Matbuot xizmatiYangiliklar15-maydan Work and Travel dasturi uchun ssuda ajratish boshlanadi

15-maydan Work and Travel dasturi uchun ssuda ajratish boshlanadi

Arizalarni davlat xizmatlari markazi yoki Yagona portal orqali jo‘natish mumkin bo‘ladi. Talabalarga 15 mln so‘mgacha qarz beriladi.

Hukumatning 2-maydagi qarori bilan Work and Travel dasturida ishtirok etuvchilarga ssuda ajratiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanalida ma’lum qilindi.

Ushbu tartib 15-maydan joriy etilib, xalqaro dastur doirasida yoshlarga ishlash va sayohat qilish uchun xorijiy davlatlarga borish-kelish hamda boshqa xarajatlarini qoplashga ssuda beriladi.

Bunda mablag‘lar ajratiladigan davlatlar qatoriga AQSh, Kanada, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya hamda Yangi Zelandiya kiritilgan.

Nomzodlar arizalarni davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Arizada quyidagi hujjatlarni ilova qilish kerak:

  • xorijiy davlatdagi ish beruvchi bilan ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;
  • ariza beruvchi tomonidan ssuda qaytarilmaganda, ushbu mablag‘larni qaytarish majburiyatini o‘z zimmasiga oluvchi kafil jismoniy shaxsning so‘nggi 12 oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumot va qarz shartnomasi bo‘yicha kafil bo‘lishga rozilik arizasi — agar mavjud bo‘lsa;
  • viza.
  • Har yili 2 000 nafargacha talaba-yoshlarga BHMning 40 baravari (15 mln so‘m) miqdorida ssuda ajratiladi. 1 kalendar yil davomida ma’qullangan arizalar soni ushbu miqdorga yetgach, qabul to‘xtatiladi.

Talabalar ajratilgan ssudani chet eldan qaytgach, 1 oy ichida to‘lab berishi kerak. Ketma-ketligi bo‘yicha ssuda ajratilgan ariza beruvchilardan keyin ariza topshirganlar kelasi yil uchun ro‘yxatga qo‘yilmaydi. Bunda nomzodlar kelgusi yilda qaytadan murojaat qilishlari zarur.

2024-yilning dekabrida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Work and Travel kabi dasturlardan foydalanish imkoniyatini oshirish uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan talabalarning yo‘lkira xarajatlariga ssuda ajratish yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...