Foydali manbalarBiznes haqidaBiznes tarixi: Cartier zargarlik buyumlar brendi qanday yaralgan?

Biznes tarixi: Cartier zargarlik buyumlar brendi qanday yaralgan?

Har qanday biznes loyihaning, turli brendlarning o‘z tarixi bor. Bugungi kungacha bosib o‘tilgan yo‘l, loyihadagi keskin burilishlar hamda muvaffaqiyatli qadamlar ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi tabiiy.

“Spot” “Biznes tarixi” sahifasini davom etadi. Bu gal qimmatbaho zargarlik buyumlari olamida nom qozongan “Cartier” brendi tarixiga nazar tashlaymiz.

Uning bugungi kungacha qanday shakllangani, qanday jarayon va yo‘llardan o‘tgani ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi mumkin.

Brendning yaratilishi

Zargarlik buyumlari, soatlar va hashamdor narsalar brendi “Cartier” 1847-yilda Parijda tashkil etilgan. Kompaniya dastlab zargarlik do‘koni sifatida tanilgan bo‘lishiga qaramay, vaqt o‘tishi bilan o‘zining innovatsiyalari va nafis dizayni bilan mashhurlik cho‘qqisini zabt etadi.

1920-yillarda “Cartier” soatlar ishlab chiqarishni boshlaydi va 1960-yillarda esa sumkalar, ko‘zoynaklar va aksessuarlar singari hashamatli buyumlarni kengaytiradi. Bugungi kunda mazkur brend mahsulotlari hashamat va nafislik ramzi hisoblanadi.

Mashhur zargarlik brendining tarixi juda oddiy va hatto zerikarli boshlangan. Per Kartier — Napoleon urushlarining faxrli veteranlaridan biri, urush yillarida poroxning kuchiga qat’iy ishongan va porox shoxlarini ishlab chiqarish do‘konini ochgan — to‘ng‘ich o‘g‘lining qiziqishlari va intilishlaridan juda hafsalasi pir bo‘lgan.

biznes tarixi, cartier

Lui-Fransua Kartier otasining qadriyatlariga umuman qo‘shilmaydi, u bolaligidan yaxshi rasm chizgan va urush hamda poroxdan ko‘ra san’at va go‘zallik olamiga ko‘proq qiziqish bildirgan. Ota merosxo‘rning qiziqishini o‘zgartirishga urinmaydi, balki uni Parij zargarlaridan biri Adolf Pikarga shogirdlikka beradi.

Iqtidorli yigit zargarlik hunarmandchiligining barcha sirlarini tezda o‘rganib chiqdi va 1847-yili atigi 26 yoshida o‘qituvchisining ustaxonasini sotib olishga muvaffaq bo‘ladi. Shunday qilib, fransuz zargarlik buyumlari tarixidagi eng mashhur brendni yaratish yo‘lidagi birinchi qadam tashlanadi.

Birgina tasodif va mashhurlik

19-asrda Parijda o‘z ustaxonasiga ega bo‘lish muvaffaqiyatli bo‘lishni anglatmasdi — raqobat juda kuchli, ayniqsa zargarlik dunyosida bu yanada yuqori edi.

Lui-Fransua Kartier uzoq vaqtgacha zargarlik olamining orqa fonida kamtarona faoliyat yuritib, noma’lum hunarmand bo‘lib qoldi.

Agar omadli tasodif bo‘lmaganida, qanchalik sifatli mahsulotlar tayyorlashiga qaramay, bir kun kelib uning mashhur bo‘lishi mumkinligini aytish qiyin edi. Go‘zallik olamida har doimgidek, bu holat ayol bilan bog‘liq edi.

biznes tarixi, cartier

Imperator Napoleon I ning jiyani, malika Matilda o‘z do‘sti grafinya Nieuverkerkda noodatiy broshkalarni ko‘rib qoladi, do‘sti esa shu va yana ikkita broshkani kichik zargarlik do‘konidan sotib olganini aytib maqtanadi.

Shu paytdan boshlab Kartier mashhur bo‘lib ketadi: u haqida gapirishadi, Parijning eng mashhur va boy go‘zallari undan buyurtma berishadi. Va u tobora ko‘proq yangi zargarlik buyumlarini yaratib, ularning qiziqishini oshirib boradi.

Qirollar zargari, zargarlar shohi

Ma’lumotlarga ko‘ra, aynan Lui Kartier birinchi mexanik qo‘l soatini ishlab chiqadi va shu bilan standart erkaklar aksessuari bo‘lgan cho‘ntak soatini almashtiradi.

1917-yilda “Cartier” Birinchi jahon urushi oxirida Parijni ozod qilgan tanklardan ilhomlanib, “Tank” deb nomlangan yangi harakatlarga ega ajoyib soatni yaratadi.

Shuningdek, kompaniya zargarlik dunyosiga platinani ham kiritdi. Platina o‘sha paytda deyarli ishlatilmaydigan noodatiy metall edi. U kumush va oltindan kuchliroq bo‘lib, juda egiluvchan edi, bu usta zargarlarga olmosning yorqinligini oshiruvchi ko‘rinmas qismlarni yaratishga imkon beradi — ular teri bilan qoplanganga o‘xshardi.

biznes tarixi, cartier

Ilhomlanish va tendensiyalarni jalb qilish uchun “Cartier” tabiatdan, jonivorlardan va gullardan ilhomlanadi. Lui ularni eng yaxshi zargarlik buyumlarida qayta yaratishni boshlaydi. Keyinchalik flora va fauna fransuz zargarlik uyining asosiy motivlariga aylanadi.

“Cartier” 20-asrning boshlarida mashhurlikka erishdi, bir nechta qirollik patentlarini oldi va dunyodagi eng nufuzli zargarlik brendlaridan biriga aylandi. Angliya qiroli Eduard VII mashhur iborada Kartierni tilga oladi: “Kartier — qirollar zargarlari, zargarlar shohi.

Nom va logotip

“Cartier” logotipi beqiyos, noyob va nafis ta’mning ramzi, shuningdek, zargarlik buyumlari, parfyumeriya va boshqa hashamatli buyumlarni ishlab chiqaruvchi taniqli ishlab chiqaruvchining yuqori sifati.

Monogramma bir-biriga bog‘langan ikkita “C” harfidan iborat bo‘lib, moda brendining shaxsiy muhri hisoblanadi. Shuning uchun u qog‘oz yorliqlarda ham, mato teglarida ham mahsulotlarni belgilash uchun qulay bo‘lgan yumaloq shaklda.

Mashhur “Cartier” logotipi birinchi marta 1900-yilda Parijdagi Butunjahon ko‘rgazmasida ommaga namoyish etilgan. Nafis monogramma muallifi kompaniya asoschisining nabirasi Per Kartedir.

biznes tarixi, cartier

U 1910-yilda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazadi va bir-biriga bog‘langan ikkita “C” harfi ko‘rinishidagi logotipni patentlaydi. Monogramma vertikal cho‘zilgan ovalga joylashtiriladi. Brendning butun mavjudligi davomida emblema o‘zgarmadi.

Harf logotipi “Crassic” kalligrafik qo‘lyozma qiyalik shrifti yordamida yaratilgan. Bu “Cartier CG” deb nomlangan kompaniyaning imzo shrifti.

Brendning rang sxemasi qat’iy: oq fonda qora tasvir yoki qora rangda oq. Oq rang go‘zallik va mukammallikni, qora rang esa nafosat va olijanoblikni anglatadi.

Faoliyatning kengayishi

1972-yilda zargarlik brendi Shveysariyada soatlarni ommaviy ishlab chiqarishni boshlaydi va 2014-yilda brendning soat biznesi 2,9 mlrd Shveysariya frankiga baholanadi, bu esa “Cartier»ni Shveysariya soat ishlab chiqaruvchilari orasida uchinchi o‘ringa olib chiqadi.

1981-yilda kompaniyaning birinchi parfyumeri “Les Must” taqdim etildi. 1988-yilda uy Richemont guruhining bir qismiga aylandi va 1993-yilda “Vendome Luxury” guruhining a’zosi bo‘ldi.

Keyingi yillarda “Cartier” butiklari ko‘plab mamlakatlarda, jumladan, Ukraina, Qozog‘iston va Ozarbayjonda ham ochildi.

2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan so‘ng savdo uyi Moskva va Sankt-Peterburgdagi o‘z butiklari yopilganini va mamlakatdagi faoliyati to‘xtatilganini e’lon qildi.

Biroq Rossiya bozorini butunlay tark etmadi, bir qancha do‘konlarni ishlashga qoldirdi.

Dunyo bo‘ylab “Cartier»ning 300ga yaqin butiklari mavjud bo‘lib, ularda brendning yuqori darajadagi zargarlik buyumlari va soatlari namoyish etiladi.

“Cartier»ning Londondagi do‘konidagi “La Résidence” xususiy qavati eng yaxshi mijozlar uchun ajratilgan va bar, oshxona, ovqatlanish xonasi va dam olish xonasini o‘z ichiga oladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda...

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...