Matbuot xizmatiYangiliklarNogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 1% bo‘lishi mumkin

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 1% bo‘lishi mumkin

Deputatlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini xalqaro standartlar asosida yana-da mustahkamlash, ularning odil sudlovdan to‘liq va teng foydalanishini taʼminlash hamda ijtimoiy himoya tizimini manzilli va samarali tashkil etish nazarda tutilmoqda.

Xususan, qonun loyihasida Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestri negizida shakllantirilgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yagona mexanizmini joriy etish taklif qilingan.

Unga ko‘ra, ijtimoiy xizmatlar, nafaqalar, imtiyozlar va boshqa kafolatlar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga taqdim etiladi.

Shuningdek, Soliq kodeksiga nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta‘minlashni rag‘batlantirishga qaratilgan qator imtiyozlar kiritilmoqda.

Jumladan, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan yuridik shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilanishi taklif etilgan.

Nogironligi bo‘lgan xodimlarga yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ayrim xarajatlarni soliq bazasidan chegirish, shuningdek, nodavlat bog‘cha va maktab ta‘limi uchun beriladigan daromad solig‘i imtiyozlarini o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetmagan shaxslar oilalariga ham tatbiq etish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnat qilayotgan korxonalar uchun mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qo‘shimcha yengilliklar berish taklif qilingan.

Qonun loyihasi bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy bo‘linmalarini ortiqcha to‘langan nafaqalarni undirish bo‘yicha sudga murojaat qilishda davlat bojini to‘lashdan ozod etish ham belgilanmoqda.

O‘tgan yilning iyulida nogironligi bo‘lganlar bandligini ta‘minlagan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilangandi. Bitta tashkilot nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun jami 500 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiya olishi qayd etilgandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...