Matbuot xizmatiYangiliklarMaosh 1800 yevro: o‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga ishga taklif qilinmoqda

Maosh 1800 yevro: o‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Italiya klinikalari bilan hamkorlikda Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi bitiruvchilari bepul italyan tili kurslarida o‘qitiladi. Mashg‘ulotlar tibbiyot terminologiyasiga asoslanadi hamda onlayn shaklda bo‘lib o‘tadi.

Tayyorlov bosqichi yakunlangach, ish beruvchi suhbatidan muvaffaqiyatli o‘tganlar Italiyaning Milan shahrida 1 800 yevro oylik maoshi to‘lanadigan ish bilan taʼminlanadi.

Taʼkidlanishicha, dastlabki 10 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis Milan shahrida italyan tibbiyoti standartlari bo‘yicha tajriba orttirishni boshlagan.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Dunyoda minimal ish haqi eng yuqori boʻlgan davlatlar maʼlum qilindi

Tahlil uchun Xalqaro mehnat tashkilotining 2024-yilgi maʼlumotlaridan foydalanilgan. Bunda ish haqining oddiy nominal miqdori emas, balki xarid qobiliyati pariteti - yaʼni turli davlatlarda tovar va...

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-sentabr kuni kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mamlakatimizda...

O‘zbekistonda oktabr-noyabr oylarida biznesni ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlari hamda milliy statistika tizimida islohotlarni jadallashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda iqtisodiy faoliyatni to‘liq statistik hisobga olish...

Mehmonxonalar uchun yer va mol-mulk solig‘i imtiyozlari 2030-yilgacha saqlanadi

Avvalroq Spot Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilingani haqida xabar berilgandi. 27-avgustdagi farmonda turizm va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini...

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, xalqimizni ulugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi. Davlatimiz...

To‘rtta hududda 2,4 GVt quvvatga ega yangi elektr stansiyalari va saqlash tizimlari ishga tushirildi

O‘zbekistonning turli hududlarida uchta yangi elektr stansiyasi va uchta elektr energiyasini saqlash tizimi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Ular 25-avgust kuni mustaqillikning 35 yilligi munosabati...