Foydali manbalarKutubxonaBiznes haqida 10 ta kitob — million dollar ishlash siri.

Biznes haqida 10 ta kitob — million dollar ishlash siri.

Turli xil rivoyatchi biznes trenerlarga aldanib qolmang. Tadbirkorlik haqida bilim olishning, orzuingizdagi million dollar ishlashning arzon va oson yo’li kitoblardir. Quyida tadbirkorlik haqida o’zbek tilida chop etilgan 10ta bestseller kitoblar ro’yxatini taqdim etamiz:

1. Stiven R. Kovi — Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko’nikmasi.

Kitob insonda o’z qadriyatlari to’g’rilab olish, to’g’ri biznes yaratish uchun eng muhimlardan biri hisoblanadi. 38 xil tilda, 40 milliondan ortiq nusxada chop etilgan. “Time” jurnali eng muhim biznes kitoblar safida e’tirof etgan.

2. Jon G. Miller: SOS! Savol ortidagi savol.

Yutuqlarning asosi javobgarlikni, mas’uliyatni o’z bo’yniga olib harakat qilishdan boshlanadi. Shaxsiy javobgarlik haqida AQShlik konsultant Jon G. Millerdan ajoyib kitob. Ayniqsa, boqimandalik kayfiyatidan va dangasalikdan qochish uchun tavsiya qilinadi.

3. Yona Berger: Yuqumlilik. Mahsulot va g’oyalar qanday ommalashadi.

XXI asrda marketingning biznes uchun ahamiyati har doimgidan muhim. Lekin, mahsulotni tanitish uchun Coca Cola yoki Apple kabi milliardlab dollar sarflash shart emas. Yona Berger xarajatsiz qanday qilib mahsulot va g’oyalarni ommalashtirish bo’yicha tavsiya beradi.

4. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo’li.

Tadbirkorlik katta hajmdagi ish, pul va kadrlarga javobgarlikdir. Doimiy shoshib yurish, vaqt yetishmovchiligi asosiy muammolardan biridir. Brayan Treysi taym-menejment bo’yicha o’z tavsiyalarini beradi. Samaradorlikni oshirish uchun ajoyib kitob.

5. Uolter Ayzekson: Stiv Jobs.

Biznes tarixida eng muvaffaqiyatli insonlardan biri haqida eng zo’r kitob. Siz qanday qilib ota-onadan yetim qolgan bola garajda dunyoning eng katta kompaniyasiga asos solganiga guvoh bo’lasiz. Mijozlar sevadigan mahsulot yaratish, muvaffaqiyat va qoqilishlar, xarakterdagi muammolar, Stiv Jobs haqida hammasi ochiqchasiga yozilgan.

6. Henri Ford: Mening hayotim.

Boshqa bir buyuk tadbirkor Henri Ford o’z kitobida hayot yӯli, fikrlari, qanday qilib innovatsiyalar qilganligi, ijtimoiy adolat yaratish mezonlari, biznesning jamiyatga foydasi haqida yozadi.

7. Toni Shey: Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet-do’kon tarixi.

Internet orqali oyoq kiyim sotishdan boshlangan startap xizmat ko’rsatish sohasida dunyoning eng innovatsion kompaniyalaridan biriga aylanishi, uni Amazonga 1.2 milliard dollarga sotilishi haqida qiziqarli tarix. Kitobda korporativ madaniyat, xizmat sifatini oshirish, xodimlarni boshqarish, startap yaratish haqida bebaho ma’lumotlarni olasiz. Yangi zamon bizneslari uchun o’qish shart bo’lgan kitob.

8. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar.

Tadbirkor Alisher Isayev hayotini o’zgartirgan kitob sifatida e’tirof etgan asar. Kitobda ko’plab muvaffaqiyatli insonlar, tadbirkorlar, sportchilar, olimlar va advokatlar hayotlari tahlili asosida muvaffaqiyatning biz ko’rmagan qonunlari ochib beriladi. Har bir yosh o’qishi shart bo’lgan kitob.

9. Kel Nyuport : Diqqat. Chalg’ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari.

Bugun ijtimoiy tarmoqlar, turli xil interaktiv xizmatlar bizni hayotdagi asosiy maqsaddan chalg’itmoqda. Biz umrimizni asosan o’zimiz bilmasdan eng muhim bo’lmagan narsalarga sarflayapmiz. XXI asrda muvaffaqiyat diqqatini jamlab chalg’imasdan harakat qilganlar qo’lida ekanligi AQShlik professor tomonidan tahlil qilingan.

10. V.Chan Kim, Rene Moborn: Moviy ummon strategiyasi.

Bozorda raqobat kundan-kunga kuchaymoqda. Bu savdoga, biznes rivojiga qiyinchiliklar yaratadi. AQShlik professorlar raqobatlardan holi bozor yaratish va unda o’z mahsulotini sotish bo’yicha ajoyib tavsiyalarni berishadi. Tajribali tadbirkorlar o’qishi shart bo’lgan kitob.

Yuqoridagi har bir kitob o’z sohasida millionlab so’mga trening sotayotgan qo’shtirnoq ichidagi biznes trenerlardan ko’proq ma’lumot beroladi. Yanada yaxshisi, ushbu 10ta kitobni o’qib tugatsangiz, biznes bo’yicha nazariy va amaliy eng foydali bilimlarga ega bo’lasiz.

Aldanib qolmang, millionlab pullarni va umringizni umrida bitta biznes yuritolmagan insonlarga sarflamang. Shunchaki kuniga 30-40 betdan kitob o’qishingiz biznes haqida asosiy bilimlarni olishingizga yetarli bo’ladi.

Foydali manbalar

So‘nggi kitoblar

Thompson school asoschisi Shahzod Bahodirov tavsiya qilgan 5ta kitob

Shahzod Bahodirov 1997-yil 12-dekabrda Buxoroning G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Singapur menejmentni rivojlantirish institutini tamomlagan. “Thompson school” nodavlat ta’lim muassasasi asoschisi va direktori ta’limdagi tadbirkorlik faoliyatini 2018-yilda boshlagan....

O‘zbek tilida biznes haqidagi TOP-5 kitob

Charlz Uilan. “Yalang‘och iqtisodiyot”. Jon Devid Mann, Devid Bax. “Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari”. Filip Kotler. "Zamonaviy marketing. Har bir tadbirkor bilishi zarur...

Legalmax boshqaruvchi hamkori Muxammadali Maxmudov tavsiya qilgan 5ta kitob

Muxammadali Maxmudov 2003-yildan buyon “Legalmax” kompaniyasining boshqaruvchi hamkori. Uning patent vakili va advokat bo‘lib faoliyat yuritgani “Chambers Global” va “The Legal 500” tomonidan e’tirof etilgan. Kitobga bo‘lgan ishtiyoqim yoshligimdan...