Matbuot xizmatiYangiliklarHukumat Yangi Toshkent birinchi tumani qurilishining bosh rejasini tasdiqladi

Hukumat Yangi Toshkent birinchi tumani qurilishining bosh rejasini tasdiqladi

Unda egizak minoralar, ikkita universitet kampusi, davlat idoralari va qirg‘oq joylashgan bo‘ladi.

Iyun oyida hukumat “Yangi Toshkent” birinchi tumani qurilishining bosh rejasini tasdiqladi. Bu haqda bosh dizayner va yetakchi maslahatchi vazifasini bajaruvchi Britaniyaning “Cross Works” kompaniyasi ma’lum qildi.

bosh reja, yangi toshkent

“Cross Works” boshchiligidagi kompaniyalar konsorsiumi loyihaning bosh rejasini ishlab chiqish ustida ishladi. Ular orasida “Buro Happold”, “Gillespies”, “KPMG Uzbekistan”, “BuroAtlas”, “Hartek Muhendislik”, “DOME+PARTNERS”, “SKAB, Synthesis”, “Udevs”, “CAMC Engineering”, “ATCHAIN”, “SNT Visual” va boshqa ishtirokchilar bor. Yangi Toshkentda 25 ming gektar maydonga 2,5 mlndan ortiq aholini joylashtirish rejalashtirilgan. Hudud bo‘ylab Qorasuv va Chirchiq daryolari oqib o‘tadi. Birinchi tuman maydoni 6 ming gektardan oshadi.

Hududning qariyb yarmi turar-joy ko‘chmas mulki uchun, uchdan biroz kamroq qismi esa tijorat ko‘chmas mulki uchun ajratiladi. Shuningdek, hududning 20%i yashil maydonlarga, 18%i davlat obyektlariga, 6%i madaniyat muassasalariga ajratiladi.

Birinchi bo‘limda “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kampuslari, egizak minoralar, davlat muassasalari, piyodalar uchun mo‘ljallangan “Silk City”, madaniyat, tibbiyot va media zonasi hamda texnopark maydonchasi joylashadi.

Toshkent va “Yangi Toshkent” timsoli bo‘lgan egizak minoralarda hashamatli savdo nuqtalari, terassali restoran, tom ustidagi bog‘, ko‘rgazmalar, galereyalar va turli madaniy tadbirlar uchun maydonlar joylashadi. Egizak minoralarning balandligi 575 metrni tashkil etadi va bu poytaxt osmono‘par binosini dunyodagi eng baland 12-binoga aylantiradi.

Bundan tashqari, “Yangi Toshkent»da piyodalar uchun ko‘chalar, integratsiyalashgan suv yo‘llari, kontekstual arxitekturaga ega binolar, jamoat joylari va savdo do‘konlari joylashgan tor yo‘laklarni qurish rejalashtirilmoqda.

bosh reja, yangi toshkent

Yangi Toshkent loyihasi

O‘tgan yilning mart oyida Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishiga tamal toshi qo‘ydi. Birinchi bosqichda 6 ming gektarda bunyodkorlik qilish rejalashtirilgan. Yangi Toshkent konsepsiyasi va bosh rejasini ishlab chiqish 4 bosqichda amalga oshiriladi.

Tuman administratsiya, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat kabi 5ta negiz asosida quriladi. 2023-yilning iyul oyida Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

bosh reja, yangi toshkent

Yuqori Chirchiq tumanidan 17,3 ming gektar va O‘rta Chirchiq tumanidan esa 2,4 ming gektar yer ajratiladi. Bunda, Yuqori Chirchiq tumanidagi 33ta mahalla (20tasi to‘liq, 13tasi qisman) va O‘rta Chirchiq tumanidagi 7ta mahalla (4tasi to‘liq, 3tasi qisman) poytaxt tarkibidagi Yangi Toshkentga o‘tkaziladi.

Joriy yilning mart oyida viloyatdagi qariyb 20 ming gektar yer maydoni Yangi Toshkentga o‘tkazilishi ma’qullandi. Aprelga kelib, dastlabki binolar qurilishi boshlandi. Birinchi bosqichda ikkita OTM kampuslari, kutubxona, teatr, muzey hamda ijod maktablari barpo etiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Ayrim o‘qituvchilarga avia va temiryo‘l chiptalari uchun chegirma berish rejalashtirilmoqda

Chegirma yuqori reytingdagi maktab, texnikum va OTM pedagoglariga yiliga bir marta taqdim etiladi. Transport vazirligi pedagoglar uchun avia va temiryo‘l chiptalariga chegirma berishni nazarda tutuvchi hukumat qarori...

O‘zbekistonliklar Qurbon hayitida necha kun dam oladi?

Bu yil Qurbon hayiti 27-may — chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Shu bois o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladi. O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun...

O‘qituvchilar farzandlari uchun kontraktga 30% chegirma berish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda davlat OTMlarida o‘qiyotgan o‘qituvchilar farzandlari uchun kontraktga chegirma berish rejalashtirilmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bu bo‘yicha hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Chegirma kelasi o‘quv yilidan...

O‘zbekiston turkiy davlatlar bilan ilmiy sun’iy yo‘ldoshni 2027-yilda uchiradi

O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar qo‘shma ilmiy sun’iy yo‘ldoshni 2027-yilda uchiradi. Bu haqda 13-may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekkosmos agentligi direktori o‘rinbosari Muhiddin Ibragimov ma’lum...

O‘zbekistonda ipoteka subsidiyalari ikkilamchi bozorga ham berilishi mumkin

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori uchun ham ipoteka kreditlariga subsidiya ajratishni istisno qilmayapti. Bu haqda 12-may kuni bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ma’lum qilindi,...

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 1% bo‘lishi mumkin

Deputatlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi. Hujjat...