Foydali manbalarTadbirkorlar2025-yilda tadbirkor ayollar loyihalariga qo‘shimcha $200 mln yo‘naltiriladi

2025-yilda tadbirkor ayollar loyihalariga qo‘shimcha $200 mln yo‘naltiriladi

Mablag‘lar belgilangan banklarning “Hamroh” hamda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida taqdim etiladi.

7-mart kuni xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan xotin-qizlarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2025-yilda qo‘shimcha $200 mln yo‘naltiriladi.

“Biznesni rivojlantirish banki»ga ajratilgan mablag‘lar hisobidan “Hamroh” tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida belgilangan tartib va mexanizmlar asosida kreditlar ajratiladi.

“Xalq banki” va “Mikrokreditbank»ga ajratilgan mablag‘lar hisobidan kreditlar oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida beriladi. Qaror ijrosi har oyda muhokama qilib boriladi.

7-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, joriy yil 2 mln nafar ayollar bandligini ta’minlash, shundan 1,3 mlnini tadbirkorlikka jalb etish rejalashtirilganini qayd etgandi.

Buning uchun banklar tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qulay moliyaviy paketlar taqdim etiladi. Xususan, quyidagi banklar xotin-qizlar loyihalariga ko‘maklashish va arzon kreditlar taqdim etish uchun jalb qilinadi:

  • “O‘zmilliybank” xizmatlar sohasida — 200 ming nafar;
  • “Turonbank” limonchilikda — 150 ming nafar ayollar
  • “Mikrokreditbank” parrandachilikda — 160 ming nafar;
  • “Sanoat qurilish bank” sabzavot va ko‘chatlar yetishtirishda — 160 ming;
  • “Xalq banki” uzum, brokkoli va mahalliy karam yetishtirishda — 150 ming;
  • “Agrobank” bog‘dorchilik yo‘nalishida — 144 ming;
  • “Biznesni rivojlantirish banki” ko‘kat, bulg‘or qalampiri, baqlajon va pomidor yetishtirishda — 94 ming;
  • “Asakabank” farmatsevtika va uzumchilikda — 82 ming;
  • “Aloqabank” IT, asalarichilik va mevali ekinlar yetishtirishda 58 ming nafar ayollarimizni band etishga ko‘maklashadi.

Buning uchun 2025-yilda mahallalarda ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun qo‘shimcha 3,3 trln so‘m ajratiladi. Xususan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida yana $100 mln beriladi. Bunga qo‘shimcha ravishda banklar ham $100 mln jalb qilib, mahallalarda o‘zini o‘zi band qilgan xotin-qizlarga 50 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratadi.

Shu bilan birga, biznes tajribasi bo‘lmagan 20 ming nafar xotin-qizni tadbirkorlikka o‘qitish rejalashtirilmoqda. Aylanmasi 100 mlrd so‘mdan oshgan 50 nafar ayol tadbirkor “chempion tadbirkor»ga aylantiriladi.

Avvalroq mikrofirma va kichik korxonalarga yillik statistika hisobotini har uch yilda bir marotaba topshirishga ruxsat berilishi ma’lum qilingandi.

 

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...