Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonliklar Qurbon hayitida necha kun dam oladi?

O‘zbekistonliklar Qurbon hayitida necha kun dam oladi?

Bu yil Qurbon hayiti 27-may — chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Shu bois o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladi.

O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olishi kutilmoqda.

O‘tgan yili dekabrda qabul qilingan prezident farmonida (PF-257-son) qo‘shimcha dam olish kunlari tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, 28−29-may kunlari barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi. Haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun esa 30-may — shanba kuni ham dam olish kuni etib belgilangan.

Joriy yilgi Qurbon hayiti bayrami esa 27-may kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

Shundan kelib chiqib ish haftasi turidan qat‘i nazar, o‘zbekistonliklar quyidagi kunlarda dam olishi mumkin:
  • 27-may, chorshanba — Qurbon hayiti;
  • 28-may, payshanba — qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 29-may, juma — qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 30-may, shanba — 6 kunlik ish haftasi uchun dam olish kuni;
  • 31-may, yakshanba — odatiy dam olish kuni.

Hozirda Qurbon hayitining aniq sanasi rasman tasdiqlanmagan.

Maʼlumot uchun, joriy yilgi Ramazon hayiti 20-mart kuni nishonlangandi. Unda 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar 4 kun, 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar esa 3 kun dam olgan edi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...