Foydali manbalarBiznes haqidaBiznes g‘oya: Toshkentda qanday qilib qahvaxona ochish va undan qancha daromad olish...

Biznes g‘oya: Toshkentda qanday qilib qahvaxona ochish va undan qancha daromad olish mumkin?

Columbina Coffee Boutique hammuassisi Ruslan Mamutov Spotga Toshkentda qahvaxona ochish, xodimlarni yollash va muassasani to‘g‘ri targ‘ib qilish haqida so‘zlab berdi.

Maqolada keltirilgan barcha ma’lumotlar faqat tanishish uchun berilgan. Raqamlar taxminiydir va individual holatga qarab farq qilishi mumkin.


Nimadan boshlash kerak?

Har bir biznes falsafani ishlab chiqishdan boshlanadi. Siz qahvaxonani faqat u modada ekanligi uchun ochmasligingiz kerak, bularning barchasi ortida juda ko‘p mehnat yotadi. Agar muassasaning o‘ziga xosligi bo‘lmasa, tadbirkor doimo biznesni saqlab qolishga harakat qilishga majbur bo‘ladi.

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, qahvaxonaning o‘ziga xos tomoni bo‘lmasa — juda qiyin. Misol uchun, bizda bir xususiyat bor — qahvaning 100 dan ortiq navlari mavjud, ularni o‘zimiz olib kelib qovuramiz.

Bizning qahvaxonamiz konsepsiyasi 2012-yilda paydo bo‘lgan. Ayolim bilan ko‘p sayohat qilardik va har doim shunday shinam joylarni yaxshi ko‘rganmiz. Bizga egalarining o‘zlari oshpaz va menejer sifatida ishlashi mumkin bo‘lgan muassasalar g‘oyasi yoqdi.

biznes boshlash, biznes g'oya, qahva, qahvaxona

Foto: Columbina Coffee Boutique

2018-yilda biz “Columbina Coffee Boutique“ni ochdik, endi esa biznesni kengaytirib, franchayzing ochishni rejalashtirmoqdamiz.

Muassasa o‘z konsepsiyasini topishi uchun tadbirkor jarayonga to‘liq kirishishi, o‘z biznesini o‘rganishi, har tomonlama rivojlanishi kerak. Ayni paytda, bar oldida o‘zingiz turishingiz shart emas. Shuningdek, maqsadli auditoriyani o‘rganish va yangi mahsulot qanchalik talabga ega bo‘lishini tushunish ham muhimdir.

Keyinchalik, minimal biznes-reja tuzish kerak: xavflarni hisoblash, kutilmagan xarajatlar haqida o‘ylab qo‘yish zarur. Hisob-kitobsiz biznesga kirish — xato. Shuni ham yodda tutish kerakki, birinchi kundayoq mehmonlar to‘dasi bo‘lmaydi, shuning uchun siz reklamaga sarmoya kiritishingiz kerak.

Biznes-rejani hisoblab chiqqandan so‘ng, mutaxassislarni jalb qilish kerak: kofe ichimliklar tayyorlash uchun yaxshi barista, oshpaz (agar oshxona bo‘lsa) va hokazo.

Keyin tadbirkor ovqatlanish punktini xususiy korxona yoki MChJ sifatida ro‘yxatdan o‘tkazadi va biznesni yo‘lga qo‘yadi. Agar muassasada spirtli ichimliklar bo‘lmasa, unda maxsus litsenziyalar talab qilinmaydi.

Qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish mumkin?

O‘zbekistonda firmani bir kunda ochish mumkin. Qahvaxona uchun maxsus ruxsatnomalar talab qilinmaydi, tadbirkor shunchaki kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazadi, bankda hisob raqamini ochadi va ish boshlaydi.

Kerak bo‘ladigan hujjatlar:

  • ta’sischining pasporti;
  • yuridik manzil (qahvaxona bo‘ladigan joy).

Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng sertifikat beriladi. Bank hisobini ochish uchun ushbu hujjat va direktor tayinlash to‘g‘risidagi buyruq talab qilinadi. Keyinchalik, soliq idorasida ro‘yxatdan o‘tishingiz, kassa apparati va terminal qurilmasini olishingiz kerak.

biznes boshlash, biznes g'oya, qahva, qahvaxona

Origo (Ruminiya). Foto: Pinterest

Boshlang‘ich xarajatlar

Shahar markazidan sal narida loft uslubidagi qahvaxonani ochish uchun kamida 200 mln so‘m kerak bo‘ladi. Bu miqdor qo‘shimcha oshxonasiz kichik muassasa yaratish uchun yetarli.

Obyekt Miqdor (somda)
Texnika (qahva mashinalari, qahva maydalagich va h.k) 40 000 000 dan
Mebel 20 000 000 dan
Birinchi xarid (oziq-ovqat, idish-tovoq va b.) 15−20 000 000 dan
Ta’mirlash 60−80 000 000 dan
Bino ijarasi Oyiga 7 000 000 dan

Qahvaxonamizning boshlang‘ich kapitali qariyb 350 mln so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, bizda buyurtmalarni hisoblash uchun maxsus jihozlar mavjud. U monitor va termoprinterni o‘z ichiga oladi va 6 mln so‘mga yaqin turadi. Katta bo‘lmagan muassasaga hisobotlarni to‘ldirish uchun noutbuk ham kerak bo‘ladi.

Targ‘ib qilish, reklama

Qahvaxonani reklama qilish alohida byudjet talab qiladi. Loyihaning bozorda e’tiborga tushishi uchun siz to‘g‘ri keladigan agentlik topishingiz kerak. Bu arzon ish emas, oyiga taxminan 6 mln so‘m talab qilinadi. Biz asosan “Instagram«dan foydalanamiz. Bir yildan kamroq vaqt ichida 6 mingga yaqin obunachiga ega bo‘ldik.

biznes boshlash, biznes g'oya, qahva, qahvaxona

Foto: Columbina Coffee Boutique

Qahvaxona ochish qanchalik foyda keltiradi?

Dastlab, tadbirkor kamida olti oy davomida o‘z muassasasi aholi orasida mashhur bo‘lgunga qadar uning hayotiyligini saqlab qolishini kutishi kerak. Olti oy ichida biznes nolga tushishi, agar mahsulot yuqori sifatli bo‘lsa, undan daromad olish mumkin.

Investitsiya qilingan 350 mln so‘mni “chiqarib olish” uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Masalan, biznikidek muassasa uchun bir yarim yil vaqt ketadi.

Qahvaxona biznesidagi marja nisbati ishlab chiqarish tannarxining yarmidan bir oz kamroq. Shuni hisobga olish kerakki, qahvaxona kommunal xizmatlar uchun katta xarajatlarni nazarda tutadi — oyiga kamida 2,5 mln so‘m.

Joylashuv. Agar siz yoshlar uchun qahvaxona ochmoqchi bo‘lsangiz, universitetlarga yaqin yerlardan joy izlash kerak. Bu eng qimmat universitetlar bo‘lmasa ham, umuman olganda, ular muassasa konsepsiyasiga mos kelishi kerak.

Odatda yoshlar to‘planadigan savdo yoki biznes markazlariga yaqin bo‘lish foydali bo‘ladi.

biznes boshlash, biznes g'oya, qahva, qahvaxona

Vue de monde (Melburn). Foto: Pinterest

Kadrlar masalalari

Biz xodimlarni asosan internetdan: “Telegram” va “Instagram»dan qidiramiz. Avval eng yaxshi baristani topish kerak. O‘tirish joylari bo‘lgan muassasa bo‘lsa, ofitsiantni ishga olish afzaldir.

Agar barista ofitsiant sifatida ham ishlasa, unda sifat va vaqt yo‘qotadi. Albatta kassir ham kerak. Bizda prinsipial yondashuv bor: oziq-ovqat bilan ishlaydigan odamlar pul bilan bog‘liq bo’lmaydi.

Ko‘pgina muassasalarda kassa barning o‘zida joylashgan, bu gigiyena nuqtai nazaridan noto‘g‘ri. Va, albatta, malakali menejer ham bo‘lishi kerak. Bu bizning oilaviy biznesimiz, direktor — mening ayolim. U ishni to‘liq tashkillashtiradi: mehmonlar bilan to‘g‘ri muloqot qilish, mijozlarga e’tibor berish, mahsulot taqdimoti kabi vazifalarni bajaradi. Menejer esa unga yordam beradi.

Ertalab barista qahva mashinasini yoqadi va o‘ziga bir chashka qahva tayyorlaydi. Va agar bu chashka qahva uni iste’molchi sifatida qoniqtirsa, u holda bizning tashrif buyuruvchilarimizga uni taklif qilish mumkin.

Yaxshi nom qozonish juda qiyin va siz uni qisqa vaqt ichida yo‘qotishingiz ham mumkin.

biznes boshlash, biznes g'oya, qahva, qahvaxona

Foto: Pinterest

Hammasi bo‘lib sizga taxminan 10 kishi kerak bo‘ladi. Smenali ish jadvali individual ravishda tanlanishi va ba’zida xodimlarning charchoqni his qilmasliklari uchun o‘zgartirilishi mumkin.

Xarajatlarning alohida qismi — ish haqi hisoblanadi. Ofitsiantning o‘rtacha bozor maoshi kuniga 100 000 so‘mdan boshlanadi. Barista kuniga 150 ming so‘mdan oladi. Agar siz menejerni ishga qabul qilsangiz, uning maoshi ham shunday bo‘ladi.

Ba’zi muassasalarda menejer kelishuv asosida kassir vazifalarini bajarishi mumkin. Toshkentdagi qahvaxonalardagi kassirlar kuniga o‘rtacha 80−90 ming so‘mdan oladi.

 

Kichik qahvaxonaga maoshi kuniga kamida 100 ming so‘m bo‘lgan texnik xodim kerak bo‘ladi. Agar qahvaxonaning o‘z oshxonasi bo‘lmasa, oshpaz kerak emas.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Yoshlar va ayol tadbirkorlar loyihalariga 5 trln so‘m yo‘naltiriladi

2025-yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturga 10 mlrd ajratiladi. Bu yo‘nalishdagi tadbirkorlar uchun 120 trln so‘m resurs beriladi. 2025-yilda kichik va o‘rta...

Kichik va o‘rta biznes uchun yangi talablarga uch yillik moratoriy joriy etiladi

Endi oxirgi uch yillik aylanmasi 10 mlrd so‘mdan oshmagan va soliqdan qarzi bo‘lmagan korxonani ixtiyoriy tugatishda tekshiruv o‘tkazilmaydi. Kichik va o‘rta biznes uchun yangi talablarga uch...

Joriy yilgi qabul uchun test topshiriqlari soni va baholash tartibi tasdiqlandi

Abituriyentlarga jami 5 ta fan bo‘yicha 90 ta test topshirig‘i beriladi hamda 189 ballgacha to‘plash mumkin. 2025/2026-o‘quv yili qabuli uchun test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha topshiriqlar soni...

Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning faxriy legion ordeni bilan mukofotlandi

Fransiya prezidenti “ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” Shavkat Mirziyoyevni oliy mukofot — Faxriy legion ordeni...

Fransiya kompaniyalari O‘zbekistonga 6,5 mlrd yevrolik investitsiya kiritmoqchi

Prezident Mirziyoyev Fransiyaning yirik kompaniyalari bilan 6,5 mlrd yevrolik qo‘shma loyihalarni muhokama qildi. “Biz Fransiyaning katta tajriba va bilimlarini qo‘llashdan manfaatdormiz”, — dedi u. Mablag‘lar konlarni o‘zlashtirish,...

2025-yilda tadbirkor ayollar loyihalariga qo‘shimcha $200 mln yo‘naltiriladi

Mablag‘lar belgilangan banklarning “Hamroh” hamda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida taqdim etiladi. 7-mart kuni xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan xotin-qizlarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash...