Matbuot xizmatiChatGPT o‘zbek tilini ishonch bilan tushunmoqda — OpenAI

ChatGPT o‘zbek tilini ishonch bilan tushunmoqda — OpenAI

O‘zbekiston OpenAI kompaniyasi bilan birgalikda sun’iy intellekt sohasida bir nechta loyihalarni amalga oshirmoqda. Bu haqda Prezident Administratsiyasi Moliyaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt va raqamlashtirish departamenti rahbari o‘rinbosari Hikmatilla Ubaydullayev ma’lum qildi.

Tomonlar o‘tgan hafta oxirida bo‘lib o‘tgan onlayn uchrashuvda hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollarini muhokama qildilar. Muzokaralarda OpenAI nomidan kompaniyaning ta’lim va hamkorlik yo‘nalishlari rahbarlari Valeri Fokke, Dips Patel, Shaig Ali va Karlotta Serrano ishtirok etdi.

Asosiy mavzulardan biri O‘zbekistonda ChatGPT Edu ta’lim platformasining ishga tushirilishi bo‘ldi. Tizim o‘qituvchilar va talabalarga til modellari bilan ishlash uchun himoyalangan muhit, sun’iy intellekt yordamchilari va o‘quv materiallarini yaratish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, tomonlar sun’iy intellektga asoslangan shaxsiylashtirilgan ta’limni joriy etish masalalariga to‘xtaldilar. Bu sun’iy intellekt har bir o‘quvchining ehtiyojlari, sur’ati, bilim darajasi va qiziqishlariga moslashtiriladigan yondashuvdir. Tizim individual topshiriqlar berishni soddalashtiradi, ishlarni tekshirishni avtomatlashtiradi va o‘qituvchilar uchun byurokratiyani kamaytiradi.

“Bu bolaga dasturda belgilangan narsalarni emas, balki u haqiqatan ham tushunishi kerak bo‘lgan narsalarni tushuntirish tizimiga yo‘l ochadi. Kasrlarni bilmaydiganlar uchun endi logarifmlar yo‘q”, — dedi Ubaydullayev.

OpenAI kurslari va ekspertizasi One Million AI Leaders milliy tashabbusiga qo‘shimcha bo‘lib xizmat qiladi. Ular yordamida o‘zbekistonlik o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar jahon standartlari bo‘yicha sun’iy intellekt bilan ishlashni o‘rganishlari mumkin.

Bundan tashqari, til modellarini mahalliy sharoitga moslashtirish uchun o‘zbek tilida ma’lumotlar korpusini yaratish mavzusiga ham to‘xtalib o‘tildi. OpenAI vakillari o‘z modellari “o‘zbek tilini ishonch bilan tushunishini” ta’kidlab, bu yo‘nalishda hamkorlikda ishlashga qiziqish bildirdi.

Tomonlar uchta yo‘nalish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishib oldilar:

  • O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ChatGPT Edu dasturini joriy etish;
  • ommaviy sun’iy intellekt ta’limini rivojlantirish;
  • startap loyihalar va xakatonlarni qo‘llab-quvvatlash.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

17-sentabrdagi hukumat qarori bilan pedagoglarning davlat OTMlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi

Joriy yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 2026-yil uchun...

Hamshiralar va tibbiyot og‘alari hamda oilaviy shifokorlarga yangi ustamalar belgilandi

O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy maqomi va malakasini oshirishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi. 2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va...

Amir Temur xiyoboni yaqinida $400 mlnga biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Saida Mirziyoyeva Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik arxitektura loyihalari tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgandi. Unda ixtisoslashgan studiyalar va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, shuningdek, mustaqil ekspertlar...

“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev

Avvalroq prezident raisligida Toshkentni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Prezident o‘z nutqida mamlakatda...

Talabalar shaharchasida xavfsiz muhit va raqamli boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Yurt taraqqiyoti va uning kelajagi ilm-fanga intiluvchan, bilimli va...