Foydali manbalarKutubxona“Korzinka” marketing direktori Malik Karimov tavsiya qilgan 5ta kitob va beshinchisi

“Korzinka” marketing direktori Malik Karimov tavsiya qilgan 5ta kitob va beshinchisi

Malik Karimov marketing va reklama sohasida 18 yillik tajribaga ega bo‘lib, sakkiz yil davomida “Korzinka” supermarketlari tarmog‘ida, undan avval besh yil davomida “Nestle” kompaniyasining O‘zbekiston va Qozog‘istondagi ofislarida “Nescafe” va “KitKat” brendlari menejeri sifatida ishlagan. “Tashkent Runners” yugurish hamjamiyati asoschilaridan biri hisoblanadi.

“Molxona”, Jorj Oruell

Hokimiyat, manipulyatsiya va boshqaruv haqidagi siyosiy allegoriya. Asarni o‘qish orqali hokimiyatning qanday ishlashi, uning jamiyatni qanday shakllantirishi va kuchning nazoratsiz qoldirilganda qanchalik xavfli bo‘lishini tushunish mumkin.

Oruell insoniyat tarixida ko‘p bora qayta-qayta sodir bo‘lgan korrupsiya, zulm va boshqaruvdagi adolatsizliklarni sodda va tushunarli shaklda ko‘rsatadi.

Kitob adolat, hokimiyat va ozodlik haqida chuqur o‘ylashga undaydi, siyosat, hokimiyat va inson tabiati haqida dunyoqarashni kengaytirish, tarixiy voqealar va hozirgi jamiyatdagi o‘xshashliklarni ko‘ra bilish uchun foydali, deb hisoblayman.

“Molxona”, shuningdek, hokimiyat va mas’uliyat haqida chuqur o‘ylantiradigan asar. Bu kitob biznesni boshqarishda qoidalar, qadriyatlar va ochiq muloqot qanchalik muhimligini eslatadi.

kitoblar tavsiyasi, zafar hoshimov

Foydali manbalar

So‘nggi kitoblar

Lokals marketing agentligi asoschisi Farhod Norbayev tavsiya qilgan 5 ta kitob

Farhod Norbayev, Lokals asoschisi. To‘g‘risini aytsam, hech qachon kitobxon bo‘lmaganman. Badiiy adabiyot menga doim zerikarli tuyulardi — kitobni ochishim bilan uxlab qolardim. Muntazam mutolaa qilishni taxminan 21−22...

Stanbase startap platformasi asoschisi Umed Rahimov tavsiya qilgan 6 ta kitob

Umed Rahimov — Stanbase.tech platformasi rahbari va asoschisi, tadbirkor. Platforma Markaziy Osiyo hamda Kavkazdagi startaplarni investorlar bilan bog‘lab, asoschilarga sarmoya jalb qilish, investorlarga esa istiqbolli loyihalarni...

Tirikchilik asoschisi va Troll.uz muallifi Umid Gafurov tavsiya qilgan 5 ta kitob

To‘plamdan hokimiyat, tadbirkorlik va dunyoga pragmatik nigoh bilan qarash haqidagi kitoblar o‘rin olgan — Mark Tven klassikasidan startapchilar uchun mashhur qo‘llanmalargacha. Umid Gafurov — dastlab anonim ko‘ngilochar loyiha...