Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida"gi qonun eskirgan va uni qayta ko‘rib chiqish kerak...

O‘zbekistonda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun eskirgan va uni qayta ko‘rib chiqish kerak — prezident

Qayd etilishicha, favqulodda hodisalarning 70% dan ortig‘i aholi uylarida asboblarning nosozligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, sohada 30 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lsa-da, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha yaxlit dastur hanuzgacha mavjud emas.

Bundan 16 yil avval qabul qilingan “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun bugungi kun talablariga javob bermaydi, deyiladi xabarda. Shu bois xavf-xatarlarni oldindan baholab, imkon qadar tez va samarali harakat qiladigan proaktiv tizim yaratish vazifasi qo‘yilgan.

Taqdimotda mutasaddi rahbarlar joriy holat bo‘yicha tahlil natijalari, aniqlangan muammolar va amaliy takliflar yuzasidan axborot berdi.

Yig‘ilishda profilaktika ishlari bugungi kunda asosan davlat tuzilmalarida olib borilayotgani qayd etildi.

Shu bilan birga, favqulodda hodisalarning 70% dan ortig‘i — aholi xonadonlarida gaz va elektr jihozlarining nosozligi yoki eskirganligi, shuningdek, oddiy xavfsizlik madaniyatiga rioya qilmaslik oqibatida ro‘y bermoqda.

Prezident tizim ishini mahalla darajasida yo‘lga qo‘yib, har bir ko‘cha va xonadonni favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari bilan qamrab olish, xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, raqamli infratuzilmani barpo etish, favqulodda holat signali kelishidan to uni bartaraf etishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish, yangi ish mexanizmlarini joriy qilish vazifasi qo‘yildi.

Tezkorlikni oshirish uchun zamonaviy texnika va uskunalar sonini ko‘paytirish, ularni mamlakat ichida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozim. Bundan tashqari, texnogen xavflarning yangi turlarini o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish imkonini beradigan kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish topshirildi.

Mirziyoyev dual ta’lim va malaka oshirish markazini tashkil etish, professional qutqaruvchilar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, FVV Akademiyasida ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

1-maydan tadbirkorlarga quyosh panellari uchun 16% li kredit ajratiladi

Prezident raisligida 18-mart kuni Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Unda aholi chorvani uyda boqib, bahor-yoz faslida dalaga olib chiqishga...

Sanoat, taʼlim, Yevropaga migratsiya: Qashqadaryo viloyati qanday rivojlantiriladi?

Prezidentning Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qarori qabul qilindi. Hujjat (PQ-96-son) Lex.uz portalida eʼlon qilindi. Hujjatga ko‘ra, 2026-yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 8,2% ga, sanoat ishlab...

Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi ochildi

Shavkat Mirziyoyev 17-mart kuni jamoatchilik vakillari bilan birgalikda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Markaz Toshkentning Hazrati Imom majmuasi hududidagi...

52 km masofa 35 daqiqada va tirbandliklardan holi: Toshkent-Chorvoq pulli yo‘li 3 yilda quriladi

Toshkent-Chorvoq pulli avtomobil yo‘lining qurilishi yo‘lga ketadigan vaqtni ikki barobarga qisqartirish imkonini beradi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Avtoyo‘linvest agentligi direktori Asliddin...

O‘zbekistonda sunʼiy intellektdan foydalanish bo‘yicha etika qoidalari tasdiqlandi

Sunʼiy intellektni yaratish, joriy qilish va foydalanish bo‘yicha etika qoidalari tasdiqlandi. Bu bo‘yicha tegishli hujjat (3787-son) Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu qoidalar sunʼiy intellektga asoslangan...

O‘zbekistonda sutkalik elektr energiyasi iste‘moli bo‘yicha rekord yangilandi

O‘zbekistonda mart oyida elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi, deya xabar berdi Energetika vazirligi. Xususan, 11-mart kuni mamlakat bo‘yicha sutkalik elektr energiyasi iste’moli 267...