Matbuot xizmatiYangiliklarO‘qituvchilar farzandlari uchun kontraktga 30% chegirma berish rejalashtirilmoqda

O‘qituvchilar farzandlari uchun kontraktga 30% chegirma berish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda davlat OTMlarida o‘qiyotgan o‘qituvchilar farzandlari uchun kontraktga chegirma berish rejalashtirilmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bu bo‘yicha hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Chegirma kelasi o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt summasining 30%i miqdorida qo‘llanilib, u o‘qishga qabul qilingan hamda o‘qiyotgan talabalarga tatbiq etiladi.

Bunda chegirma har o‘quv yili uchun bir marotaba berilib, faqat bazaviy kontrakt (stipendiyasiz) uchun amal qiladi.

Arizalar kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuboriladi. Pedagog maqomi “Elektron hukumat” tizimi orqali avtomatik tekshiriladi. Ota yoki ona pedagog maqomini yo‘qotsa, keyingi o‘quv yilidan chegirma bekor qilinadi.

Hujjatlar mas’ul bo‘linma tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi, agar ariza qabul qilinsa shartnoma shakllantiriladi, uni OTM va talaba tasdiqlashi kerak.

Talabgorlarga chegirmalar to‘g‘ri belgilanishini OTM rektori yoki filial direktori, mas’ul bo‘linma boshlig‘i, bosh buxgalteri va auditori doimiy nazorat qilib boradi. Agar chegirma noto‘g‘ri qo‘llansa, mas’ul bo‘linma hamda buxgalteriya mablag‘larni qaytarishi kerak.

Loyiha bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin. Fikr-mulohazalar 29-maygacha qabul qilinadi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistondagi 10 mingdan ortiq maktab Canva‘dan uch yil bepul foydalanadi

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi Canva kompaniyasi bilan grant kelishuvini imzoladi. O‘zbekistondagi 10 mingdan ortiq umumta‘lim maktablari Canva for Education platformasidan uch yil davomida bepul foydalanadi....

O‘zbekistonda yagona raqamli platforma joriy etiladi, takrorlanuvchi tizimlar taqiqlanadi

Platforma 2027-yil iyuligacha ishga tushirilishi, 2028-yil oxirigacha kamida 5 mingta ma‘muriy funksiyani raqamlashtirishi rejalashtirilgan. Prezidentning Raqamli hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha qarori qabul qilindi. Hujjat Lex.uz...

Ishbilarmonlik tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga QQSning yarmi qaytariladi

Buning uchun tadbir yakunlanganidan so‘ng 3 oy ichida Turizm qo‘mitasiga murojaat qilish talab etiladi. O‘zbekistonda MICE (ishbilarmonlik) turizm tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga amalda to‘langan QQSning 50%i...

O‘zbekistonda davlat boshqaruvining yagona raqamli platformasi joriy etiladi

Yangi tizim dastlab Toshkentda sinov tariqasida ishga tushiriladi, 2027-yildan esa barcha hududlarga bosqichma-bosqich joriy etiladi. Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini joriy etish,...

Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi talablari tasdiqlandi

Yangi yo‘riqnoma tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularning markirovkasiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilaydi. Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar...

O‘zbekiston qish uchun 120 ming tonna avtobenzin zaxirasini yaratadi

Shuningdek, mavsum davomida issiqlik elektr stansiyalariga 4,16 mln tonna ko‘mir yetkazib berilishi prognoz qilinmoqda. 6-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev neft-gaz tarmog‘ida navbatdagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining...