Ekstaziya ruhi” haykalini yaratdi.

Charlz Rollsga haykalcha shu qadar yoqdiki, uni brendning barcha avtomobillarida ishlatishga ruxsat oldi.

biznes tarixi, Rolls-Royce

“Rolls-Royce” logotipidagi kompaniya nomi har doim defis bilan yoziladi, bu ikki hammuassis — Charlz Rolls va Genri Roys o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stona munosabatlarni ifodalaydi.

Logotiplar turli yillarda turli ko‘rinishlarga o‘zgargan. 1911-yildan 1920-yilgacha “Ekstaziya ruhi” deb nomlangan mashhur haykalcha ham logotipda ishlatilgan.

biznes tarixi, Rolls-Royce

Omad va muvaffaqiyatsizlik

Deyarli 50 yil davomida, 1950-yillarning oxirigacha, brend o‘zini juda ishonchli his qildi va “Rolls-Royce” biznesmenlar, taniqli shaxslar va hatto monarxiya vakillari tomonidan boshqariladigan premium Britaniya avtomobili qiyofasini shakllantirdi.

Shunday qilib, qirollik oilasi to‘rtinchi va beshinchi avlod Phantom modellarida yurishdi, bu ajoyib reklamaga aylandi va o‘sha yili sotuvlarning keskin o‘sishiga olib keldi.

biznes tarixi, Rolls-Royce

Biroq 1960-yilda hamma narsa o‘zgardi va “Buyuk depressiya” davridan keyin dunyoda yana bir inqiroz avj oldi.

Ammo “Rolls-Royce” shunday barqaror brend bo‘lib tuyuldiki, ma’muriyat iqtisodiy inqiroz uchun biznes strategiyasini qayta yozmaslikka qaror qildi. Bundan tashqari, kompaniya bir vaqtning o‘zida ikkita yirik loyiha — yangi avtomobil modelini chiqarish va reaktiv dvigatelni yaratish ustida ish boshladi.
Biroq, menejerlar xatoga yo‘l qo‘yoshdi, inqiroz davrida xaridorlar soni kamaydi va yangi ishlanmalarga talab kamaydi.
Natijada, brend bir nechta banklardan kredit oldi va keyinchalik bankrot bo‘ldi.

Xaloskorlar

1971-yilda kompaniya rasman to‘lovga layoqatsiz deb e’lon qilindi. Biroq Britaniya jamoatchiligi “Rolls-Royce»ning yopilishiga yo‘l qo‘ya olmadi — brend mamlakat ramzi va milliy boylik hisoblanardi.

Natijada davlat kompaniya kreditlarini qaytarish uchun $250 mln to‘lashga majbur bo‘ldi.

Shu paytdan boshlab kompaniya uchun tender boshlandi. Xarid qilish uchun da’vogarlar “BMW”, “Volkswagen” va “Daimler-Benz” edi.

Savdo nihoyatda keskin o‘tdi va bitim bir necha bor bekor qilindi.

“Daimler-Benz” raqobatdan chiqib ketdi va o‘zining “Maybach” brendini ishlab chiqishga qaror qildi.

Keyin “BMW” va “Volkswagen” raqobatchining narxini yengish uchun tranzaksiya miqdorini bir necha bor oshirdi.
Bir necha oylik muzokaralardan so‘ng murosaga erishildi va “BMW” to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Rolls-Royce” brendini sotib oldi, “Volkswagen” esa “Bentley” huquqini oldi.

Brend bugungi kunda

Sho‘ba korxonalari:

  • Rolls-Royce North America;
  • Rolls-Royce AB;
  • Rolls-Royce Deutschland;
  • Rolls-Royce India Private Limited;
  • Rolls-Royce Marine Power Operations;
  • Vinters Engineering Limited;
  • Rolls-Royce Controls and Data Services;
  • Rolls-Royce Power Systems;
  • Bergen Marine.

Qo‘shma korxonalarga quyidagilar kiradi:

  • Rolls-Royce Turbomeca;
  • MTU Turbomeca Rolls-Royce.
  • “Rolls-Royce” kompaniyasi 2022-yilda jami 6021 ta avtomobil sotdi. Bu 2021-yil oldingiga nisbatan 8%ga ko‘p ko‘rsatkichni tashkil qildi va kompaniyaning deyarli 120 yillik tarixidagi mutlaq rekord bo‘ldi.

Yanvar oyida “Rolls-Royce” matbuot klubi yangi avtomobillarga oldindan buyurtmalar 2023-yil uchun deyarli amalga oshirib bo‘linganini haqida ma’lum qilgandi.

2022-yilda kompaniya tarixidagi elektromobil “Spectre Rolls-Royce” taqdim etildi. “Rolls-Royce” uni 2023-yilning 4-choragida chiqarishni rejalashtirgandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya kabi davlatlar bilan viza tartibini soddalashtiradi

Work and Travel kabi dasturlarda ishtirok etuvchi talabalarning yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi. O‘zbekiston Buyuk Britaniya, Germaniya va Kanada bilan viza tartibini soddalashtiradi. Bu haqda 7-dekabr kuni...

Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til qachon boshlanishi ma’lum qilindi

OTM talabalari, texnikum, kollej va akademik litseylar o‘quvchilari uchun ta’til 25-dekabrdan 7-yanvargacha davom etadi Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til qachon boshlanishi ma’lum qilindi. Bu haqda Oliy...

Kelasi yildan O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilar ekotizimi joriy qilinadi

Ayrim tadbirkorlarga onlayn davlat xaridlarida ishtirok etishda vositachilik yig‘imiga chegirma berilib, qo‘shimcha zakalat kiritilmaydi. 3-dekabr kuni “Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar...

O‘zbekistonlik tikuvchi BBCning 2024-yilgi “100 nafar ayol” ro‘yxatiga kirdi

Dilorom Yo‘ldosheva 40 nafar ayolga tikuvchilikni o‘rgatib, ishchi va maktab o‘quvchilari uchun kiyim-kechak tikishni yo‘lga qo‘ygan. O‘zbekistonlik tikuvchi va tadbirkor Dilorom Yo‘ldosheva 2024-yilgi dunyoning ilhomlantiruvchi va nufuzli ayollarini...

Oktabrda aholi valyuta xaridi va sotuvi o‘rtasidagi farq $600 mlnni tashkil etdi — Markaziy bank

Yil boshidan beri aholi banklarga $13,2 mlrd miqdorida xorijiy valyuta sotgan, ulardan esa $7,72 mlrd miqdorida sotib olgan. Oktabr oyida aholining chet el valyutasini sotish va xarid...

Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz borishlari mumkin bo‘ladi

Endi o‘zbekistonliklar Xitoyda 30 kun davomida vizasiz bo‘lishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi. 1-dekabr kuni O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari o‘rtasidagi kelishuvlarni...