Matbuot xizmatiYangiliklarAyrim tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha kreditlar garovsiz beriladi

Ayrim tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha kreditlar garovsiz beriladi

“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishni takomillashtirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, oilaviy dasturlar bo‘yicha kreditlar foizi yillik 14%dan oshmaydi. Bunda:

  • kreditlar ustuvor ravishda dasturlar bo‘yicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga ajratiladi;
  • dasturlar doirasida ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan va kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lagan kichik tadbirkorlarga o‘z faoliyatini yanada kengaytirishi uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, hokimliklar dehqon xo‘jaliklariga yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda “bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulotlar yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlar bozorini topishga ko‘maklashadi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi narxlar asossiz o‘sishining oldini olish, yetkazib berilayotgan mahsulotlar (ko‘rsatilayotgan xizmatlar) narxlarining hududdagi ichki bozor narxlariga mutanosib bo‘lishini ta’minlaydi.

Hokim yordamchilarining kredit ajratish bo‘yicha tavsiya berishiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shu bilan birga, “marketpleys” tizimi “E-aktiv” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.

Dasturlar doirasida 50 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar prezident qaroriga asosan zargarlik ishi yo‘nalishi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olgan shaxslarga zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va asbob-uskunalar sotib olish uchun beriladi.

Shuningdek, agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish maqsadida uzoq muddatga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olgan dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlarga ajratiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Kelgusi 2 yilda ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlashga 2 trln so‘m ajratiladi

Taʼsischisi yoki rahbari ayol bo‘lgan kompaniyalarga 10 mlrd so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi. Prezident xotin-qizlarning kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari kengaytirilishi bo‘yicha farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy...

2026-yildan kartoshka yetishtiruvchilarga imtiyozli kredit beriladi, ayrim texnikalarga boj bekor qilinadi

Shuningdek, ularga sug‘orish nasoslariga quyosh panellari o‘rnatish va elektr xarajatlari uchun kompensatsiyalar ajratiladi. 2026-yildan kartoshka yetishtiruvchilar uchun yangi imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi. Bu haqda 2-dekabr kuni...

Bog‘dorchilik xo‘jaliklariga intensiv bog‘ tashkil qilish uchun 14% li imtiyozli kredit beriladi

Shuningdek, muzlatkichli omborlar uchun kredit foizining bir qismi va qadoqlash xarajatlarining 50%i qoplab beriladi. Avvalroq prezident ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib...

Prezident butun mamlakatda havo ifloslanishiga qarshi choralarni kuchaytirishni topshirdi

Barcha hududlarda xavfli chiqindilarni xatlovdan o‘tkazib, qayta ishlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha kamida 1 tadan loyihani boshlash, yagona monitoring platformasini ishga tushirish ko‘zda tutilgan. 1-dekabr kuni...

O‘zbekiston sun’iy intellekt moduliga ega Samarqand-2028 sun’iy yo‘ldoshini ishlab chiqmoqda

Sun’iy intellekt yordamida tibbiy suratlarni tahlil qilish tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan. Shuningdek, u orqali yo‘llardagi qoidabuzarliklarni avtomatik aniqlash tizimini yaratish taklif qilindi. Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni...

O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish instituti tashkil etiladi

Institut yashirin iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy sabablarini tahlil qilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. Avvalroq prezident “Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari...